Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy kmk) "Qizilqumnodirmetalloltin"



Yüklə 91,04 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.03.2023
ölçüsü91,04 Kb.
#88391
Navoiy kon-metallurgiya kombinati - Vikipediya



Navoiy kon-
metallurgiya
kombinati
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
(Navoiy KMK) - "Qizilqumnodirmetalloltin"
davlat konserni tarkibidagi yirik sanoat
korxonasi. 1958-yilda tashkil topgan.
Kombinatda uran, oltin, kumush, qurilish
materiallari, marmar mahsulotlari,
fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari,
sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va


toʻqimachilik buyumlari, mashinasozlik
va maishiy texnika ishlab chiqariladi.
Qidiruv-razvedka ishlari, maʼdanni qazib
olish va uni qayta ishlashdan boshlab to
uran oksidi va chala oksidi, sof (999,9)
oltin olishgacha boʻlgan tugallangan
jarayonni amalga oshiruvchi sanoat
korxonasi hisoblanadi.


K-t tarkibida respublikaning 5 ta
viloyatida joylashgan 5 ta kon
boshqarmasi va ular negizida qurilgan
Turi
kombinat
Sanoat
tog'-kon metallurgiya
sanoati, qazib olish
Maqomi
amalda
Ishga tushgan sanasi 1958
Joylashuvi
Navoiy viloyati
Hududiy hizmati
 Oʻzbekiston
Bosh direktor
Quvondiq Sanaqulov
IITKIga harajatlar
Vebsayti
ngmk.uz (http://ngm
k.uz)


Navoiy, Uchquduq, Zarafshon,
Nurobod,Muruntov konidan oltin rudalari
qazib olish.shaharlari, Zafarobod,
Krasnogorsk shaharchalari hamda
boshqa sanoat, madaniy-maishiy
obʼyektlar bor.
Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq
shahri) 1958-yilda barpo etilgan.
Uchquduq koni negizida uran maʼdanini
ochiq va yer osti usulida, yer ostida
tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib
olish va qayta ishlash; "Koʻkpatas"
konining tarkibida oltin boʻlgan
maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash
korxonaning asosiy faoliyat yoʻnalishini
tashkil etadi; Markaziy kon boshqarmasi


(Zarafshon shahri) — Muruntov noyob
oltin konini oʻzlashtirish uchun 1964-yilda
barpo etilgan. 1967-yilning mart oyidan
boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib
boradi; Janubiy kon boshkarmasi
(Nurobod shahri) — Sobirsoy uran konini
oʻzlashtirish maqsadida 1964-yilning
yanvar oyida tashkil etilgan (uran qazib
olish; Zarmiton va Marjonbuloq
konlaridagi tarkibida oltin boʻlgan
maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib
olish va undan silliqlangan, pardozlash
taxtachalarini ishlab chiqarish; turli
diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid va
polietilen quvurlarni va boshkalar ishlab
chiqarish). 5-kon boshqarmasi
(Zafarobod shahri) — Buxoro viloyati


hududida joylashgan. 1971-yilning
fevralida Bukinoy uran konlari guruhini
sanoat usulida oʻzlashtirish uchun
Leninobod kon-kimyo kombinatining
boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan. 1993-
yilda Navoiy KMK tarkibiga uning tarkibiy
boʻlinmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida
tanlab eritmaga oʻtkazish usulida uran
qazib olinadi); 2-kon boshkarmasi
(Krasnogorsk shaharchasi) — Toshkent
viloyatining Parkent tumani hududida
joylashgan. 1954-yilda Chovli uran konini
oʻzlashtirish uchun kon qazish korxonasi
sifatida tashkil etilgan. 1995-yildan esa
Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi
gabbro toshini sanoat usulida qazib
olish; fosforit xom ashyosini qayta


ishlash); "Navoiy mashinasozlik zavodi"
ishlab chiqarish birlashmasi — 1963-
yilning oktabrda kombinat
boʻlinmalarining ish faoliyatini taʼminlash
uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil
etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon
shahri) — 1992-yilda Oʻzbekiston —
Amerika qoʻshma korxonasi sifatida
tashkil qilingan. 1996-yildan kombinat
boʻlinmasi (zargarlik buyumlarini yasash);
"Agama" davlat trikotaj firmasi — 1990-
yilda xalq isteʼmoli mollarini ishlab
chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshma
korxona sifatida tashkil etilgan. 1997-
yildan boshlab ustki trikotaj buyumlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Navoiy
KMKning shoʻʼba korxonasi; Zarafshon


qurilish boshkarmasi — 1967-yilda tashkil
topgan. 7 qurilishmontaj boshqarmasi,
temir-beton buyumlari zavodi,
mexanizatsiyalashtirilgan ishlar
boshqarmasi, ishlab chiqarishtexnologik-
butlash boshqarmalarini oʻz ichiga oladi,
sanoat va fuqarolik qurilishini amalga
oshiradi, avtomobil va t. yillari qurilishini
olib boradi; Kizilqum fosforit majmuasi —
maʼdan kazib olish va fosforit unini ishlab
chiqarish boʻyicha korxonaning 1navbati
1998-yilda ishga tushirildi. 2001-yilning
avgust oyidan kuydirilgan fosforit
konsentratini ishlab chiqaradi va uni
Samarqand kimyo zavodi hamda Olmaliq
"Ammofos" aksiyadorlik jamiyatiga
yetkazib beradi.


Oʻzbekiston mustakillikka erishganidan
soʻng mamlakatda oltin va uran qazib
olish sanoatining rivojlanishida yangi
tarixiy bosqich boshlandi. Bu davr
mobaynida Navoiy KMKda Uchqudukda
oltin ajratib olish majmuasi,
3gidrometallurgiya zavodi va Koʻkpatas
hamda Davgʻiztovda oltin konlarining
qurilishi nihoyasiga yetkazildi va ular
ishga tushirildi, "Zarafshon-Nyumont"
qoʻshma korxonasi barpo qilindi,
emulsiyali portlovchi moddalar ishlab
chiqaruvchi zavod qurildi.
Kombinatda ishlab chiqarilgan oltin
yombilar. Tarkibida oltin mavjud boʻlgan
maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash


boʻyicha Navoiy KMK koʻp yillar
mobaynida yuqori texnik-iqtisodiy
koʻrsatkichlar bilan barqaror ishlab
kelmoqda. Mamlakat mustaqilligi
yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravar
koʻpaydi. Ishlab turgan korxonalarni
texnik qayta jihozlash, yangi navbatlarni
qurish, shuningdek, oltin ishlab chiqarish
samaradorligini sezilarli darajada
oshirish imkonini beruvchi eng yangi
ilmiy-texnik tadqiqotlar joriy etildi.
K-t Oʻzbekistondagi yirik ilmiy markazlar
va muassasalar, oʻquv yurtlari, jahondagi
konchilik va rangli metallurgiya
sanoatidagi eng yirik kompaniyalar bilan
hamkorlik qiladi. Mashhur firmalar bilan


uzok muddatli mustahkam aloqalar
oʻrnatgan. Navoiy KMK "Doʻstlik" ordeni
bilan mukofotlangan (2000). K-t direktori
Nikolay Kucherskiy, ekskavator
mashinisti Anatoliy Panin, Quvondiq
Sanaqulovga Oʻzbekiston Qahramoni
unvoni berilgan, koʻpgina xodimlar
mehnatdagi yutuqlari uchun Oʻzbekiston
Respublikasining orden va medallari
bilan mukofotlangan.
[1][2]
1. 
* Kucherskiy N. I., Flagman industrii
nezavisimogo Oʻzbekistana, T., 1997;
Kucherskiy N. I. i dr., Navoiyskiy gorno-
metallurgicheskiy kombinat: istoriya
sozdaniya i razvitiya, T., 2002.
Manbalar

Yüklə 91,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin