NAVOY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI CHET TILLAR FAKULTETI Ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi IV kurs bitiruvchisi
ELMURODOVA YULDUZNINGMILLIY G’OYA: ASOSIY TUSHUNCHA VATAMOYILLAR FANIDAN tayyorlagan bir soatlik Ochiq dars
2019-2020-o’quv yili
Mavzu: Mafkuraviy immunitet.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o’quvchilarga mafkuraviy immunitet haqida ma`lumot berish. O’quvchilarga bugungi kunda nima sababdan inson qalbi va ongini egallash uchun kurash bormoqdaligi,Qalb va ongning xususiyatlari nimalardan iboratligi,«Immunitet» so`zining lug`aviy ma`nosi nimani anglatishini tushuntirish
Tarbiyaviy:O’quvchi yoshlarni kelajak uchun poydevor bo’ladigan milliyg’urur,milliymafkura,Vatanparvarlik va komil inson g’oyalari asosida tarbiyalash. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish. Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish. Darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi.
Mafkuraviymaqsad: Ozod va obod vatan erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz
Kommunikativ kompetensiya: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;