Ekspertiza usuli ( yoki ekspert baholash) o‘rganilayotgan xodisaning rivojlanishi yoki ekspertlar- olimlar yoki faoliyatning biron- bir soxasining yuqori malakali mutaxassislari- amaliyotchilardan so‘rash yo‘li bilan yangilikning vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida olingan madumotlardan iboratdir. Bu usulning ko‘pgina xilma-xil ko‘rinishlari - intervyu, komissiya usuli madum.
Modellash usuliistiqboli belgilanayotgan ob’ektning matematik modellarini ishlab chiqishdan iboratdir. Matematik model- bu matematik simvollar yordami bilan tashqi olam xodisalarini taqribiy tavsiflashdir. Modellashtirish jarayonida o‘rganilayotgan xodisaga daxldor bo‘lgan faktlar atroflicha o‘rganiladi hamda ularning o‘zaro aloqasi belgilanadi. Taxlil natijasida gipotetik model tuziladi va u amaliyot mezonini qanoatlantirish yoki qanoatlantira olmasligi tushuntiriladi. Amaliyot mezonini qo‘llash o‘rganilayotgan model asosida yotgan qoidalarning to‘g‘riligi haqida xulosalar qilishga imkon beradi. Navbatdagi taxlil modelni modernizatsiya qilish imkonini beradi.
Mavzu bo„yicha asosiy tushuncha va atamalar Rejalashtirish - bu rahbariyat xarakatlarining yagona yo‘nalishini, tashkilot a’zolarining umumiy maqsadlariga erishish yo‘lidagi xarakat birligini ta’minlash vositalaridan biridir.
Strategik rejalashtirish- rahbariyat tomonidan qo‘llaniladigan va tashkilot o‘z maqsadlariga erishishi uchun yordam beradigan o‘ziga mos strategiyani ishlab chiqishga olib keladigan xarakatlar, tadbirlar, qarorlar to‘plamidir.
Yillik reja -kutubxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, joriy yildagi muxim vazifalari va ish mazmuni, ijtimoiy va madaniy- ma’rifiy ishlari, kitobxonlarni jalb qilish, adabiyotlar berilishi, ommaviy tadbirlar o‘tkazish va xokozolar bo‘yicha miqdoriy ko‘rsatkichlarni belgilaydi.
Kutubxona ichki rejasi-alohida kutubxona hamda uning tarkibiy bo‘linmalari- bo‘lim, shu’ba (sektor), gurux, shuningdek ayrim xodimlar faoliyatini belgilaydi.
Istiqbolni belgilash - bu hayot taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish asosida u yoki bu xodisaning kelajagini oldindan ko‘rishdir. Kelajakni idrok etish istiqbol, ayniqsa uzoq muddatli rejalarni ilmiy ishlab chiqish uchun muximdir