2. Avtomobil va dvigatelga tashhis qo‘yuvchi, asbob-uskuna va stendlar.
Avtomobillarning takomillashib borishi bilan birgalikda ularga tashhis qo‘yish, texnik holatini baholash asbob-uskuna va stendlari ham rivojlanib bormoqda. Avtomobilni elektronli tashhislash stendining soddalashtirilgan ko‘rinishi 2-rasmda berilgan.
2-rasm. Elektron tashhislash stenddi
UZDAEWOO dvigayetlning yonilg‘i purkash tizimi va barcha elektron tizimi nosozliklarini tashhislash asbobi 3-rasmda berilgan.
3-rasm. Dvigatel nosozliklarni aniqlash asbobi.
Raqamli tester, avtomobil elektr tizimidagi kuchlanish, tok kuchi, qarshilik miqdorini aniqlash imkoniyatiga ega, uning ko‘rinishi 4-rasmda berilgan.
4-rasm. Raqamli tester
Avtomobilning salonini sovitish tizimi (konditsioner) dagi sovitgich (xladagent) ni sizib chiqishini aniqlovchi elektron tester 5-rasmda berilgan.
5-rasm.
A-o‘rnatgich; V-rejim almashtirgich; D-batareyani holatini ko‘rsatgich;
S-muvozanat rostlagichi.
3. Texnik holatni aniqlash asbob-uskunalari.
Vakuum o‘lchagich va vakuum nasosi dvigatelning so‘rish quvuridagi siyraklanishni aniqlash hamda vakuumli datchiklarni tekshirish imkoniyatiga ega, uning ko‘rinishi 6-rasmda berilgan.
Nazorat lampasi elektr zanjiri va elektr kuchlanishi borligini aniqlashga xizmat qiladi. U hech qanday batareyasiz ishlaydi, 7-rasm.
6-rasm. Vakuum o`lchagich
Taxometr tirsakli val aylanishlar sonini aniqlaydi, 8-rasm.
4. Rostlash asbob-uskunalariga quyidagilar kiradi:
kalitlar to‘plami, otvertka, maxsus ombirlar;
maxsus kalitlar: uch, to‘rt yoki olti qirrali «G» shakldagi kalitlar to‘plami;
shchup (tirqishni aniqlash uchun);
maxsus chizg‘ich;
kalibr, tiqin, skoba;
dinomometrik kalit;
bosim o‘lchagich va boshqalar;
Dostları ilə paylaş: |