Yashil poyondoz to`shar, bu Navro`z. 1-boshlovchi: Navro`z-bu haqiqiy xalq bayrami.Navro`zda odamlar hovli-joylarni tozalaydilar, gullar ekadilar. 2-boshlovchi: Har bir xonadonda ko`k somsa, ko`k chuchvara, qatlama pishiriladi. Navro`z ayyomining o`ziga xos go`zal urf-odatlari asrlar osha bizlargacha yetib kelgan. Ularning ayrimlari bilan hozir tanishamiz. 1-qiz: Hayotingiz shirin bo`lsin, Muqaddasxon! 2-qiz: Sizniki ham shirin bo`lsin, Lazizaxon! 1-qiz: Har doim gulday ochilib yuring Dinoraxon! 2-qiz: Siz ham, Dilnozaxon! Bu yil suvga serob bo`lsin. Hosilimiz mo`l bo`lsin. Elda tinchlik bo`lsin.
1-bola:Tongda bulbul taratdi, Bir yoqimli hush navo. Nazarimda bahorni Olib keldi u go`yo. Bulbuljon bahor qushi, Bulbuljon Bahor o`zi. Bulbul: Bulbul derlar otimni Surishtirmang zotimni. Mittigina qushchaman Og`aynim bog`-u chaman. 1-bola: O`zing kichkina, Ovozing yaxshi. Qani bulbulcham Bir sayrab berchi. Bulbul: Mayli o`rtoqjon Mayli sayrayman. Ko`m-ko`k bog`ingda Uchib yayrayman. “Bulbulcham” qo`shig`i
1-boshlovchi: Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan. Hamma bir-biriga jigar so`z ekan. Olam ham barobar kecha-kunduz ekan. Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan. 2- boshlovchi: Assalom, tong kabi otgan Navro`zim! Assalom, yuzlari yorug` Navro`zim! Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz mehmonlar. Yangi yilingiz muborak bo`lsin, hey bolajonlar! Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan. Bahoroy dugonalari bilan kirib keladi. Hay-hay o`lan jon o`lan Navro`z keldi yor-yor Navro`zoyni kutgani.