www.pedagoglar.uz
41-son 1–to’plam fevral 2023
Sahifa: 170
ZAHARLI VA DORIVOR O'SIMLIKLARNING TARKIBIY
XUSUSIYATLARI
Aslamova Gulbahor Arturovna
Samarqand shahar 59- maktab
Biologiya fani
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yurtimizning o‘simlik dunyosi haqida
ma'lumotlar,,aharli va dorivor o'simliklarning tarkibiy xususiyatlari to‘g‘risida
fikrlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
: dorivor, zaharli, dorixona, ildiz,poya,efir,kislota
O‘zbekiston o‘simlik dunyosi juda boy va rang-barangdir. Cho‘l va dashtlar,
tog‘lar
va adirlar, pasttekisliklar va daryo deltalari yonma-yon joylashib ajoyib
manzara hosil qiladi. Bu aql bovar qilmaydigan bo‘lib
tuyulishi mumkin, ammo
aslida Markaziy Osiyoning qo‘shni mintaqalari bilan taqqoslaganda,
O‘zbekistonning tog‘laridagi maydon birligiga nisbati bo‘yicha o‘simliklar soni bir
necha baravar ko‘p.Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli
xil o‘simliklar mavjud, ular orasida dorivor o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar
ekologik toza bo‘lib
oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab
chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.O‘simlik
materiallarini kompleks
qayta ishlash barcha zamonaviy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi,
uning
doirasida ishlab chiqarishning barcha xalqaro sifat standartlariga javob beradigan
ekstraksiya,
tozalash, konsentratsiya, standartlashtirish amalga oshiriladi.
Dorivor
oʻsimliklar —
odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun,
shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar
— giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12
ming turi borligi
aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy,
farmakologik va is
xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi
mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin