Nazariy mashgulotlar mazmuni


Nomarkazlashtirish printsipi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə13/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Nomarkazlashtirish printsipi- ikkita aspektdan iborat: iqtisodiy va huquqiy. Iqtisodiy aspektda Vazirlar Maxkamasi tomonidan faqat O„zbekiston Milliy kutubxonasi iqtisodiy ta’minlanadi. aolgan kutubxonalar tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan moliyaviy ta’minlanadi. Shu bilan birga kutubxona-axborot muassasalariga tashabbuskor hujalik yuritish huquq berilgan bo„lib, ular iste’molchilarga hizmat ko„rsatishni kengaytirish, pullik xizmatlar joriy etish orqali, ko„shimcha mablag„ topishlari va uni jamoani ijtimoiy- ijodiy rivojlanishi uchun sarflashlari mumkin. Bu esa kutubxona-axborot muassasalari tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatish orqali qo„shimcha mablag topishlari va o„zlarini qisman bo„lsa ham moliyaviy ta’mmlashga erishlari mumkinligini bildiradi.
Huquqiy aspekt deganda, Vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, o„zlariga tegishli bo„lgan kutubxona va axborot muassasalarini boshqarishdagi huquqlari, vakolatlari kuzda tutiladi. Bular o„z tizimidagi muammolarni xal etish uchun turli qarorlar chiqarishlari mumkin. Shuningdek joylardagi xokimlik organlari ham o„z xududlaridagi ularga berilgan vakolatlar doirasida kutubxona va axborot muassasalari faoliyatiga oid turli qarorlar chiqarishlari mumkin. Albatta kutubxona va axborot muassasalari buysunadigan yuqori tashkilotlar bilan kelishib va Respublikamizda mavjud bo„lgan qonunlardan chetga chiqmagan holda.
Ko„rinib turibdiki, kutubxona va axborot muassasalari hozirda mustaqil ravishda o„z ish mazmuni va shakllarini belgilashi, kutubxona va axborot muassasasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlashi, chet eldagi turdosh muassasalari bilan xamkorlik qilishlari mumkin.
Ishchang hamkorlik printsipi- bu turli idoralarga qarashli bo„lgan kutubxona va axborot muassasalari tarmoqlari, iste’molchilarni kitob va axborotga bo„lgan talablarini maksimal darajada qondirish maqsadida o„z faoliyatlarini muvoffiklashtirish, birgalikda kutubxona-axborot resurslaridan foydalanishni bildiradi. Barcha kutubxona va axborot muassasalari tarmoqlari o„z faoliyatlarini muvoffiqlashtirish ishlarini ishchang hamkorlik printsipi asosida amalga oshirishi lozim. Bunda asosiy maqsad- insonlarni ma’naviy rivojlantirish, ularni bilim olish va ilmiy faoliyatlari uchun axborot va madaniy boyliklardan barchani
foydalanishini ta’minlashdir. O„zaro hamkorlik ishlari mavjud qonunchilik asosida va shartnomalarga ko„ra, ya’ni ishchang hamkorlik printsipi asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin