“Navro’z” bayrami tadbiri ssenariysi
1-boshlovch: Assalom davramizning siz aziz mehmonlari.
Assalom ilmu-fanning sohibu davronlari.
Mehribon buvujonu , onajonlar assalom,
Yuzlarida kulgu balqqan qizlarjonlar assalom
2…
1-boshlovchi: Mana o`lkamizga zarg`aldoqlardan gulchambarlar taqib, xushro`y
Navro`zi olam kelmoqda!
2…
1-boshlovchi:
Bolalar yayrashadi,
Qo`shiqlar yangrashadi.
Momolarning dunyosi
Ijobatdir duosi.
Bobolar halim solar
Latifa aytib tolat
Ichakuzdi hazillar
Qiziydi sho`x bazmlar
Elga rizq- ro`z ulashib
Tandir nonin ushatib.
Yayrab keldi Navro`zim
Yashnab keldi Navro`zim.
2…
1-boshlovchi:
Navro`z tarixi. “Navro`z” fors tojikcha so`z bo`lib “ Yangi kun” degan ma`noni anglatadi. O`rta Osiyo va Yaqin shrq xalqlarining qadimiy an`anaviy yangi yil bayrami hisoblanadi. Navro`z juda qadimdan, Islom dini qabul qilinmasdan 30 asr ilgari Ahomaniylar davridan nishonlana boshlagan. Navro`z bahorgi tun va kunning tengligiga, ya`ni 21-22 martga to`gri keladi
2…
1-boshlovchi: Endigi navbatni litseyimizning eng faol o`qivchilari ishtirokidagi Navro`z haqidagi sherlarga bersak . marhamat…
………………..
2…
1-boshlovchi: Har bir xonadonda ko`k somsa, ko`k chuchvara, qatlama pishiriladi. Navro`z ayyomining o`ziga xos go`zal urf-odatlari asrlar osha bizlargacha yetib kelgan. Xuddi shunday milliyligimizni saqlab qolgan xolda litseyimizning yosh istedod sohiblari tomonidan “ Navro`zi olam” nomli sahna ko`rinishiga navbatni beramiz , marhamat.
………………..
2…
1-boshlovchi: “Navro’z” ning kelishi yangilanishdan darakdir. Bunda tabiat, insoniyat va jamiyat yangilanadi. Barchangiz bugungidek yosharib, navqiron bo’lib yuring. Qalbingizdan bahoriylik hech qachon arimasin. Xalqimizning bunday an’anaviy tantanalari abadiy davom etaversin.
Tadbir ssenariy
2- boshlovci: Xush kelibsan go`zal bahor
Chin ko`ngildan assalom
Xush kelibsan yana bir bor
Sengadir shirin kalom
1…
2-boshlovchi: Navro`z-bu yangi kun demakdir azal
Eski kundan shaksiz yangi kun afzal.
Shu kun kuy kuylaymiz, o`qiymiz g`azal.
U kelar yangicha rizqu –ro`z bilan
Assalom yoronlar,gul Navro`z bilan.
O`quvchi: Chakkasiga gul taqib
Kirib keldi Navro`zim
Daraxtlarga dur taqib
Kulib keldi Navro`zim.
Dala dashtda maysalar
Salom alik aytsalar.
Qanday go`zal ko`rinish,
Yashillikka cho`milish.
Doshqozonda sumalak
Boychechaklar xush darak.
Qizg`aldoq cho`g`day gilam.
Sevinchdan ko`zlarda nam.
1…
2.boshlovchi: Azizlar bugungi Navruz tadbirimizni ochib berish uchun I.I.V Namangan akademik litseyi direktori mayor Burxonov ILHOMJON A’zamovichga beramiz marhamat.
…………………………
1…
2-boshlovchi:
Bizning elda bu ayyom,
Sumalaksiz o`tmaydi.
Yalpiz somsa yopmasdan.
Aziz mehmon kutmaydi.
Keling Navro`z sayliga,
Siz ham keeling mayliga
1…
2-boshlovchi: So`z navbatini O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari A. Haydarovga beramiz..
………………
1…
2-boshlovchi:
Tabiatga sochib qo`yib turfa rang,
Chorlab turar bepoyon urf bir qarang
Quchoq ochib yuguraman bosh yalang
Ey bahor-ey, bahorjon-ey, bahorjon
2-boshlovchi: Navro’z shukuhini unutmagan holda, xalqimizning qadimiy an’analariga ham sodiq qolgan holatda qiziqarli gulbazmini boshlasak, marhamat, tomosha qiling.
1…
2-boshlovchi: Har kunimiz Navro’z bo’lsin. Tadbirning barcha tomoshabinlari o’z pozitsiangizni o’zgartirmagan holatda litseyning umumiy fayesida bo’ladigan sport o’yinlariga barchangizni taklif qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |