Nazariy mashgulotlar mazmuni


Struktura ko„rsatkichlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə22/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Struktura ko„rsatkichlari -bu bir qismning butun qismga nisbatini xarakterlaydigan nisbiy miqdordir. Ular biron-bir xodisaning tuzilishi, tarkibini aniqlaydi: kitob fondi yoki kitob berilishining bilimlar soxasi bo„yicha taqsimlanishi, kitobxonlarning ijtimoiy axvoli bo„yicha guruxlash, kutubxonalar tarmoqlarining shaharlar, qishloqlar bo„yicha taqsimlanishi va boshqalar. Taqqoslash asosi qilib butun qism olinadi, Struktura ko„rsatkichlari qismni butun qismga bo„lish bilan xisob qilinadi, odatda u foizlarda ifodalanadi, bu qismni salmog„ini ko„rsatadi.
Intensivlik (daraja) ko„rsatkichlari -mazmuniga ko„ra har xil, ammo o„zaro bog„langan ikki ko„rsatkichning nisbatini o„lchovchi miqdor nisbatidir. Ular xodisalar intensivligini, ularning rivojlanish darajasini xarakterlaydi. Masalan, kitob fondlaridan foydalanish yoki kitobxonlik faollik darajasini aniqlash kerak. Intensivlik ko„rsatkichi (daraja) bu aloqani xarakterlaydigan ikki turli miqdorni qiyoslash yo„li bilan xisoblanadi. Bu miqdor ba’zan koeffitsent deb ataladi.
Xilma xil topshiriqlarni (vazifalarni) nisbiy ko„rsatkichlar yordamida hal qilinishi statistikada, rejalashtirishda, ilmiy- tadqikot ishlarida ularni keng qo„llanilishiga olib kelmoqda.
O„rtacha ko„rsatkich- bu bir necha yoki ko„pgina bir xil hajmlarning
umumiy yoki yig„ma xarakteristikasi. Masalan, turli ommaviy kutubxonalaming kitob fondlari miqdori har xil. Agar jami kutubxonalaming fondlari jamlanib xisoblansa, unda biz ulardagi kitob boyligining umumlashtiruvchi yig„ma xarakteristikasiga ega bo„lamiz. Ya’ni ommaviy kutubxonalarning o„rtacha kitob fondi miqdorini bilamiz.

  1. Kutubxona statistikasining bo'limlari: kitobxonlar, kutubxona fondi kutubxona xizmati, kutubxona tarmoqlari, kadrlar.

Kitobxonlarni xisoblash statistikasi: kutubxonadagi kitoblardan necha kishi foydalanadi degan savolga javob beradi. Odatda xisob birligi bo„lib kitobxonlar formulyarlari xizmat qiladi: yil davomida qancha formulyar ro„yxatga olingan bo„lsa, shuncha kishiga xizmat ko„rsatilgan. Ammo xisobning bunday uslubi aynan bir kishining o„zi bir vaqtning o„zida abonementdan, o„quv zalidan, yirik kutubxonalarda esa xatto bir necha bo„limlardan foydalanishiga olib keladi. Buning natijasida umumiy formulyarlar yig„indisi kutubxonaning barcha bodimlaridan foydalanuvchilarning haqiqiy sonini oshirib yuboradi. Shuning uchun kutubxonaga a’zo bo„lgan har bir kitobxonga ro„yxat kartochkasi yuritish va kutubxonaning barcha bodimlaridan foydalanish xuquqiga ega kitobxonlik bileti joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Berilgan biletlarning soni necha kishi kutubxonaga a’zo ekanligini ko„rsatadi. O„z navbatida, har bir bo„lim uning xizmatidan foydalanadigan kitobxonlar sonini ro„yxatga oladi. Bu esa yillik xisobotda, kutubxona kitobxonlarining soni hamda kutubxona bo„limlari xizmat ko„rsatadigan kishilarning jami miqdori haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin