Nazariy savol: Iste’molchilarning lozim sifatda bo‘lgan tovarlarga bo‘lgan huquqi: milliy va xorijiy tajriba. Javob



Yüklə 24,44 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü24,44 Kb.
#174250
1   2   3   4
Iste`molchi huquqlari

iste’molchi, ya`ni, foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro, jismoniy shaxs hisoblanadi. German Kanning huquqlari yuqorida aytib o`tganimdek, O`zbekiston Respublikasining 26.04.1996 yilda qabul qilingan 221-I-sonli Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni bilan hukumat tomonidan himoya qilinadi. Ushbu korxonada iste`molchilar uchun qulay sharoitlar yaratib bergan, bundan tashqari, xizmatlar tarifini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma mavjud va eng asosiysi, to‘lovni terminal orqali amalga oshirish kabi imkoniyatlarni yaratib bergan. Buning huquqiy asosi ham mavjud, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining hisob-kitoblar to‘g‘risida umumiy qoidalarida o`z ifodasini topgan. Unda, Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ular o‘rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin. Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlari (bundan buyon –– banklar) orqali amalga oshiriladi, deyilgan. ( O`z. Res. Fuqarolik kodeksi 790-modda. Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar )
German Kan har oy kabel xizmati uchun to`lovni amalga oshirib turgan. Shak-shubhasiz, kabel xizmati bu haq evaziga qilinadigan xizmat turiga kiradi. Haq evaziga xizmat ko`rsatish o`zi nima? Haq evaziga xizmat ko‘rsatish bu --- ikki tomon o`rtasida belgilangan shartnoma bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi, ya`ni «Hamkor TV» xususiy korxonasi German Kanning topshirig`i bilan kabel xizmatini bajarish, German Kan esa «Hamkor TV» xususiy korxonasiga kabel xizmatlarini ularga har oy taqdim etgani tufayli har oy haq to`lash majburiyatini oladi. Xuddi shunday, German Kan o`zi betobligi sababli, o`zi emas, rafiqasi «Hamkor TV» xususiy korxonasining kabel xizmatining haqini to`lash uchun shooxbcha kassiri Zoya Popovaga plastik kartochkasini uzatdi. Biroq shoxobcha kassiri bu plastik kartochka orqali to‘lovni qabul qila olmasligini aytdi. Bunga asos qilib kartochka boshqa odamniki ekanligini, agar u kishi rostan ham turmush o‘rtog‘i bo‘lsa, ishonch qog‘ozi yoki pasportini olib kelishi kerak ekanligini ta`kidlab o`tdi. Agar bu masalaga hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonunlar orqali oydinlik kiritadigan bo`lsak, bu holatda Zoya Popovaning e`tirozi o`rinli hisoblanadi. Chunki, plastic kartochkasi boshqa shaxs tomonidan plastic kartasi egasining ruxsatisiz foydalanish mumkin emas. Buning asosini O‘zbekiston Respublikasining "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonunning
Yüklə 24,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin