Rossiya oliy taTim kutubxonasining tashkiliy ta’mmoti Jamiyatning global o’zgarishi, zamonaviy sotsial-iqtisodiy muommolarni kelib chiqishi barcha faoliyat sohalarida tahrorlanmas jarayonlarlarni keltirib chiqarmoqda.Ayniqsa, axborotni saqlash, qayta ishlash, qidirish va jo’nahsh bilan bogTiq muhitga ko’proq ta’sir koTsatmoqda. Bir vaqtning o’zida oliy taTim kutubxonasida taTim va kutubxonachilik ishi birlashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan, jahon axborot resurslaridan foydalanish uchun oliy taTim kutubxonalarida zamonaviy komyuter texnologiyalarni yangi imoniyatlarini integratsiya qilish, kutubxona axborot-resurslarini shakllantirish, foydalanuvchilarga xizmat koTsatish, kadrlar siyosatini to’g’ri olib borish, moddiy-texnik bazasi va boshqa vazifalarni bajarish talab etilsa, ikkinchi tomondan, taTimni axborot ta’minoti bilan ta'minlash oliy ta'lim kutubxonasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bir qancha qiyinchiliklarga qaramay, kutubxonaning yangi tashkiliy tizilmasi yaratish yangi sharoitlarlarga ega taTim jamiyatni qurish va ularga xizmat koTsahshni ta’minlaydi.
Tahlil natijalariga ko’ra, Rossiya oliy taTim muassasalari elektron kutubxona tashkiliy ta’minoti mamlakatimizdagi universitet va institutlar elektron kutubxona tashkiliy ta’minotiga emas, ko’proq milliy kutubxona tashkiliy ta’minotiga mos kelishini aytish mumkin. Quyidagi tashkiliy ta’minotning farqli tomoni shundaki, axborot-kutubxona faoliyatini olib boishda direktor oTinbosariari va boTimlar o’rtasida tegishli boTimlarga biriktirilgan menejerlik lavozimlari mavjudligidadir.
O’zbekiston respublikasi aborot-kutubxona muassasalari elektron kutubxonasi tashkiliy ta’minotlari tahlili O„zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi kutubxonalarim Oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi, OO„MTVning O„rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi ixtiyoriga o„tkazish yo„li bilan oliy va o„rta maxsus ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlarini tashkil qilishga qaratilgan (3-ilova). Mamlakatimizda o’z foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatib kelayotgan axborot-kutubxona muassasalari o’zining yo’nalishiga qarab, axborot-kutubxona metodik markazlariga biriktiriladi. Barcha AKM va ARMlar Respublika axborot- kutubxonalar tizimi faolyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralararo Kengashi nazorati ostida faoliyat olib boradi (1.3-rasm).
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot- kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori O„zbekistonda yangi tipdagi axborot-resurs va axborot kutubxona markazlari tashkil qilishga keng yo„l ochgan bo„lsa, 2011 yil 13 aprelda qabul qilingan “O„zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni axborot kutubxona muassasalari infratuzilmasini zamon talablari asosida yangidan tashkil qilishga huquqiy asos yaratdi.
Yangidan tashkil qilingan axborot-resurs markazlari oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
ta'lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-ta'limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta'minlaydi;
shaxsning ma'naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda o‘zidagi va o‘zidan uzoqdagi axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilarni bahramand etadi;
axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta'minlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
madaniy, ta'lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta'lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi. Axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishda axborot kutubxona muassasalarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dasturiy vositalarning roli katta.I I