Nazariy oʻquv mashug‘lotining oʻqitish texnologiyasi Oʻquv mashg‘ulotining oʻqitish texnologiyasi modeli


Avtomobillarning tuzilishi, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha umumiy ma’lumotlar



Yüklə 300,85 Kb.
səhifə5/8
tarix25.08.2023
ölçüsü300,85 Kb.
#140446
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu

Avtomobillarning tuzilishi, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha umumiy ma’lumotlar
1.1. Avtomobill boʻyicha umumiy ma’lumotlar
Avtomobil – bu oʻziyurar transport vositasi boʻlib, u yuk va yoʻlovchilarni tashish yoki maxsus vazifalarni bajarishga moʻljallangan.
Bajaradigan ishning turiga qarab avtomobillar quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • yoʻlovchi tashuvchi (yengil avtomobillar va avtobuslar);

  • yuk avtomobillari;

  • maxsus (avtokoʻtargichlar, oʻt oʻchiruvchi va h.k.);

  • Ixtisoslashtirilgan (toʻkiluvchi yuklar, quvurlar, yogʻoch va boshqa yuklarni tashuvchi).

Yengil avtomobillar dvigatelning ishchi hajimi va oʻz ogʻrligi boʻyicha quyidagi sinflarga boʻlinadi:

  • juda kichik (1,2 l; 850 kg);

  • kichik (1,2-1,8 l; 850-1150 kg);

  • oʻrtacha (1,8-3,5 l; 1150-1500 kg);

  • katta (3,5 l dan yuqori; 1700 kg gacha)

Avtobuslar uzunligi boʻyicha quyidagi sinflarga boʻlinadi:

  • juda kichik( 5 m gacha);

  • kichik (6,5-7,0 m);

  • oʻrtacha (8,0-9,5);

  • katta (10,5-12,0 m);

  • juda katta (qoʻshaloq) (16,5 m va undan uzun).

Yuk avtomobillari yuk koʻtarish qobiliyati boʻyicha quyidagi sinflarga boʻlinadi:

  • juda kichik (0,3-1,0 t gacha);

  • kichik (1,0-3,0 t);

  • oʻrtacha (3,0-5,0 t);

  • katta (5,0-8 t);

  • juda katta (8,0 t va undan ortiq).

Hamma avtomobillar gʻildiraklar soni, ya’ni umumiy gʻildiraklar sonini yetaklovchi gʻildiraklar soniga nisbati boʻyicha (4x2; 4x4; 6x4 va h.k.) belgilanadi.
Avtomobillarning umumiy tuzilishi. Har qanday avtomobilning tuzilish tarkibi uchta qismdan iborat boʻladi: dvigatel, shassi va kuzov.
Dvigatel: Dvigatel yonilgʻi yonishidan hosil boʻlgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib berish uchun xizmat qiladi.
Tuzilishi. Dvigatel tarkibiga krivoship-shatun mexanizmi (KShM), gaz taqsimlash mexanizmi (GTM), sovutish tizimi, moylash tizimi, yonilgʻi ta’minot tizimi, oʻt oldirish tizimi va chiqarish tizimi kiradi.
Shassi: Shassi avtomobilni yoʻl bilan bogʻlash, dvigateldan burovchi momentni yetaklovchi gʻildiraklarga yetkazib berish va dvigatel, kuzov va boshqa qisimlarni oʻrnatish uchun asos vazifasini bajaradi.
Tuzilishi. Shassi tarkibiga transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmlari kiradi.
Transmissiya: Transmissiya burovchi momentni dvigateldan gʻildiraklarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Tuzilishi. Transmissiya tarkibiga ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi, kardan uzatmasi, yetaklovchi koʻprik reduktori va yarim oʻqlar kiradi.

Yüklə 300,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin