Nazariy oʻquv mashug‘lotining oʻqitish texnologiyasi Oʻquv mashg‘ulotining oʻqitish texnologiyasi modeli



Yüklə 300,85 Kb.
səhifə6/8
tarix25.08.2023
ölçüsü300,85 Kb.
#140446
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu

Yurish qismi: Yurish qismi avtomobilni harakatlanishini ta’minlaydi va hamma elementlarni biriktirish uchun asos vazifasini oʻtaydi.
Boshqaruv mexanizmlari: Boshqaruv mexanizmlari avtomobilni harakat yoʻnalishi va tezligini oʻzgartirish hamda toʻliq toʻxtashi va uni toʻxtash joyida ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Kuzov: Kuzov tashiladigan yukni, haydovchini va yoʻlovchilarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi tur yengil avtomobil va avtobuslarda asos vazifasini bajaradi.
Dvigatel boʻyicha umumiy ma’lumotlar. Dvigatel – issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi kuchli quvvat mashinasi hisoblanadi. Avtomobillarda porshenli ichki yonuv dvigatellari (IYoD) qoʻllaniladi.
Dvigatellarni turlanishi. Porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi alomatlari boʻyicha turlanadi:

  • ishlatilish joyiga qarab, harakatlanish uchun qoʻllaniladigan va qoʻzgʻalmas bir yerda ishlatiluvchi;

  • ishchi davrni amalga oshirish turi boʻyicha – ikki taktli va toʻrt

taktli;

  • yonilgʻi aralshmasini tayyorlash boʻyicha – tashqi va ichki;

  • oʻt olishi boʻyicha – majburiy (uchqunli), oʻz-oʻzidan oʻt oluvchi (siqish hisobiga);

  • yonilgʻi turi boʻyicha – benzinda, gazda va dizel yonilgʻisida ishlovchi;

  • silindrlarning soni boʻyicha – bir silindrli va koʻp silindrli;

  • silindrlarning oʻrnatilishi boʻyicha (1.1-rasm) – bir qatorli, V – koʻrinishda yoki vertikal oʻqqa nisbatan 180 ga yonboshlagan ikki tomonli.


a b v g
1.1-rasm. Dvigatel silindrlarini joylashish turlari: a-bir qatorli, b-vertikal oʻqqa nisbatan bir tomonga ogʻgan, v-V-koʻrinishdagi, g- vertikal oʻqga nisbatan 180 ga yonboshlagan ikki tomonli.
Dvigatelning tuzilishi va asosiy oʻlchamlari. Dvigatel quyidagi mexanizm va tizimlardan tarkib topgan:

    1. Krivoship-shatun mexanizmi (KShM).

    2. Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM).

    3. Sovutish tizimi. 4. Moylash tizimi.

    1. Yonilgʻi ta’minot tizimi.

    2. Oʻt oldirish tizimi.

    3. Chiqarish tizimi kiradi.

Ichki yonuv dvigatelining ishlash tarkibi. IYOD ni ishlash tartibini bir silindrli va bir qatorli toʻrt taktli dvigatel (1.2-rasm) misolida koʻrib chiqamiz.
1 .2-rasm. Bir silindrli toʻrt taktli benzinda ishlovchi dvigatelning koʻrinishi: 1-silindrlar kallagi; 2-silindr; 3-porshen; 4-porshen halqasi; 5-porshen barmogʻi; 6-shatun; 7-tirsakli val; 8-maxovik; 9-krivoship; 10-gaz taqsimlash vali; 11-gaz taqsimlash vali kulachogi; 12-richag; 13-klapan; 14-oʻt oldirish shami.
Silindrda tirsakli valni barmoq va shatun bilan bogʻlovchi porshen halqalari bilan birgalikda joylashgan. Tirsakli val aylanganda porshen ilgarilanma-qaytma harakat qiladi. Tirsakli val bilan birgalikda kiritish va chiqarish klapanlarini ochib va yopib turuvchi gaz taqsimlash vali ham harakatlanadi. Porshen pastga harakatlanganda kiritish klapani ochilib, yonilgʻi aralashmasi silindrga kiradi. Porshen pastdan yuqoriga harakatlanganda aralashma siqiladi, uchqun ta’sirida oʻt oladi va porshenning ustki qismida bosm hosil qiladi. Bosm ostida porshen pastga harakatlanadi va shatun orqali tirsakli valga harakatni yetkazadi. Porshen yuqoriga harakatlanganda chiqarish klapani ochiladi va chiqindi gazlar tashqariga chiqib ketadi.
D vigatelni ishlash koʻrsatkichlari. Dvigatelni ishlashi bilan quyidagi koʻrsatkichlar bogʻlangan (1.3-rasm):

Yüklə 300,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin