Nazariy oʻquv mashug‘lotining oʻqitish texnologiyasi Oʻquv mashg‘ulotining oʻqitish texnologiyasi modeli


Ta’lim oluvchilar bilimi faollashtirish



Yüklə 300,85 Kb.
səhifə4/8
tarix25.08.2023
ölçüsü300,85 Kb.
#140446
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu

Ta’lim oluvchilar bilimi faollashtirish :

(2.4-ilova)



Oʻquvchini bilimini faollashtirish maqsadida Aqliy hujum savollar beriladi:
1. Avtomobillardan foydalanishni zaruriyligi.
2. Avtomobillardan qay maqsadda foydalaniladi?

(2.5-ilova)





Yangi oʻquv material bayoni :


KIRISH


Avtomobil ishlab chiqarishda va kundalik hayotda inson uchun zarur transport vositasi hisoblanadi. Har qanday sohani avtotransportsiz tasavvur etish juda qiyin. Yil sayin ishlab chiqarishda va shaxsiy hayotda ishlatilayotgan avtomobillarning soni oshib bormoqda. Avtotransportni keng koʻlamda ishlatilishi, avtomobillarning soni va ularning tuzilishini takomillashishi bilan avtomobil texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash uchun malakali mutaxassislarga boʻlgan talab ham oshib bormaqda.
Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilgʻor xorijiy tajriba va halqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, ta’lim jarayoniga oʻqitishning innovatsion uslublari va axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda sohaning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.
Respublikamizda avtomobil sanoatini rivojlantirish borasida Respublikamizning birinchi Prezidenti va shu soha mutaxassislari jonbozlik koʻrsatdilar. Buning dalili etib shu kungacha ishlab chiqilgan hukumat qarorlarini, chop etilgan kitob va ilmiy maqolalarni aytish mumkin.
1992-yili Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Janubiy
Koreyaning “Daewoo” zavodiga tashrif buyurdi va 1994-yilda
“Daewoo” korporatsiyasi bilan "UzAutoSanoat” kompaniyasining hamkorlik shartnomasi tuzilib, 1996-yili "UzDaewooAut” avtomobilsozlik korxonasi ishga tushdi. Keyinchalik u “UzDaewooAuto”, “GM Uzbekiston va Ravon”, 2019-yili iyun oyining oxirlaridan esa “UzAuto Motors” kompaniyasi deb yuritila boshlandi.
2014-yiligacha kompaniya va uning filiallari Tico, Damas, Matiz, Spark, Nexia, Losetti, Epika va Captiva avtomobillarini ishlab chiqargan boʻlsa, 2014-yil boshidan yangi Xorazim avtomobil zavodida “Chevrolet Damas” va “Chevrolet Orlando” 2015-yil sentabrdan esa “Chevrolet Labo” avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi. 2015-yil oktabr oyidan Chevrolet Spark, Daewoo Gentrava Chevrolet Matizhamda 2016yilning oktabridan esa Chevrolet Cobalt avtomobillari Ravonmarkasi bilan Asakadagi avtomobil zavodidan chiqadigan boʻldi.
1996-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Samarqand shahrida "SamKochavto” oʻzbek-turk qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida qarori chiqdi. Bu korxona 1999-yili 19-martda ishga tushdi va ikki turdagi avtobus va uch turdagi kichik va oʻrta yuk koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan UzOtoyol (Otoyol) yuk avtomobillarini ishlab chiqara boshladi.
2006-yil 30-oktabrda “UzAutoSanoat” va “Isuzu” kompaniyalari hamkorligi “OOO Samavto” jamiyati tuzilib, toʻrt markadagi avtobus va besh modeldagi yuk avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi.
2009-2012-yillarda “OOO Samavto” jamiyatida Oʻzbek-Nemes qoʻshma korxonasi "JVMAN Auto-Uzbekistan” ga tegishli “MAN” yuk avotomobillari ishlab chiqarilgan.
2012-yilning 30-iyulida “JV MAN Auto-Uzbekistan” qoʻshma korxonasi Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ishga tushirilib, hozirda u yerda yiliga 500-1500 dona "MAN” yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Yuqorida keltirilgan zavod va qoʻshma korxonalarining chetdan keltirilayotgan butlovchi qismlarga boʻlgan ehtiyojini kamaytirish maqsadida respublikamizda 40 dan ortiq qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Shular jumlasiga, birinchilar qatori ishga tushirilgan OʻzKoramKo, OʻzTong XongKo, OʻzDong, YangKo, OʻzDongjuKo, OʻzDongVonKo, Oʻzsem YungKo kabi qoʻshma korxonalarni kiritish mumkin.
Asaka avtomobil zavodida ham dastlabki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%, hozirda esa 100 % ga yetib qoldi.
Keyingi yillar davomida Respublikamiz avtomobil parkining tarkibi keskin oʻzgardi, ammo ishlab chiqarilayotgan avtomobil markalari yetakchi oʻrinda tursada, hozirgi paytda Yevropa, AQSH, Yaponiya mamlakatlarining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mashhur avtomobilsoz kompaniyalari ishlab chiqarilgan barcha turdagi avtomobillar salmogʻi oʻsib bormoqda. Bu avtomobillarning yuqori texnik imkoniyatlaridan toʻla foydalanish, ularning qulay va samarali ishlashlarini ta’minlash uchun ularga oʻziga monand, yuqori saviyadagi avtoservis xizmati tashkil etilishi zarur.
Buning uchun esa mamlakatimizdagi avtoservis korxonalari tarmogʻini yanada kengaytirish, ularning ishlab chiqarish texnika bazasini mustahkamlash, servis xizmati turlarini koʻpaytirish, xizmat sifati va madaniyatini yaxshilash masalalarini xal etish talab etiladi. Ta’biiyki sohaning bu muammolarini yechishda yuqori malakali mutaxassis kadrlar asosiy, yetakchi kuch boʻlib xizmat qiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan avtomobillarning salmogʻi koʻpayishi bilan avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi sohasining ahamiyati yanada oshib bormoqda.
Shu bilan birga mamlakatimiz oliy va oʻrta maxsus ta’lim oʻquv yurtlarida avtomobilsozlik uchun mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
Mamlakatimiz avtomobil transportida oʻtkazilgan islohotlar natijasida Respublikada ishlab chiqarilayotgan va avtomobil parkining boʻlinishi sababli avtomobillarga muttasil ravshda texnik xizmat koʻrsatuvchi, ta’mirlovchi, yonilgʻi-moy, ehtiyot qismlar va boshqa avtomateriallar bilan ta’minlovchi hammabop, servis usulida ishlovchi mustaqil korxonalar xizmatiga talablar keskin oshib ketdi. Chunki, yangi shakllangan avtotransport egalarining koʻpchiligi oʻz texnik ta’minlash bazasiga ega emas, buning uchun esa maxsus xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan avtoservis korxonalar xizmatidan foydalanishi zarur va maqsadga muvofiq edi. Avvallari faqat aholi avtomobillariga texnik xizmat koʻrsatib turgan maxsus avtoservis korxonalarining tarmogʻi, soni va ishlab chiqarish quvvatini oshirishga katta ehtiyoj tugʻildi.
Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati mamlakatimiz avtomobillari uchun ulkan boʻlib, uning xizmatidan yil davomida mamlakat avtomobil parkining asosiy qismi muntazam foydalanadi.
Avtomobillarga yuqori sifatli va samarali texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash uchun zamonaviy avtomobillarning tuzilishi mukammal oʻrganish, ularni diagnostikalash boʻyicha bilimga ega boʻlish kerak. Ayni shu ma’lumotlar ushbu uslubiy qoʻllanmada tushinarli va aniq holatda keltirilgan.

Yüklə 300,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin