4-topshiriqning bajarilishi: Hot Potatoes dasturida krosword tuzish uchun JCross bo’limidan foydalaniladi. Создать сетку кроссворда автоматически tugmasi bosilgach, quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Ushbu oynada crossword savollarining javoblari kiritiladi. Oxirida Создат сетку tugmasi bosiladi. So’ngra Определения tugmasi tanlanadi va quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Ushbu oynada gorizontal va vertikal bo’yicha krosswordning savollari tuziladi va ok tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Endi ushbu faylni brauzerda ochiladigan qilib saqlanadi va saqlangan fayl ishga tushirilgach, quyidagi natija hosil bo’ladi:Kompyuterli testlar haqida ma`lumot
Ushbu maydonda har bir sonning ustiga bosib, unga biriktirilgan savollarga javoblar yoziladi va check tugmasi orqali natijalar tekshiriladi.
NAZORAT SAVOLLARI: Qanday test turlarini bilasiz?
Test tuzuvchi qanday dasturlarni bilasiz?
Hot Potatoes dasturi haqida ma’lumot bering.
Hot Potatoes dasturining qanday bo’limlari mavjud?
Hot Potatoes dasturida testning qanday turlarini tuzish mumkin?
JMatch bo’limida qanday testlar yaratiladi?
JQuiz bo’limida qanday testlar yaratiladi?
JCloze bo’limida qanday testlar yaratiladi?
JMix bo’limida qanday testlar yaratiladi?
Krossword qaysi bo’limda yaratiladi?
XULOSA Biror bir tushuncha kiritilib, uning ta’rifini topish kabi testlar ham kiritilishi mumkin. Shuningdek, kiritilgan rasmning faol sohalarini topishga bag‘ishlangan testlarni ham uchratish mumkin, unda ta’lim oluvchilar savollarga javobni rasmdan qidirib topib, belgilashlari kerak bо‘ladi. Mazkur test esa berilgan ma’lumotning tartibini belgilashga bag‘ishlangan bо‘lib, savol bo‘yicha tо‘g‘ri javobni o‘rnatilgan tartibda joylashtirib chiqishlari lozim bo‘ladi.
Bu testlar talabalarning analiz, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish va abstraksiyalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kо‘nikmalar orqali esa talabalarni mantiqiy fikrlashga undagan holda intellektual kо‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.
Shunday qilib, bilimlarni nazorat qilish uchun interaktiv testlarning ishlatilishi talabalarning о‘zlashtirish darajasini va fikrlash doirasini aniqlashga xizmat qiladi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga sabab bо‘ladi.