www.pedagoglar.uz 41-son 1–to’plam fevral 2023
Sahifa: 172
dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45%
gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib,
dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi.
Shu o‘rinda zaharli o‘simliklar ning tarkibiy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tishni
joiz deb topdik. Zaharli oʻsimliklar - tarkibida zaharli moddalar bor oʻsimliklar.
Zaharli o‘simliklar 2 guruhga boʻlinadi:
1) haqiqiy zaharli o‘simliklar — zaharlilik turning xususiy belgisi
hisoblanadi;
2) shartli zaharli o‘simliklar — turdagi ayrim oʻsimlik zaharli boʻladi
(masalan, zigʻir va oq joʻxori ayrim hollarda sianid kislota chiqaradi). Haqiqiy
zaharli o‘simliklarning 10 ming turi bor. Asosan, subtropik va mamlakatlarda
oʻsadi, masalan,zaqqum. Oʻsimliklarning zaharliligi ulardagi turli organik
birikmalar — alkaloidlar, glikozidlar, glikoalkaloidlar, efir moylari, kislotalar,
laktonlar, toksalbuminlar, smolali organik moddalarning miqdoriga bogʻliq. Bu
moddalar oʻsimliklarning turli organida toʻplanadi (masalan, parpi va
morolquloqning , asosan, ildiz poyasida, angishvonagulning bargida va h. k.).
Zaharli o‘simliklar barcha jonivorlarga bir xilda taʼsir etmaydi. Masalan,odam
uchun zaharli belladonna va bangidevona quyon va qushlarga mutlaqo zararsiz,
piretrumning baʼzi turlari hasharotlarga zararli boʻlsa, isiqqonli hayvonlar uchun
zararsiz; dengiz piyozi kemiruvchilarga zaharli, boshqa hayvonlar uchun zararsiz
va hokazolar. Zaharli moddalar oʻsimlikning turli oʻsish davrlarida toʻplanadi.
Oʻsimlikning zaharliligi ular koʻkarib turganida qurigandagisiga qaraganda
koʻproq boʻladi, baʼzilarida esa qurigandan keyin zaharliligi butunlay yoʻqoladi.
Maye, uchma, ayiqtovon va boshqalar. Koʻpchilik zaharli o‘simliklarning
dorivorlik xususiyatlari ham bor (isparak, qizgʻaldoq, koʻknori, achchiqmiya va
b.). Bulardan olinadigan preparatlar har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, aholi o'simliklarning mo'jizaviy kuchi haqida
oldindan bilishadi. Ular iste'mol qilinadi, ziravor sifatida ovqatlarga qo'shiladi,
choy damlanadi, dori sifatida ishlatiladi, shuningdek kosmetologiya yo'nalishida
ham qo'llaniladi. Dorixonalar va kosmetika do'konlarida siz dorivor o‘simliklardan