Nazariy mashgulotlar mazmuni



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə48/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Ishdan maqsad: .axborot-kutubxona muassasasi daromadi va xarajatlar smetasi: ularning tarkibiy qismlarini xarakteristikasi, xarajatlarni guruxlash, Byudjetdan tashqari daromadlarni rejalashtirish shakllantirish va taqsimlashdan iborat
Smeta - bu moliyaviy reja va mablag„ olish uchun asosiy hujjatdir. U kalendar yil uchun belgilangan shaklda tuziladi. Smetaga byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq moddalar bo„yicha kelgusi yil uchun mablag„ va xarajatlar ro„yxati kiritiladi. Bunda joriy yilda qancha mablag„ tasdiqlangani va qanchasi sarflangani, kelgusi yilga qancha so„ralayotgani va xarajatlar ro„yxati ko„rsatiladi. Ho„jalik xarajatlarini asoslash uchun zarur bo„lgan madumotlar (binoning maydoni, isitish tizimi, suv bilan ta’minlanish, kanalizatsiya va x.k.) ham kiritiladi. Ishlab chiqarish ko„rsatkichlarining (kitobxonlar miqdori, kitob berilishi, qatnovlar, ko„chma kutubxonalar va x.k.) qanchasi bajarilganligi va kelgusi yilga qancha modjallanayotgani ko„rsatilgan xolda xisoblanadi. Smetaga xisoblar ilova qilinadi va bu xarajatlarning har biri asoslangan bo„lishi kerak. Smetaga kutubxona- axborot tashkiloti rahbari qo„l qo„yadi.
Tasdiqlangan smetaga muvofiq ajratiladigan mablag„ byudjetli (smetali) kredit deyiladi, ularni ajratilgan miqdorda faqat kredit boshqaruvchi tasarruf qila oladi. Huquqiy darajasiga ko„ra asosiy boshqaruvchilar - vazirlar, idoralarning rahbarlari, bosh boshqarma boshliqlari xisoblanadi. Ikkinchi darajali boshqaruvchilar - o„ziga qaraydigan idoralarga ajratilgan barcha mablagTarni tasarruf qilish va zarur bo„lib qolgan xolatda, ular o„rtasida umumiy mablagTar chegarasidan chiqmay, ajratmalarni qayta taqsimlash xuquqiga ega boTgan xokimiyatlarni boTim mudirlari xisoblanadi. Respublika va yirik soxa kutubxonalarning, shuningdek Axborot- kutubxona markazlari va Axborot-resurs markazlarining direktorlari uchinchi darajali boshqaruvchilar xisoblanadi. Ular smetadan ortiqcha va kreditsiz xarajatlarga yo„l qo„ymagan xolda, smetada ajratilgan mablagTarni aniq maqsadlar uchun tejab va o„z vaqtida foydalanishga majburdirlar.
Smeta moddalari bo„yicha kreditlarni, istisno xollardagina, yuqori kredit boshqaruvchilarining ruxsati bilan qayta taqsimlash mumkin. Xisoblar va pul operatsiyalari to„g„ri rasmiylashtirilgan ishonchli xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti bo„yicha smetaga muvofiq beriladigan mablagTarni olish va asrash uchun davlat bankida naqd pul bilan va naqd pul toTamaydigan barcha operatsiyalar uchun joriy raqam (schyot) ochiladi.
Kutubxona-axborot tashkilotlari smetalarida quyidagi asosiy xarajat moddalari qoTlaniladi.
Ish haqi fondi shtat birligi, tasdiqlangan tarif stavkasi lavozimlari miqdoriga qarab xisoblanadi. Shtatlar birligi miqdorini ko„paytirish yuqori organlar tomonidan ishlab chiqiladi. Xodimlarga ish haqi belgilashda Respublikamiz byudjet muassasalari uchun ish haqini belgilashning yagona tarifikatsiyasiga asoslanadi. Xodimlami razryadlari ulami egallagan lavozimlari, ma’lumot tsenzi, ish staji va bajaradigan vazifalariga ko„ra belgilanadi. Oylik maosh va unga qo„shimchalar hamda yillik umumiy mablag„ belgilanadi. Bu mablagdarning jami esa yillik ish haqi fondi talab qiladigan miqdorni tashkil qiladi.
Ish haqiga qo„shimcha - bu ijtimoiy ximoya fondiga tushadigan, vaqtincha ishga yaroqsizlik bo„yicha byulletenlar va boshqa ijtimoiy tadbirlarga haq to„lashga sarflanadigan mablag„dir. Esda tutish lozimki, bu mablag„lar kasaba uyushmalariga jo„natiladigan pulning faqat mezoni, o„lchovi xizmatini bajaradi va u ish haqi fondidan olinmaydi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tassarufidagi muassasalarda bu moddaga ish haqi fondi yig„indisidan 5,5 % mablag„ ajratiladi.
Kantselyariya va xo„jalik xarajatlari ( qog„oz, blankalar, yozuv anjomlari va boshqalar) oylik xarajatlarning o„rtacha miqdori asosida yoki yil davomida bitta kitobxonga sarflanadigan o„rtacha xarajat xisobidan chiqiladi. Bu moddaga aloqa xarajatlari- telefon haqi, pochta, telegraf xarajatlari ham kiradi. Shu bilan qimmat bo„lmagan yoki foydalanish muddati bir yildan ortiq bo„lmaydigan xo„jallik buyumlari sotib olish xarajatlari, isitish xarajatlari, suv bilan ta’minlanish, kanalizatsiya, binoni toza tutish, joriy remont uchun xarajatlar ham shu moddaga kiradi.
Xizmat safarlari va xizmat yuzasidan bordi- keldi xarajatlari uchun mablag„ ajratishni xisoblash uchun taxminiy muddati ko„rsatilgan xizmat safarlari rejasi tuziladi. Borish va qaytish qiymati hamda, mehmonxona va kunlik xarajatlar (sutkalik) haqi belgilanadi.
Kitoblar va kutubxona texnikasi buyumlarini sotib olish uchun xarajatlarni aniqlab zarur kitoblar soni, ularning o„rtacha qiymati; vaqtli va obuna nashrlariga yozilish xarajatlari; kitoblarni muqovalashga, kutubxona texnikasi sotib olishga mablag„lar belgilanadi.
Jixozlar va inventarlar sotib olishga mablag„lar ajratish quyidagicha rejalashtiriladi. Kerakli mebellar (stol va stullar, stellajlar, katalog javonlari va boshqalar) va inventarlar (yoritkichlar, yozuv mashinkalari va kompyuterlar, stendlar va boshqalar) ning qiymati ko„rsatilgan ro„yxati tuziladi. Ro„yxat asosida ularning umumiy qiymati hamda modda bo„yicha to„la xarajatlarning jami xisoblab chiqiladi.
Boshqa xarajatlarga ommaviy ishlar o„tkazish: musiqali- adabiy kechalarda ishtirok etgan aktyorga to„lanadigan haq, ko„rgazmalarni jihozlash yoki plakatlar uchun rassomga to„lanadigan pul xarajatlari kiritiladi. Ommaviy tadbirlar rejasi tuzilganda uning bir qismini jamoatchilik asosida o„tkazishni xisobga olish tavsiya etiladi.
Mavzu bo„yicha asosiy tushuncha va atamalar

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin