Fundamental, ya’niy asosiy (ilmiy) kutubxona. Ilmiy ishlarga oid barcha adabiyotlar bu kutubxonada jamlanadi, professor-o„qituvchilar, aspirantlar va yuqori kurs talabalari uchun o„quv zali va abonement, bibliografik axborot tashkil qilinadi, bibliografik qo„llanmalar tuziladi;
Fakultet kutubxonasi- talabalar va o„qituvchilarning o„quv ishlari uchun zarur bo„lgan darsliklar va o„quv qo„llanmalari, muxim joriy materiallar hamda madumot nashrlari , soxalari bir- biriga yaqin bo„lgan bir va bir necha fakultetlarga xizmat ko„rsatuvchi kutubxona. Ba’zan bu kutubxona fakultet soxasi bo„yicha to„laroq materiallar bilan toddiriladi va fundamental kutubxonaning soxali filiali bo„lib qoladi;
Kafedra yoki kabinet kutubxonasi. Kafedra ixtisosligiga oid muxim nashrlami to„playdi. Unda odatda abonement bo„limi bodmaydi. Kitobxonlarga xizmat ko„rsatish kafedra lobaranti tomonidan amalga oshiriladi.
O„quv kutubxonasi ( o„quv qo„llanmalari, o„quv fondi kutubxonasi) talabalar soniga mos bo„lgan asosiy darsliklar va o„quv qo„llanmalarini ko„p nusxada to„playdi. O„quv kutubxonasini ajratilishi talabalar o„rtasida o„quv materiallarini rejali va tejab taqsimlash imkonini beradi.
Universitet kutubxonalarining asosiy tashkiliy muammosi- qayd etib o„tilgan barcha kutubxonalar faoliyatini, xizmat ko„rsatish sifatini yaxshilash, mablag„ va adabiyotlarni tejash maqsadida koordinatsiyalashdir.
Universitet kutubxonachalari shoxobchalarini tashkil etishning uch xil: nomarkazlashtirilgan, tugallanmagan va izchil markazlashtirish shakllari kuzatiladi.
Nomarkazlashtirilgan shoxobcha:har bir kutubxona mustaqil ravishda ishlaydi. Bunday tajriba chet el davlatlari universitetlarining barchasida mavjud.
Tugallanmagan markazlashtirish shoxobchasi:fakultet va o„quv kutubxonasi fundamental kutubxonaning shoxobchasi sanaladi, kabinet kutubxonasi mustaqilligini saqlab qoladi. Adabiyotlarni ularning o„zlari sotib oladi, ammo faqat fundamental kutubxona xodimining shaxsiy vizasi bo„lgandagina xisob-kitobga pul to„lanadi.
Izchil markazlashtirilgan shoxobchatejamliroq va samaraliroq xisoblanadi. Universitetning asosiy kutubxonasi shoxobcha zarur deb topilgan punktlarda xizmat ko„rsatadi. Barcha xodimlar fundamental kutubxona shtatida turadi. Bunday usul bizning universitet kutubxonalarmizda ko„p tarqalgan.
Ommaviy va bolalar kutubxonalarining tuzilishi. Hozirda Respublikamizda davlat ommaviy va bolalar kutubxonalari Axborot- resurs markazlariga birlashtirilgan. MDX davlatlarida Davlat ommaviy kutubxonalari tarmog„i markazlashgan kutubxonalar tizimiga birlashtirilgan. Shu sababli ularning katta bo„lmagan shoxobchalarida bittadan, kattarog„larida bir nechtadan kutubxonachi xizmat ko„rsatadi. Faqat shaxar va tuman markaziy kutubxonalarining kitob fondlari katta bo„lganligi uchun ularda ko„prok xodimlar mehnat qiladi. Ommaviy kutubxonalarning tashkiliy tuzilishi asosan quyidagicha:
Shahar va tuman kutubxonalarida abonement, o„quv zali, ko„chma kitob fondi, shuningdek bolalar bo„limlari mavjud. Markaziy kutubxonada bundan tashqari uslubiy- bibliografik bo„lim ham tashkil etilgan. Bu bodimlarda bitta va undan ortiq xodim ishlaydi. Lekin xodimlarga kitob fondini moddiy javobgarligi yuklatilganligi sababli abonement, o„quv zali yoki fondni - bo„lim, xodimni esa - mudir deb xisoblash mumkin. Shu bilan birga markazlashgan kutubxona tizimida kutubxona fondini komplektlash va ishlov berish bo„limi mavjud.
Bolalar kutubxonalarida xizmat ko„rsatish bo„limining tashkiliy tuzilmasi kitobxonlarning ulg„ayish xususiyatlariga muvofiq tabaqalashtiriladi: kichik maktab yoshidagi bolalar uchun abonement, o„rta va katta yoshdagi bolalar uchun bo„limlar ajratiladi. Yirik bolalar kutubxonalarida - respublika, viloyat, markaziy shaxar kutubxonalarida asosan funktsional bo„limlar: komplektlash, ishlov berish, kitob saqlash, xizmat ko„rsatish, shuningdek uslubiy va bibliografik bo„limlar mavjud bo„ladi.
Axborot-kutubxona faoliyatini rejalashtirish.
Rejalashtirish ahamiyati jihatidan boshqaruvning asosiy funktsiyalaridan biridir. Har qanday boshqaruv reja tuzishdan boshlanadi. Reja tuzish esa boshqaruvning maqsad va vazifalarini belgilash, vazifalarni amalga oshirish usullari hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy bog„liqligini belgilash bilan boshlanadi.
Rejalashtirish - bu rahbariyat xarakatlarining yagona yo„nalishini, tashkilot a’zolarining umumiy maqsadlariga erishish yo„lidagi xarakat birligini ta’minlash vositalaridan biridir. Tashkilotda shu jumlada kutubxonada rejalashtirish bir safarlik hodisa emas, u doimiy, uzluksiz jarayon. Chunki birinchidan har qanday tashkilot maqsadga erishgandan so„ng, yana yangi maqsad tanlab, iloji boricha o„z umrini uzaytirishga xarakat qiladi. Ikkinchidan u doim noaniq kelajakni biroz bo„lsada ko„ra bilishlik zaruratidan kelib chiqadi.
Har qanday tashkilotda rejalashtirishni boshlashda eng birinchi qadam sifatida strategik rejalashtirish yuzaga chiqadi. Strategik rejalashtirishdan keyin boshqa barcha boshqaruv funktsiyalari birlashadi. Strategik rejalashtirish- rahbariyat tomonidan qo„llaniladigan va tashkilot o„z maqsadlariga erishishi uchun yordam beradigan o„ziga mos strategiyani ishlab chiqishga olib keladigan xarakatlar, tadbirlar, qarorlar to„plamidir. Strategik rejalashtirish -boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradigan instrument sifatida xizmat qiladi, uning maqsadi- tashkilotda yetarli darajada o„zgarishlarni ta’minlashdan iborat. 4 Hozirgi davrdagi bilimlarning, o„zgarishlarning jadalligi va ko„lami kengligi tufayli strategik rejalashtirish kelajakdagi muammolarni, imkoniyatlarni, rasmiy istiqbolni belgilashni yagona vositasi bo„lib qolmoqda. U oliy boshqaruv bosqichiga uzoq muddatli yo„nalish birligini, shu yo„nalishda qarorlar qabul qilish imkonini, xarakat usullarini belgilashni, xavf-xatarni oldini olishni yoki ta’minlash imkonini beradi. Strategik rejalami ishlab chikishni tashkilotning biron bo„g„ini yoki maxsus, tashkilotdan tashkari xolda markazlar bajarib berishi ham mumkin. Masalan, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga qarashli bo„lgan ommaviy kutubxonalar uchun ilmiy - uslubiy markazlar tashkil etilgan bo„lib, ularning ko„plab vazifalaridan biri, bu turdagi kutubxonalar uchun strategik rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kiradi.
Rejalashtirish jarayonida muximligi jixatidan birinchi o„rinda tashkilotning maqsadlarini to„g„ri tanlay bilish turadi. Asosiy va hamma tashkilotlarga xos maqsad - uning nima uchun mavjudligini, yuzaga kelganligini har tomonlama, aniq ifodalovchi missiyadir. Maqsadlar aynan shu missiyani amalga oshirish uchun belgilanadi. Missiya rasmiy tarzda tavsiflangan bo„lib, undan tashkilot xodimlari xabardor bo„lishlari shart. Juda keng missiya tanlash tashkilot muvaffaqiyatiga zarar qilishi mumkin, xuddi shunday tor missiya tanlash ham rahbariyat imkoniyatlarini, alternativ yechimlarni tanlash imkonini chegaralab qo„yishi mumkin.
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish ishning maqsadi, vazifasi va darajasini aniqlaydi, xarakat dasturini belgilaydi. U ommaviy kutubxonalarning madaniy- ma’rifiy muassasa sifatidagi faoliyatini yo„naltiradi, maxsus va o„quv kutubxonalarini xizmat ko„rsatiladigan jamoasi faoliyatiga yordam berishga yo„llaydi. Reja ishning darajasini yuksaltirish uchun ham, kitob targ„ibotining yangi usul va shakllarini joriy qilish uchun ham ahamiyatga ega.
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslangan bo„lishi kerak:
ilmiy asoslanganlik;
joriy ishlarni istiqbol ishlar bilan uyg„unlashtirish;
rejani bajarilishi shartliligi;
rejani muvoffiqlashganligi;
rejani aniqligi.
Rejani ilmiy asoslanganligi - uning ta’sirchanligini muxim shartidir. Rejalashtirish - bu kutubxona faoliyatini rivojlantirish, uni extiyoj va imkoniyatlarini xisobga oluvchi oldindan ko„ra bilishdirilmiy asoslanganlik joriy vazifalarni istiqbol vazifalar bilan uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Ya’ni joriy ishlar va ehtiyojlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki yaqin kelajakning talablarini xisobga olish lozim.
Rejalashtirishning zarur sharti - rejani bajarilishini shartliligidir. Rejadagi ko„rsatkichlarga erishish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar qilmoq zarur.
Rejalarni muvoffiqlashtirish bitta regionda joylashgan kutubxonalar faoliyatini xisobga olishni nazarda tutadi. Reja tuzishdagi vazifalardan yana biri - uni aniq bodishidir.
Kutubxonalar o„z oldilarida turgan ko„p tarmoqli ishni bir maromda uzilishlarsiz, muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun reja bo„yicha ishlashi kerak. Reja bo„yicha ishlash- qachon va qanday maqsadda nima ish qilish kerakligini bilish demakdir. Yaxshi tuzilgan reja kutubxonani u yoki bu davrdagi vazifa va ish mazmunini aniqlaydi, ishga istiqbollik baxsh etadi, aholiga xizmat ko„rsatishni va ommaviy tadbir tashkil qilishngi osonlashtiradi, kutubxona fondidan to„g„ri va to„liq foydalanishga, kutubxona ish sifatini yaxshilashga va mehnat samaradorligini oshirishga yoram beradi.
Kutubxona asosan uch xildagi rejaga ega bo„lishi kerak:
yillik;
chorak (kvartal);
oylik.
Yillik rejada kutubxona faoliyatining asosiy yo„nalishlari, joriy yildagi muxim vazifalari va ish mazmuni, ijtimoiy va madaniy- ma’rifiy ishlari, kitobxonlarni jalb qilish, adabiyotlar berilishi, ommaviy tadbirlar o„tkazish va xokozolar bo„yicha miqdoriy ko„rsatkichlar belgilanadi.
Chorak reja yillik reja asosida tuzilib, yillik rejani bajarishni qanday amalga oshirish, ushbu chorakda nima ish qilinishi aniq belgilanadi. Unda yillik rejada o„z aksini topmagan, lekin hayot taqqozosi bilan zarur bo„lgan yangiliklar o„z aksini topishi mumkin.
Chorak rejadan tashqari har oyda kutubxonaning kitob targ„iboti bo„yicha o„tkaziladigan tashkiliy-ommaviy va uslubiy ishlarini mavzu- kalendar rejasi yoki oylik rejasi tuziladi. Oylik reja chorak reja asosida yaratiladi. Oylik reja kutubxonaning ommaviy va uslubiy ishlarini har bir turi bo„yicha tadbir mavzusi, tadbirlarni bajarishga javobgar shaxsni belgilaydi5.
Reja tuzilib va tasdiqlangach u bajarish uchun majburiy xisoblanadi. Rejani har bir bo„limi to„liq va o„rnatilgan muddatda bajarilishi shart.
Yillik ish rejasi tuzish ancha murakkab ish. Shuning uchun uni tayyorlash uchun ancha ilgariroq, yilning noyabr- dekabr oylarida kirishish kerak. Bu esa o„z vaqtida reja tuzishga, uni muhokamadan o„tkazish va tasdiqlashga hamda yangi yil boshidan boshlab uni bajarishga imkoniyat yaratadi.
Axborot-kutubxona faoliyati statistikasi.