6. Elektr jihozlarida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.
elektr zanjirlarini uzulmaganligi yoki massaga o‘tmasligini tekshirish uchun qo‘llaniladi.
Akkumulator holatini tekshirishning ikki turi 9-rasmda ko‘rsatilgan.
9-rasm. Akkumulyatorni tеkshirish uskunalari.
7. Maxsus asbob-uskunalariga quyidagilar kiradi.
maxsus kalitlar;
moy filtrini yechib olgich (syomnik);
kompressiya o‘lchagich (kompressometr);
vakuum o‘lchagich (vakuummetr);
yo‘nib kengaytirgich (razvertka);
moy bosimini o‘lchagich (manometr);
aylanishlar sonini o‘lchagich (taxometr);
old g‘ildiraklar yaqinlashuvini (sxojdeniya) ni o‘lchagich;
klapanni egarga ishqalab moslash asbobi;
Oldi g‘ildiraklarni burilish burchagini aniqlash asbobining umumiy ko‘rinishi 10-rasmda berilgan.
Bu asbobdan quyidagicha foydalaniladi: Asbob ikkita bir xil qismdan tashkil topib, 1-rasmda ko‘rsatilgan holatda qo‘yilib, old g‘ildiraklarni turish chizig‘i 3 avtomobilning ikki g‘ildiragi oraliq masofasiga teng bo‘lishi kerak. Asbob korpusi 1 ga ikki tomonga burilish imkoniyatiga ega bo‘lgan disk 2 o‘rnatilgan. Diskda aylana bo‘yicha burilish burchaklari chizilib raqamlangan. Uning «0» raqami strelkaga to‘g‘ri kelgan holatida qaydlovchi shtir 7 orqali buriluvchi disk korpusga qo‘zg‘almas qilib qaydlanadi, shu holatda avtomobil sekinlik bilan asbob ustiga oldi g‘ildiraklari bilan chiqib to‘xtatiladi.