Nazariy mashgulotlar mazmuni


Fonddan foydalanish koeffitsenti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə25/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Fonddan foydalanish koeffitsenti. Kitob fondlarining shiddatli o‘sishi adabiyotlar bilan to‘ldirish va undan foydalanish o‘rtasidagi nisbatni aniqlash uchun ularni statistik taxlil qilish talab qilinmoqda. Bunday taxlil predmeti sifatida kitob fondlaridan foydalanish koeffitsenti (ba’zan uni fond bilan kitob berilishining mosligi koeffitsenti deb ham aytishadi) qo‘llaniladi. Koeffitsent quyidagi tarzda xisoblanadi. Avvalo kitob fondi va kitob berilishi tarkibidagi turli soxa adabiyotlarining salmog‘i (ya’ni foizlardagi ulushi) xisoblanadi. So‘ngra kitob berilishining turli xil bo‘limlarining salmog‘i kitob fondining tegishli bo‘limlari salmog„iga bo„linadi. Bunda kitob fondidan foydalanish koeffitsenti xosil bo„ladi. Normativ koeffitsent “1” sanaladi, bu fondning mazkur bo„limi miqdori uning foydalanish xajmiga muvofiq kelishini bildiradi.
Koeffitsentni boshqacha usul bilan ham xisoblash mumkin. Dastlab umumiy aylanish hamda umumiy kitob berilishini (yoki soxaviy) kitob fondining tegishli bo„limi xajmiga bo„lish yo„li bilan har bir bo„lim bo„yicha alohida xisoblab chiqiladi. So„ngra soxaviy aylanish ko„rsatkichi umumiy aylanishga bodinadi va kitob fondining shu bodimida foydalanish koeffitsenti xosil bo„ladi.
Kitobxonlarning qondirilgan talablarini koeffitsenti (K.q.t.k.) qondirilgan talablar sonini (k.t.s.) tushgan talablar soniga (t.t.s. ) bo„lish orqali topiladi.
K.t.s.
K.k.t.k.=
T.t.s.
Bu ko„rsatkich asosan asosiy va yordamchi fondlardan foydalanishni taxlil qilish, baxolashda foydalaniladi.
Ma’lumot ishlari jadalligi (M.i.j.) berilgan ma’lumotlar sonini (B.m.s.), madumot berilgan kitobxonlar soniga( M.b.k.s.) bo„lish formulasi orqali aniqlanadi.
B.i.s.
M.i.j. =
M.b.k.s.
Ma’lumot ishlari jadallik koeffitsenti ( M.i.j.k.) bir yilda berilgan bibliografik madumotlar sonini ( B.y.b.b.m.s.) kitobxonlar soniga ( k.s.) bo„lish orqali topiladi.
B.y.b.b.m.s.
M.i.j.k. =
K.s.
Har xil turdagi madumotlarning mehnat hajmi turlicha bo„lganligi sababli ma’lumot ishlarining jadallik ko„rsatkichi ma’lumot turiga qarab ajratilib xisoblanadi (mavzuviy, manzilli, bibliografik, faktografik).

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin