1.3-rasm. Silindr hajmi va porshenning yurish yoʻli: a-porshen pastki chekka nuqtada; b-porshen yuqori chekka nuqtada. - yuqori oʻlik nuqta (YUOʻN) – porshenning eng yuqori chekka holati;
pastki oʻlik nuqta (POʻN) – porshenning eng pastki chekka holati;
oʻt olish kamerasining hajmi – porshen YUOʻN holatida tepa qismidagi boʻshliqning hajmi;
silindrning ishchi hajmi – porshenning YUOʻN dan ga harakatlanishida hosil boʻlgan boʻshliq hajmi;
silindrning toʻliq hajmi – porshen POʻN da boʻlganda yuqori qismidagi boʻshliq hajmi;
siqish darajasi – silindrning toʻliq hajmini oʻt oldirish kamerasi hajmiga nisbati (benzinda ishlovchi dvigatellar uchun 6,5.. .10,0 va dizel dvigatellari uchun esa 14.. .21 ga teng).
Ishchi davrlar. Ishchi sikl deb dvigatel silindrida qaytariluvchi va toʻxtovsiz ishlashini ta’minlovchi jarayonlar jamlanmasiga aytiladi. Bu jarayonlarga kiritish, siqish, ishchi yoʻli va chiqarish kiriadi (1.4-rasm).
Kiritish klapani Kiritish va chiqarish klapani Chiqarish
ochiq yopiq klapani ochiq
a) b) v) g)
1.4-rasm. Toʻrt taktli karbyuratorli dvigatelning ishchi davri: a-kiritish; b-siqish; v-ishchi yoʻli; g-chiqarish. Porshenning bir marta harakatlanishi (pastki chekka nuqtada yuqori chekka nuqtaga, yoki yuqori chekka nuqtadan pastki chekka nuqtaga koʻchishi) takt deyiladi. Agar ishchi davr tirsakli valning ikki marta aylanishida sodir boʻlsa (porshenning toʻrt marta harakatlanishi), bunday dvigatel toʻrt taktli, bir marta aylanishida (porshenning ikki marta harakatlanishi) esa ikki taktli deyiladi.
Ishchi davrda turli silindrlarda bir nomdagi taktni qaytarilish ketmaketligi dvigatel silindrlarining ishlash tartibi deyiladi (1.1-jadval).
Taqqoslash maqsadida benzinda va dizel yonilgʻisida ishlovchi dvigatellarning silindrlarida qanday jarayonlar sodir boʻlishini koʻrib chiqamiz. Buning uchun har bir taktning boshlanishi va tamom boʻlish oʻlik nuqtalarning birida sodir boʻladi deb qabul qilamiz (1.2-jadval).
1.1-jadval
Toʻrt silindrli dvigatelning ishlash tartibi
Ishch aralashmasini siqish sodir boʻladi; takt yakunida uchqun hisobiga oʻt oladi
Havoni siqish sodir boʻladi; takt yakunida mayda bugʻsimon holatda yonilgʻi sepiladi, yuqori bosim va harorat hisobiga oʻz-oʻzidan oʻt oladi
Ishchi yoʻli takti Yonilgʻi yonishi hisobiga hosil boʻlgan bosim hisobiga porshen pastga harakatlanadi, kiritish va chiqarish klapanlari bekilgan holatda boʻladi
Chiqarish takti Porshen yuqoriga harakatlanadi. Kiritish klapani yopiq, chiqarish klapani ochiq. Silindr chiqindi gazlardan tozalanadi