«Shirinning Farhodga yozgan maktubi»
Kichik sahna ko’rinishi.
Qo’shiq ijro etiladi.
1-boshlovchi: Gar she’r buloq bo’lsa, tinikligi – U,
Agar she’r tong bo’lsa, buyukligi – U,
Dunyo boqiy tursa, Ul zot ham mangu,
Shoirlar sultoni, suyukligi – U.
Faxrim ham g’ururim, Hazrat Navoiy.
2-boshlovchi: Quyosh botdi, ammo dillarning zumurrad osmonlarida uning alvon shafag’i qoldi. A.Navoiy bitgan ash’or injulari to hanuzgacha she’riyat muxlislari qalblarini ma’naviyat ziyosi ila munavvar etib kelmoqda. Bu ziyo mangulik qadar o’chmas va hayratbaxshdir. Shoir shaxsi ham o’tmish-u bugungi kunda poklik va samimiylikning, donolik va faqirlikning, zakiylik va saxovatlilikning oliy namunasi bo’lib kelayotir. Bobokalonimiz yodi hamisha dillar sajdagohida benazir bo’lib qolaversin.
1-boshlovchi: Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Barcha olijanob ishlarimizda Navoiy g’oyalari, Navoiy ibrati, Navoiy ruhi bizga hamisha hamroh bo’lsin”.
Dostları ilə paylaş: |