Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi qisqa va aniq bo‘lishi lozim.
2.
Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo‘lishi kerak.
Muayyan vazifani hal etishda ko‘pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo‘shimcha vazifalar hal etishga to‘g‘ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‘ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko‘rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog‘lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilin- gan,amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
3.
Huquq va javobgarlik doirasida bo‘lishi lozim.
Rahbar qarorni o‘ziga berilgan huquq doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida huquq va javobgarlik ko‘lami nisbati to‘g‘risida borayapti. Huquq katta, mas’uliyati esa kam bo‘lsa, ma’muriy o‘zboshimchalikka, o‘ylamasdan qaror qabul qilishga yo‘l ochiladi va bu hech qanday naf keltirmaydi.
4.
Aniq va to‘g‘ri yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak.
Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chi-qishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunish-ga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5.
Vaqt bo‘yicha qisqa
bo‘lishi kerak.
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadi- da qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
6.
Vaqt bo‘yicha aniq
bo‘lishi lozim.
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko‘rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishi- ni ob’ektiv nazorat qilish imkoniyati bo‘lmaydi.
7.
Tezkor bo‘lishi kerak.
Har qanday qaror o‘z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarish-dagi vaziyat talab qilgan vaqtning o‘zida qabul qi-linishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorlar zararlidir.