www.pedagoglar.uz 41-son 1–to’plam fevral 2023
Sahifa: 171
oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda
tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% oʻsimlik
xomashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy
kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik
moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning
quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli,
gʻunchasi, mevasi (urug‘i), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va
boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.
Dorivor oʻsimliklarni 2 xil
tasniflash qabul qilingan:
1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir
moyli, vitaminli va boshqalar,
2)
farmakologik
koʻrsatkichlariga
qarab
—
tinchlantiruvchi,
ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, markaziy nerv
sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor
oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar
(antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar),
flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar,
boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli
moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar boʻlishi mumkin.
Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy
birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli
miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish
davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri
keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi
oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi.
Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi
yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda,
oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin
— erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda
yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi yigʻib olingan