Immunitet - lotincha «immunutas» so`zidan olingan bo`lib, hiror narsadan xalos va forig` boiishni, muayyan kasallikni qo`z-g`atuvchi virusga, dardga qarshilik ko`rsatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi. Shuningdek, u daxlsizlik ma`no-sini ham anglatadi (masalan, deputatlik immuniteti, diplomatlik immuniteti).
E`tibor berganmisiz, siz kabi o`quvchilar dars tugaganidan so`ng biron joyga, deylik, stadionga borib futbol o`ynamoqchi bo`lsa, odobli bolalar «Men ota-onamga aytib, ularni ogohlantirib qo`yishim kerak, bo`lmasa ular xavotir olishadi», deb, avvalo uyidan ruxsat so`raydi. Yoki yomon xulqli bolalar aqlli o`quvchilarni sigaret chekishga o`rgatmoqchi bo`lsa, ota-onasining «Hech qachon yomon bolalarga qo`shilma, ular seni yo`ldan uradi», degan gaplarini eslab, zararli odatga o`rganmaydi. Bu misollar o`sha bolalarning qalbida yomon illatlarga nisbatan qarshilik ko`rsatish tuyg`usi, ya`ni immunitet shakllanayotganidan dalolat beradi.
Buni bilib oling! Ma`rifat vositasida kurashish deb, muayyan g`oyaviy yoki mafkuraviy xavf-xatarning mohiyatini bilib, tushunib, unga, uning ildizlariga qarshi ongli ravishda kurashishga aytiladi.
Bizning mamlakatimiz o`rin olgan Markaziy Osiyo mintaqasi jug`rofiy jihatdan qulay hududda joylashgan. Yer osti va yer usti boyliklari ko`p bo`lgani uchun bu mintaqa qadim zamonlardan buyon turli davlatlar o`rtasida kurash maydoni bo`lib keladi. Bosqinchi va yovuz kuchlar o`zlarining g`arazli maqsadlariga erishish uchun avvalo bu yerdagi xalqlarni g`aflatga solish, jaholat domida qoldirish usulidan foydalanishga harakat qilgan. Bu hol sobiq sho`ro istibdodi davrida ham yaqqol namoyon bo`lgani haqida siz tarix fanidan yaxshi xabardorsiz.
Shuning uchun jasur bobolarimiz maktablar, ilm dargohlari, gazeta-jurnallar ochish, xalqni bilimli va ma`rifatli qilish yo`lida o`z jonlarini ham ayamaganlar. XX asr boshidagi ma`rifatparvar bobolarimizning jadidchilik harakati bunga misol bo`la oladi.
Bugungi kunda Prezidentimiz «Kuch - bilim va tafakkurda» degan shior asosida yoshlarimizni zamonaviy talablar darajasida bilim olish, kasb-hunarlarni puxta egallashga da`vat etmoqda. Yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va tafakkur egalari bo`lib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bunday e`tibor va g`amxo`rlikka javoban siz, aziz yoshlar, avvalo bilim va malakalarni, ona tilimiz bilan birga xorijiy tillarni ham puxta egallab, kclgusida bor kuch-g`ayratingizni barchamiz uchun onadek muqaddas bo`lgan Vatanimiz ravnaqi yo`liga baxsh etmog`ingiz lozim. Ayniqsa, g`oyaviy jihatdan doimo hushyor va ogoh bo`lib, yurtimiz tuprog`ini har qanday tahdidlardan himoya qilishga tayyor lurishingiz zarur.
“KLASTER” metodi
Vatanimiz ham, xuddi ota-onamiz kabi, faqat bizning baxtimizni o`ylaydi. Bizni bugungi dunyoda tobora keng yoyilib borayotgan salbiy ta`sirlardan asrashga harakat qiladi. Milliy g`oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari aynan shu maqsadda ishlab chiqilgan. Ular asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir yurtdoshimizning ona yurtimizga muhabbat va sadoqat bilan, fidoiylik ko`rsatib yashashga, xalqimiz, Vatanimiz manfaatlariga zid bo`lgan g`oyaviy oqimlar, qarashlarga hech qachon ishonmaslikka da`vat etadi.
Shuni bilingki, sog`lom immunitetga ega bo`lmagan odam sog`lom e`tiqod va dunyoqarashdan ham mahrum bo`ladi. Unday kishilar yaxshi bilan yomonning, do`st bilan dushmanning farqiga bormaydi. Xalq va Vatan manfaatlari ular uchun mutlaqo begona. Mafkuraviy tahdidlarning eng asosiy va ta’sir qiluvchi quroli- bu mafkuraviy immunitet va mafkuraviy havfsizlikdir.