Turli tipdagi kutubxonalarning tuzilishi Universal ilmiy kutubxonalar. O„zbekistonda bu tur kutubxonalari uchun hozircha yagona namunaviy ustav yaratilmagan. Har bir kutubxonaning o„zini vaqtinchalik ustavi mavjud bo„lib, ular o„z imkoniyatlari, shart -sharoitlaridan kelib chiqqan xolda tashkil etilgan. Shuning uchun ham universal ilmiy kutubxonalardagi bo„limlar turlicha bo„lishi mumkin. Lekin faoliyat yurtishi bo„yicha bir- biriga o„xshash ishlar bajarilishi munosabati bilan ko„pincha ulardagi bo„limlar bir xil bo„ladi. Muxim bo„limlar faoliyati bilan tanishamiz:
Komplektlash bo„limi- turli manbalardan: kutubxona kollektori, kitob dukoni, obuna nashrlari va boshqalardan kelgan bosma nashrlar va boshqa materiallarning asosiy nusxalari bilan shug‘ullanadi, yangi kelgan kitob va boshqa materiallarni xisobini olib boradi. Bo‘limda kitob almashish sektori, xorijiy adabiyotlar bilan shug‘ullanuvchi aloxida sektor yoki mustaqil xorijiy adabiyotlar bilan komplektlovchi bo‘lim bo‘lishi mumkin.
Ishlov berish va kataloglar bo„limifondlarni o‘zlashtirish va ularni kataloglarda yoritishni ta’minlaydi. Yangi keltirilgan adabiyotlarning hajmiga qarab kataloglashtirish, klassifikatsiyalash va kataloglar tizimi, texnik ishlov berish va ba’zan esa guruxli ishlov berish sektorlari ajratiladi. Kichikroq kutubxonalarda esa fondlarni komplektlash va ularga ishlov berish vazifasi bitta bo‘lim tomonidan bajariladi.
Kitob saqlash bo„limibosma nashrlar va boshqa materiallarning asosiy fondini saqlash uchun, hamda o„quv zallarida foydalanish, kutubxonalararo abonement bo„yicha berishni amalga oshiradi. Ba’zan bo„lim qoshida adabiyotlarni restavratsiya (ta’mirlash), noyob kitoblar va qo„lyozmalar sektori tashkil qilinadi.
Xizmat ko„rsatish bo„limio„quv zali, abonement, kutubxonalararo abonement ishlarini tashkil qiladi. Bo„lim qoshida ommaviy ishlar sektori ishlab turadi.Ba’zi kutubxonalarida bunday yig„ma bo„lim yo„q. O„quv zali, abonement, kutubxonalararo abonement uchta mustaqil bo„lim sifatida faoliyat ko„rsatadi.