O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars uslubi: savol-javob, bahs-munozara
Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari,
Karimov I. A. ning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. “Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin” asarlari
Dars jarayoni Vaqt
1.Tashkiliy qism 3 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 15 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
Dars tashkil etilgach, sinftozaligi, o’quvchilar maktab formasi, tartib - intizom, o’quvchilar davomati va darsliklar yuritilishi haqida qisqacha suxbat olib boriladi. Darsni boshlashdan oldin „BugunYurtimizda“mavzusida qiziqarli suhbat tashkil qilinadi.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash. G`oyaviy bo`shliq deb nimaga aytiladi?
Qanday insonning qalbi va ongida hech qachon bo`shliq bo`lmaydi?
Prezidentimiz Islom Karimovning yurtimiz yoshlariga murojaat qilib aytgan da`vatkor so`zlari haqida gapirib bering.