Navoy davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti


III. Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/5
tarix23.11.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#69984
1   2   3   4   5
Elmurodova Yulduz

III. Yangi mavzuning bayoni.
MAFKURAVIY IMMUNITET
Aziz o`quvchi, bugungi kunda dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun qattiq kurash borayotgani va unda turli mafkuraviy markazlar tomonidan har xil ta`sir vositalari ishga solinayotgani haqida siz bilan suhbatlashdik. Bunday ta`sirlar turli xil jozibali shior va g`oyalar bilan niqoblangani uchun bir qarashda ularning qanchalik xavfli ekanini sezish oson emas. Masalan, oddiy o`yinchoq, multfilm yoki komputer o`yinlari vositasida bolalar shafqatsizlikka, insonga mehr emas, nafrat bilan qarashga o`rgatilishi mumkin.
Ma`lumki, qalb va ong inson hayotining ma`no-mazmunini belgilaydi, sezgilar, fikr va axborotlar orqali uning butun vujudini boshqarib turadi. Qalb - his-tuyg`u va kechinmalar makoni. Inson-ning his-tuyg`ulari o`ta nozik bo`lgani uchun qalb o`zgaruvchandir. Ana shu o`zgaruvchan qalbni adashishlardan saqlash uchun unga tayanch bo`ladigan kuch - mustahkam ishonch kerak. Ishonch mehr-muhabbatga, e`tiqodga asos bo`ladi. Bu dunyoda eng kuchli muhabbat - ota-onaga, oilaga, Vatanga bo`lgan muhabbatdir. Eng mustahkam e`tiqod - ona yurtga bo`lgan e`tiqoddir. Bunday muhabbat va e`tiqodga to`la qalbni yengish, salbiy tomonga o`zgar-tirish qiyin bo`ladi.
Ma`naviyatni ham bir uyga qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy
ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi.
Xuddi shu kabi biz ham yot g`oyalar, oqimlar va mafkuralar ma`naviyatimizga
vayronkor ta`sir o`tkazishiga qarshi himoya choralari ko`rishimiz tabiiy. Chetdan
o`tkaziladigan mafkuraviy ta`sirga qarshi himoya choralari ko`rishdan avval
qanday ta`sirlarni ma`qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab
olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy ma`naviyat yo`qki, u boshqa xal qlar
ma`naviyatidan to`la ihotalangan bo`lsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika
savannalari va Janubiy changalzorlarda turmush kechirayotgan qabilalar ham
qo`shni qabilalar va zamona ta`sirini o`zida his qilib turadi. Qolaversa, tarixni
tahlil qilish boshqa xalqlar ma`naviyatidan bahramand bo`lgan xalqlar ma`naviyati
yuksakliklarga ko`tarilgandan guvohlik beradi.
O`rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma`naviyati ham Sharq va G`arbni
tutashtirgan karvon yo`llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G`a rb
madaniyatidan bahramand bo`lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G`arb va Sharq
ma`naviyatidan bahramand bo`lib ularning ijobiy tomonlarini o`zlashtiribgina
qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho`qqilarga ko`tarildi.
XXI asr yoshlari turli-tuman mafkuralar tajovuzi kuchayib borayotgan
sharoitda yashamoqdalar.
«Mafkuraviy immunitet» tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta`rif bergan: «Ma`lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida (arbiyalash uchun, ta`bir joiz boisa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o`zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo`lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da`vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g`oyalar ham ularga o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi».

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin