Navoiy saxiylik bobida



Yüklə 3,23 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü3,23 Kb.
#181758
yaxshilik unitilmaydi. eganinig ifoda (1)

Matn -1

  • Mazlumga yaxshilik ko'rsat, toki zolimdan tinchlik ko'rgaysan. Kuchsizlarga foyda yetkaz, agar tilasang kuchlilardan zarar ko'rmagaysan. Aqlli dushmanlashishdan qochar, kelishish uchun uyg'unlik eshigini ochar. Ari g'avg'osidan nayza tasavvuri paydo bo'ladi va asal savdosidan shirinlik muyassar bo'ladi.

Matn - 2

  • Tiliga iхtiyorsiz - xalq o'rtasida e'tiborsizdir. Ko'p so'zlovchi valdiroq tunda tong otguncha huriydigan itga o'xshaydi. Tili yomon xalq ko'ngliga jarohat yetkazgani kabi, o'z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshatli aljirashga tomoq qirmog'i - eshshakning o'rinsiz hangramog'i. Xushgap, so'zni yumshoqlik va kelishuv bilan aytadi, ko'ngilga keladigan yuz g'am uning so'zi bilan qaytadi. Imkoni bor har bir yaxshilik - so'z orqalidir.

Matn - 3

  • Til shirinligi - ko'ngilga yoqimli, yumshoqligi - foydali. Chuchuk til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo'lur. Qandni mast qiluvchi may qilinsa harom bo'lur. Chuchuk so'z sof ko'ngillarga totlidir, barcha bolalar uchun yumshoq tabiatli holva sotuvchidir. Yaxshi so'zga kim bo'lsa mast va behush, Sharbat ichidan zaharni qiladi totli.

Matn - 4

  • Yaxshidan yomonlar ham yomonlik ko'z tutmas: Yaxshi kishi yomonlarga ham yaxshilikni unutmas. Yaxshilik qila olmasang yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq bilmasang, yomonroq ham bilma. Yaxshilikni bilmasang yaxshilarga qo'shil. Yaxshilik tevaragida aylana olmasang - yaxshiroq tevaragida aylan.

Matn - 5

  • Yaxshilarni topmoq - yedirmoqdir va ayblarni yopmoq, kiydirmoqdir. O'rinli berilgan eski chopon va qora to'n - saxiylik va o'rinsiz berilgan zardan to'qilgan sarpo yaramaslikdir. Ovqating bekor ketmasin desang - yedir; kiyiming eskirmasin desang - kiydir. Saxiylik yolini yuqorida aytilgancha angla. Ammo yaxshilik ravishi va hojat chiqarish rasmlarini boshqacha angla.

Matn - 6

  • Shunday kishilar ham borki, hech isrofga yo'l qo'ymasalar ham, bunday odamlarni saxiy deb bo'lmaydi, birovga ehson berishda ular me'yorga e'tibor qiladilar-u, lekin ehson berilayotgan odamning ehsonga qanchalik muhtoj ekanligiga qaramaydilar. To'q odamning oldiga dasturxon yozadilar, egni but odamga esa to'n kiygizadilar. Yuzta yilqisa bor odamga ot tortiq qiladilar, yuz yillik boyligi bor odamga kumush beradilar.

Yüklə 3,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin