Nazariy mashgulotlar mazmuni


Statistikaning maqsadi, ahamiyati va boshqaruvdagi o‘rm



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə20/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Statistikaning maqsadi, ahamiyati va boshqaruvdagi o‘rm.

Kutubxona- axborot faoliyatini boshqarishda kutubxona statistikasidan bevosita foydalaniladi. Kutubxona statistikasi kutubxona-axborot faoliyati bilan bog„liq bo„lgan ommaviy xodisalar va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini o‘rganadi. Kutubxona ishida ommaviy xodisalarning miqdoriy ifodasi raqamli ko‘rsatkichlar hajmi, rivojlanish dinamikasi, reja- topshiriqlar va me’yorlarning bajarilishi, miqdoriy bodinishlar va nisbatlar tizimi vositasida ularning anik joy hamda vaqt sharoitlaridagi sifat aniqligida tadqiq qilinadi.
Kutubxona statistikasining maqsadi- kutubxonalarda jamlangan fondlar, ularning ahvoli, rivojlanishi, foydalanishi, mamlakat madaniy darajasiga ta’siri, fan- texnika taraqqiyoti va boshqa ijtimoiy xodisalar bilan o„zaro bog„liqligini xisoblashdan iborat. Uning vazifasi -miqdoriy ko„rsatkichlar tizimini kutubxona ishining ayrim bo„limlari va uni bir butun xolda xisoblash usullarini ishlab chiqish. U o„rganadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi:
-kutubxonalar tarmoqlari- shahar va qishloqda joylashuvi, turi, xili, xajmi, idoraviy mansubligi va boshqa belgilariga ko„ra bo„linishi;
-kitob fondi - uning rivojlanishi, o„zgarishi, bilimlar soxasi, til, hajm va shu kabilar bo„yicha bo„linishi;
-kitobxonlar- ularning tarkibi, faolligi;
-kutubxonalar faoliyati- kitob berilishi, uning tarkibi, ommaviy ishlar, faollarni jalb qilish, kutubxona xodimlari, ularning tarkibi, kutubxonalar mablag„lari, turli xil extiyojlar uchun ajratilgan jamg‘armalarning taqsimlanishi.
Statistik ko‘rsatkichlar muxim boshqaruv funktsiyasini bajaradi, boshqaruv jarayonlarini barcha saviyalari uchun muxim element xisoblanadi. Statistik ko‘rsatkichning bu ahamiyati kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati va kutubxona jamoasining ishidagi tejamkorlik natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan rejalarning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytiradi.

  1. O‘rtacha va nisbiy ko‘rsatkichlar, ularni ahamiyati va muammolar.

Kutubxona-axborot faoliyatida uchta asosiy statistik ko‘rsatkichdan foydalaniladi.

  1. Mutloq ko‘rsatkich.

  2. Nisbiy ko‘rsatkich.

  3. O‘rtacha ko‘rsatkich.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin