Nazariy mashgulotlar mazmuni



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə45/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Ekstrapolyatsiya usuli ( yoki to‘g‘ri usul) statistikadan keng foydalanishga asoslanadi va o‘tgan vaqtning qator qo‘rsatkichlari bo‘yicha ularning keyingi davrdagi qiymatini xisobga olishdan iborat bo‘ladi. Ekstrapolyatsiya rivojlanishning vujudga kelgan tendentsiyalaridan kelib chiqadi va ularning ayrim vaqt oralig‘i davomidagi muayyan parametrlari doimiyligini shart qilib qo‘yadi.
Ekspertiza usuli ( yoki ekspert baholash) o‘rganilayotgan xodisaning rivojlanishi yoki ekspertlar- olimlar yoki faoliyatning biron- bir soxasining yuqori malakali mutaxassislarining fikr-muloxazalarini o‘rganish yo„li bilan yangilikning vujudga kelishi mumkinligi to„g„risida olingan ma’lumotlardan iboratdir.
Modellash usuli - istiqboli belgilanayotgan ob’ektning matematik modellarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Nazorat savollari

  1. Axborot- kutubxona markazlarida qanday bo ‘limlar mavj ud

  2. Rejalashtirish nima?

  3. Strategik rejalashtirish deganda nimani tushunasiz?

  4. Axborot-kutubxona faoliyatini rejalashtirish qanday tamoyillarga asoslanadi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. “Library management 101: A practical guide” by DIANE L.VELASQUEZ 2013 ISBN 978-0-8389-1148-8(paper) 978--0-8389- 9502-0(pdf)

  2. “Fundamentals of Library and Informational science”, by ABDUWAHAB OLANREWAJU ISSA, Ph.D in 2013, pages - 133.

  3. Harris, M.H. History of Libraries in the Western World, 4th ed. (Scarecrow, 1995)

  4. http: //en.wikipedia.org/wiki/Library_science

  5. http://WWW.rocket-library.com/)

  1. "http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_librariesamaliy mashg’ulot: Axborot-kutubxona muassasasining moddiy texnik bazalari va moliyalashtirish

Ishdan maqsad: Axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazalarini, axborot - kutubxona tashkilotlarining moliyalashtirish tamoyillari, manbalari va o„ziga xosligi o’rganish, axborot-kutubxona tashkilotlarining byudjeti va harajatlar smetasini tuzish.
Kutubxona- axborot muassasalarining moliyalashtirish tamoyillari, manbalari va o„ziga xos xususiyatlari.
Kutubxona ishida tejamkorlikni joriy etishning mohiyati va usullarini tadqiq qilish kutubxonashunoslikning maxsus bo‘limi - kutubxona iqtisodiyotining vazifasi xisoblanadi. Kutubxona-axborot faoliyati iqtisodiyoti davlat va jamoat mablagdarini sarflashga o„ylab munosabatda bo„lish va boshqa masalalar - adabiyotlar sotib olish, kutubxona muassasalarining boshqa ehtiyojlari uchun xarajatlarni belgilaydigan normativlar, mezonlar ( kriteriyalar) ni ilmiy asoslash bilan ham mustaxkam bog„liqdir.
Kutubxona rahbarlari ham, rejalashtirish organlari ham adabiyotlar sotib olish uchun xarajatlarning optimal hajmi, bitta kutubxonachi uchun, bitta kitobxon uchun, bitta tadbir o„tkazish uchun va x.k. uchun ilmiy asoslangan normativlarga ehtiyoj sezadilar. Shu bilan birga boshqa mezonlarni aniqlash va kutubxona byudjetlarini smetasini turli moddalari bo„yicha hamda bitta kitobxon yoki bir kishiga xisoblagandagi sarflanishning tadqiq etish zarurdir.
Kutubxona iqtisodiyotining o„ziga xosligidan uning maxsus vazifalari turli tip va turdagi kutubxona muassasalariga mablag„ ajratish uchun ilmiy asoslangan mezonlar izlash ham kelib chiqadi.
Kutubxona iqtisodiyoti bu shunchaki buxgalteriya xisobi yoki iqtisodiy operatsiya emas, balki ayni paytda kutubxonashunoslik tadqiqoti hamdir. Bu o„rinda adabiyotlarning “eskirish muddati”, “o„qish normasi” hamda “kitob bilan ta’minlanganlik”, ayrim soxa adabiyotlarining “ kitob berilish tarkibidagi salmog„i”, region aholisining “ milliy- demografik tarkibi” va boshqa omillarni xisobga olish muximdir. Bular kutubxona faoliyatini so„mlarda ifodalangan samaradorligining o„rganish bilan mustaxkam bog„liqdir.
Respublikamiz kutubxonalarining deyarlik 90% iga mablag„ ajratish davlat zimmasiga tushmoqda. Davlat barcha kutubxonalarga, uslubiy markazlar hamda kutubxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, shuningdek jamoat tashkilotlari va ularning kutubxonalariga binolar ajratish yo„li bilan qo„shimcha moddiy yordam ko„rsatadi. Moddiy- moliyaviy bazani mustaxkamlash turli kanallar bo„yicha: shtatlar uchun, adabiyotlar sotib olish va boshqa xarajatlarga mablag„ ajratish, har xil imtiyozlar berish, masalan, yetakchi kutubxonalarga bepul majburiy nusxalar ajratish, kutubxonalar uchun adabiyotlarni birinchi navbatda olish va boshqa markazlashgan tadbirlarni amalga oshirar edi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o„tish munosabati bilan yuqoridagi qo„shimcha moddiy yordamlaming bir qismi olib tashlandi, lekin kutubxonalar uchun qo„shimcha moliyaviy imkoniyatlar topish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda, jumladan kutubxonalarda pullik xizmatlar tashkil qilish, xo„jalik shartnomalari asosida faoliyat yuritish, binolarni arendaga berish va x.k.
Kutubxonalarni mablag„ bilan asosan davlat hamda jamoat tashkilotlari ta’minlaydi. Mablag„ ajratish xarakteriga ko„ra kutubxonalar - mustaqil va nomustaqil turlarga ajratiladi.
Mablag„lar bevosita davlat byudjetidan ajratiladigan kutubxonalar - m u s t a q i l kutubxonalarga kiradi. Ularni ta’mmlab turuvchi xarajatlarni esa ular mansub bulgan idoralar ham, moliyaviy organlar ham rejalashtiradi. Bu guruxga axborot-kutubxona markazlari, respublika tarmoq ilmiy- universal kutubxonalari, boshka idoralarning yirik kutubxonalari, masalan, O„zbekiston Fanlar Akademiyasining Fundamental kutubxonasi, Respublika meditsina kutubxonasi va x.k. kiradi.
aolgan barcha kutubxonalar - kasaba uyushmalari, o„quv kutubxonalar, ilmiy- tadqiqot va loyixalash institutlari, korxona va tashkilotlar qoshidagi kutubxonalar - n o m u s t a k i l kutubxonalarga kiradi.
Kutubxonalar uchun sarflanadigan xarajatlar operatsion va ma’muriy- xo„jalik turlariga bo„linadi. Operatsion xarajatlar sarflarni to„lash uchun mo„ljallangan. Bu xarajatlarga kitoblarga, vaqtli matbuotga obuna bo„lish, kutubxona texnikasi va jixozlari xarida qilish, ommaviy tadbirlarga haq to„lash va shu kabi xarajatlar kiradi. Ularsiz kitobxonlarga xizmat ko„rsatishni tashkil qilish mumkin emas.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin