Kitob berilish miqdorining xisoblash chiqish, rejalashtirilayotgan kitobxonlar soni hamda kitob o‘qilishi ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Kitobxonlar sonining ancha ko‘payishi kitob o‘qilishi ko‘rsatkichlarini pasaytirishi mumkin. Ammo kitob berilishining umumiy miqdori ortadi. Kitob o‘qilishi ko‘rsatkichlari: abonementda va o‘quv zalida, shahar va qishloq joylarda, statsionar va nostatsionar kutubxonalarda tabaqalanadi.
Katnashlar soniham ilgarigi tajriba asosida xisoblab chiqiladi, ammo bunda kitobxonlar faolligini kuchaytirishni xisobga olmoq lozim. Yillik o‘rtacha qiymat chiqarilib, u belgilangan kitobxonlar miqdoriga ko‘paytiriladi, natijada mo‘ljallangan yillik qatnash miqdori xosil bo‘ladi.
Ommaviy tadbirlarko‘rsatkichini xisoblab chiqish- ko‘rgazmalar, obzorlar, kitobxonlar konferentsiyalari, kechalar va xokozolami - rejalashtirilgan mavzuga bog„liq. Yetakchi mavzuni kitob targibotinmg eng rang- barang va qulay shakli bilan ta’minlashga intilmoq kerak. Ommaviy tadbirlar o„tkaziladigan punktlar sonini xisobga olmoq zarur. Mavzu hamda ommaviy tadbirlarning mumkin bo„lgan miqdorini belgilab, yakun yasaladi va bir yil uchun taxminiy yig„ma jadval tuziladi. Unda ishning asosiy shakllari sanab chiqiladi va u qaerda va yil davomida qancha bo„lishi lozimligi ko„rsatiladi.
Abonement hamda o„quv zalidagi ko„rgazma 15-20 kundan ko„proq va 1,5 oy atrofida namoyish qilinmog„i lozim. Uzoq muddatga mo‘ljallangan ko„rgazma va plakatlar muntazam almashtirilib, yana yangi materiallar va rubrikalar bilan to‘ldirilib borilishi zarur.
Kitobxonlar konferentsiyalarining muvaffaqiyati ko„p jihatdan muhokama qilinayotgan kitobni o„qigan kishilarning soniga bog„liq. Bir joyda yiliga o„tkazilgan konferentsiyalarning miqdori 4-5 ta bo„lgani ma’qul. Katta ommaviy tadbirlarning umumiy soni yiliga 14-17 tani tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Axborot- bibliografik ishlarning har xil turlarini hajmini xarakterlaydigan ma’lumotlar asosan yirik kutubxonalari tomonidan rejalashtiriladi. Axborot- bibliografik ishlarning ko„rsatkichlari tajriba yo„li bilan: axborot, bibliografik ma’lumot va boshqalar kunining soni belgilanadi. Mavzuli ko„rgazmalar,
kartotekalar, bibliografik obzorlar, tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro„yxati, adabiyotlar targ„iboti va ommaviy ishlar mavzusi bilan birgalikda oldindan belgilanadi.