Nazariy mashgulotlar mazmuni


Kitobxonlarga xizmat ko„rsatishning o„rtacha ko„rsatkichlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə24/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Kitobxonlarga xizmat ko„rsatishning o„rtacha ko„rsatkichlari.
Kitobxonlarga xizmat ko„rsatishning asosiy o„rtacha ko„rsatkichlari - kitob o„qilishi va kutubxonaga qatnash xisoblanadi. O„rtacha kitob o„qilishi kutubxonaning har bir kitobxoniga bir yilda to„g„ri keladigan o„rtacha miqdor.
U yil davomida berilgan kitoblarni (BK) yil davomidagi kitobxonlar soniga (K) soniga bo„lish orqali aniqlanadi:
BK O„K=—
K
Kitob o„qilishi ko„rsatkichlari kitobxonlarga xizmat ko„rsatish statistikasi va kutubxona fondi statistikasiga taaluqli ko„rsatkichlardir.
O„rtacha qatnash - bu qatnashlarning bitta kitobxonga bir yilda to„g„ri keladigan o„rtacha miqdori. U yillik qatnash (Q) sonini kitobxonlar (K) soniga
bo„lish yo„li bilan aniqlanadi:
Q
O„Q=-—
K
Qatnash kitobxonlar faolligi, ular orasidagi doimiy yadroni xarakterlaydi. Ana shu ko‘rsatkichlar bo„yicha ketib qolgan kitobxonlar to‘g‘risida, ulaming qo„nimsizligi to‘g‘risida yoki aniqrog„i -kutubxonadan foydalanishning davomiyligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Kundalik o„rtacha qatnash (KO‘Q) -bu abonement yoki o‘quv zaliga yil davomida qatnash (Q) miqdorini ish kunlari (I) miqdoriga bo‘lish vositasida chiqariladigan bir kunlik qatnashlarning o‘rtacha miqdori.
Q
KO‘Q=
I
Mazkur ko‘rsatkich abonement yoki o‘quv zallaridan foydalanganlikni, kutubxona xodimlarining ish bilan ta’minlanganligini xarakterlaydi. U abonement hamda o‘quv zallarining ish quvvatini o‘rganish va yangi binolarni loyixalash uchun kerak.
Kitob fondlari statistikasi
Kitob fondlarining statistik xisobi kutubxonalardagi bosma asarlar miqdori, ularning xarakati va har xil belgilariga ko‘ra taqsimlanishini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi paytda kutubxona fondining quyidagi xisob birligidan
foydalanilmoqda: bosma birlik (yoki tom, jild) - poligrafik jixatdan mustaqil rasmiylashtirilgan har bir bosma asar (kitob yoki broshyura, kitobning qayta nashri, jurnalning alohida soni, plakat varag‘i, nota, standart va shu kabilar); ilmiy kutubxonalarda yillik komplekt vaqtli nashrlar xisobining qo‘shimcha birligi bo‘lib xizmat qiladi.
Kutubxonada xisob birligiga nushalarning soni, qayta nashrlardan qat’iy nazar, har biri alohida nashr deb qabul qilinadi. Kitob fondlari bilim sohalari, tili, nashr turlari bo‘yicha guruxlanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin