Nazariy mashgulotlar mazmuni


-soxaviy, ya’ni madaniyat soxasi sifatida kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish rejasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə40/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

-soxaviy, ya’ni madaniyat soxasi sifatida kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish rejasi. Bunday rejalashtirishga ma’lum bir mintaqadagi kutubxonalar soni, kitob fondini hajmini, kutubxonachilar soni va boshqalarni rejalashtirish kiradi.
regional yoki mintaqaviy, ya’ni aholiga kutubxona xizmati ko„rsatishning yagona rejasini ishlab chiqish. Bunga kutubxona tarmoklarini joylashtirish va ular faoliyatini muvoffiklashtirish kiradi.
alohida kutubxona ishini rejalashtirish.
Harakat muddatiga ko„ra rejalar istiqbolli- uzoq muddatli, o„rta muddatli hamda joriyga bo„linadi. Uzoq muddatli rejalashtirish odatda 10 va undan ortiq yillarga modjallanadi. O„rta muddatli reja 5 yilni qamrab oladi. Joriy reja esa yillik, chorak va oylarni o„z ichiga oladi.
Harakat doirasiga ko„ra rejalar yig„ma hamda kutubxona ichki rejasiga ajratiladi. Yig„ma reja bitta xududga - tuman, shahar, viloyatga joylashgan hamda yagona yoki bir nechta idoralarga mansub bo„lgan kutubxonalarni qamrab oladi. Shahar, tuman, viloyatlarda aholiga kutubxona xizmati ko„rsatishning yagona rejasiga - bibliografik, ilmiy - tadqiqot va uslubiy ishlarning yig„ma rejasi bunga misol bo„la oladi.
Kutubxona ichki rejasi alohida kutubxona hamda uning tarkibiy bo„linmalari- bo„lim, shu’ba (sektor), guruh, shuningdek ayrim xodimlar faoliyatini belgilaydi.
Yillik reja ma’lum darajada o„zaro bog„liq bo„lgan vazifalar yig„indisi- ko„rsatkichlar tizimidan tarkib topadi. Ularni raqamlarda ifodalangan yetakchi ko„rsatkichlari asosiy ko„rsatkichlar deyiladi. Bu ko„rsatkichlar miqdor va sifat
kursatkichlariga ajraladi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar kitobxonlar, kitob berilishi, kutubxonaga qatnovchilar, yangi olingan kitoblar, ommaviy tadbirlar miqdori bo„yicha darajani belgilaydi.
Sifat ko„rsatkichlari nisbiy miqdorlarda ifodalanadi hamda xosila ko‘rsatkichlarini xisoblash uchun norma sifatida foydalaniladi. Masalan, o„tgan yilgi kitobxonlar (miqdor ko„rsatkich) hamda kitob o‘qilishi (sifat ko„rsatkich) sonini aniklab, ularni ko‘paytirish vositasida kitob berilishining rejali miqdorini ( xosila ko‘rsatkichini) belgilash mumkin.
Turli xildagi kutubxonalar uchun ko‘rsatkichlar tizimi bir muncha farq qiladi. Maxsus kutubxonalarda bibliografik va axborot ishlari ko‘rsatkichlari rejada muxim o‘rinni egallaydi. Viloyat kutubxonalarining rejalarida uslubiy ishlar ko‘rsatkichlari ham qayd etiladi.
Har qanday kutubxona uchun kitobxonlar soni - majburiy ko‘rsatkich xisoblanadi. Bu ko‘rsatkichni xisoblash uchun turli xil usullar qo‘llaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani - o‘tgan yilgi tajriba asosida xisoblash. Masalan, o‘tgan yilda 1576 kishiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, yangi yilda -1600 kishi rejalashtiriladi. Bu usulni afzalligi - o‘tmish tajribasini hisoblashdir. Kamchiligi esa - faqat erishilgan natijagina ta’kidlanadi, balki kelgusi yilda bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Yana bir usul- kutubxona vazifalariga ko‘ra aniqlanadigan miqdor xisoblash asosi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, o‘quv yurtining kutubxonasi barcha o‘quvchilar, o‘qituvchilar va xizmat ko‘rsatadigan xodimlarni qamrab olishni mo‘ljallaydi. Qishloq kutubxonasi shu xududda yashovchi barcha oilalarni, maktab kutubxonasi esa barcha o‘quvchilarni kitobxonlar safiga jalb qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Ommaviy kutubxonalarda bitta kutubxonachi uchun yillik ish normasidan foydalanishga asoslangan xisoblash usuli keng qo‘llanilgan. Kutubxonadagi xodimlar sonini bilgan xolda kitobxonlar va kitob berish qancha bo‘lishi lozimligini xisoblash mumkin.
Kitobxonlar miqdorini “aholini qamrab olinganlik foizi” ko‘rsatkichi asosida ham xisoblash mumkin. Nazorat raqamlarni belgilashda avvalgi tajribani, kutubxona oldida turadigan norma va vazifalarni bajarishning majburligini xisobga olish zarur.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin