Asosiy tushuncha va atamalar Menejment - inglizcha so„z bo„lib, boshqaruv ma’nosim anglatadi. U har qanday tashkilotlarda (muassasalarda) band bo„lgan kishilarga rahbarlik qilish, ularni boshqarish faoliyatidir. Menejment - ma’lum maqsadlarga erishish yo„lida odamlarni xatti-xarakatini tashkil qilish va tartibga solish faoliyati.
Tashkilot ( muassasa) -bu bir umumiy maqsadni ko„zlab xarakat qiluvchi, kishilar xarakatini sistemalashgan, ongli ravishdagi birlashuvidir.
Rasmiy tashkilot - o„zini rasmiy huquqiy statusiga ega bo„lgan tashkilotlar.
Norasmiy tashkilot - o„z doirasiga kishilarni qiziqishlari, diniy, madaniy va boshqa ehtiyojlari bo„yicha birlashtiradigan tashkilotlar.
Murakkab tashkilotlar- o„z oldiga bir emas, balki bir nechta maqsadlarni qo„ygan, murakkab tuzilmaga ega bo„lgan va bir vaqtni o„zida juda ko„p xil maxsulotlar va xizmatlar bo„yicha bir nechta bozorlarga qarata ish olib boradigan tashkilotlar.
Oddiy tashkilotlar- bir yoki aniq chegaralangan maqsadlar doirasini tanlab, bir- ikki maxsulot turi va bir bozorga moslashib, nisbatan uncha murakkab bo„lmagan tuzilmagan ega bo„lgan tashkilotlar.
Tashkilotni boshqarish - tashkilotni doimiy ravishda o„zgarib boradigan ichki va tashqi sharoitga moslashib borishidir.
Axborot -kutubxona faoliyatini boshqarish tamoyillari (prinsiplari). Boshqarish tamoyillari haqida tushuncha.
Mamlakatimizdagi yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarda, hamda axborotli jamiyat qurish ishlari amalga oshirilayotgan bir davrda, axborot - kutubxona muassasalarining haq- huquqlari, ularni jamiyat hayoti.
Funksiyasi va roli, iqtisodiy o„zgarishlar va jamoatchilik talablarini hisobga olgan xolda o„zgarmoqda. Bularniig xammasi axborot-kutubxona faoliyatini boshqarish printsiplari va metodlarini o„zgartirishni, mavjud moddiy, moliyaviy va inson resurlaridan optimal foydalanish yo„llarini qidirib topishni talab kilmoqda.
Axborot-kutubxona faoliyatini boshqarishni qayta tashkil etish ishlari kutubxonachi va axborot xodimlarini tashabbuskorligi, ishlab chiqarishning samaradorligini iqtisodiy manfaatdorlik jihatidan oshirish, kutubxona va axborot muassasalari faoliyatini jamiyat talablariga moslashtirishga yunaltirish orqali amalga oshirishni talab qilmoqda .