Fizikaviy xossalari. Vodorod — eng yengil gaz (u havodan 14,4 m arta yengil), rangsiz, ta ’msiz va hidsiz. Suvda kam eriydi (11 suvda 20 °C da 18 ml vodorod eriydi). — 252,8 °C temperatura va atmosfera bosimida suyuq holatga o ‘tadi. Suyuq vodorod rangsiz.
Massa soni 1 boigan vodoroddan tashqari massa sonlari 2 va 3 bo‘lgan izotoplari — deyteriy D va tritiy T ham mavjud.
Kimyoviy xossalari. Birikmalarda vodorod doimo bir valentli bo‘ladi. Uning uchun +1 ga teng oksidlanish darajasi xos, lekin metallarning gidridlarida (quyiroqqa q.) u — 1 ga teng bo'ladi. Vodorodning molekulasi ikki atom dan tarkib topgan. Ular orasida bog'lanishning vujudga kelishi umumlashgan elektronlar jufti (yoki umumiy elektronlar buluti) hosil b oiishi bilan izohlanadi:
H : H yoki H2
Elektronlarning ana shunday umumlashuvi tufayli H 2 m olekulasi uning alohida atomlariga qaraganda energetik jihatdan barqaror boiadi. 1 mol vodoroddagi molekulalarni atomlarga ajratish uchun 436 kJ energiya sarflash lozim:
H2=2H, AH°=436 kJ/mol
Molekular vodorodning odatdagi temperaturada nisbatan aktiv emasligiga sabab ana shudir.
V odorod ko'pchilik m etallar bilan R H 4, R H 3, R H 2, RH tipidagi gazsimon birikmalar hosil qiladi.
Vodorod kislorodda yonganda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadi. Vodorod-kislorod alangasining temperaturasi 3000 °C ga yetadi. Ikki hajm vodorod bilan bir hajm kislorodning aralashmasiqaldiroq gazdeyiladi. Bu aralashma o 't oldirilganda qattiq portlaydi.
H2+ 0 = 2 H 20
Vodorod bilan ishlaganda nihoyatda ehtiyot bo'lish: dastlab apparatning germetikligini, shuningdek, vodorodning o 't oldirish oldidan tozaligini tekshirib ko'rish zaair.
Ishlatilishi. Vodorodning ishlatilishi uning fizik va kimyoviy xossalariga asoslangan. U yengil gaz sifatida aerostatlar va dirijabllarni to'ldirish uchun (geliy bilan aralashmasi) ishlatiladi. Vodorod yuqori tem peratura hosil qilish uchun ishlatiladi: kislorod-vodorod alangasi bilan metall qirqiladi va payvandlanadi. U ndan metallarning oksidlaridan metallarni (molibden, volfram, va b.) olish uchun, kimyo sanoatida — havo azotidan ammiak olish uchun va ko'm irdan su n ’iy suyuq yonilg'i olish uchun, oziq-ovqat sanoatida — yog'lami gidrogenlash uchun (17.14 - § ga q.) foydalaniladi. Vodorodning izotoplari — deyteriy bilan tritiy atom energetikasida m uhim yonilg'i (term oyadro yonilg'isi) sifatida ishlatiladi.