Nazariy savol: Iste’molchilarning lozim sifatda bo‘lgan tovarlarga bo‘lgan huquqi: milliy va xorijiy tajriba. Javob


-moddasi - Bank kartasidan ruxsatsiz foydalanish



Yüklə 24,44 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü24,44 Kb.
#174250
1   2   3   4
Iste`molchi huquqlari

37-moddasi - Bank kartasidan ruxsatsiz foydalanish orqali aniqlab olishimiz mumkin. Jumladan, bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yo‘qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan ta’minlashi shart.
Bank kartasining yo‘qolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti aniqlanganda bank kartasini saqlovchi bank kartasining emitentini bu haqda xabardor qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yo‘qolganligi yoki bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabardor qilinmagan taqdirda barcha tavakkalchiliklar bank kartasini saqlovchining zimmasida bo‘ladi.
Bank kartasining emitenti bank kartasi yo‘qolganligi yoki bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabarnoma olinganidan keyin bank kartasini darhol blokirovka qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yo‘qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida xabarnoma olinganidan keyin bank kartasidan ruxsatsiz foydalanganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilgan taqdirda bank kartasini saqlovchi bank kartasining emitentiga bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi natijasida yo‘qotilgan pul mablag‘lari summalarining o‘rnini qoplash to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Bank kartasini saqlovchining arizasi ushbu Qonun 36-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda bank kartasining emitenti tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bank kartasini saqlovchining arizasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha bank kartasining emitenti bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi natijasida yo‘qotilgan pul mablag‘lari summalarining o‘rnini qoplash haqida yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi natijasida yo‘qotilgan pul mablag‘lari summalarining o‘rnini qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank kartasining emitenti pul mablag‘larini bank kartasini saqlovchiga qaror qabul qilinganidan keyin bir kundan kechiktirmay o‘tkazadi.
Bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi natijasida yo‘qotilgan pul mablag‘lari summalarining o‘rnini qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini qabul qilingan qaror haqida rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabardor qiladi. Bank kartasini saqlovchiga bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi natijasida yo‘qotilgan pul mablag‘lari summasining o‘rnini qoplashni rad etish uchun quyidagilar:
bank kartasini saqlovchi tomonidan bank kartasidan foydalanishning shartnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya etilmaganligi;
bank kartasini saqlovchining o‘z bank kartasidan foydalangan holda jinoyatlar sodir etishda ishtirok etganligi fakti aniqlanganligi asos bo‘ladi.

Biroq, turmush tarzimizda, plastic kartalar doim ham o`z egasi tomonidan ishlatilmaydi, balki xotini o`z turmush o`rtog`inikini, qiz farzand oyisnikini uning nomidan o`z xarajatlarini qoplash uchun ishlatishi va shuningdek, opa-singillar hamda aka-ukalar ham bir-biri bilan plastic kartasini umumiy qilib ishlatishi mumkin. Bu holatlar hatto, odat tusiga kirib qolgan, chunki plastic kartalar aynan bank bilan tuzilgan shartnoma orqali tuzilgan shaxs tomonidan ishlatilmaydi. Bunga sabab qilib, misol tariqasida farzandlarni olsak, ular bank bilan o`z shaxsiy kartasini ochishi uchun ularning yoshi yetmaydi, shuning uchun ular ota-onasining nomidan ularning plastic kartalari orqali to`lovlarni amalga oshiradilar.


Bundan tashqari kazusimizda, plastic kartadan foydalanish uchun Zoya Popova: “agar u kishi turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lsa, ishonch qog‘ozi yoki pasportingizni olib kelishingiz kerak bo‘ladi, ”- deb aytgan. Yuqorida aytib o`tganimdek, xotini o`z turmush o`rtog`inikini oyisnikini uning nomidan o`z xarajatlarini qoplash uchun ishlatishadi. Lekin, hech kim buni qandaydir ishonch qog`ozi yoxud passporti orqali amalga oshirmaydi. Chunki, bu kabi qog`ozlarni inson doim ham o`z oldida olib yurishi mushkul, masalan, kichik yoshdagi farzandlar bunday mas`uliyat talab etadigan ishonch qog `ozi hamda passportini o`z aslidek qilib saqlab yura olmaydi yoki bu hujjatlarni osongina yo`qotib qo`yishi ham ehtimoldan yiroq emas. Plastik kartani o`zini tashib yurish esa anchayin qulay, yanayam ochiqroq aytadigan bo`lsak, plastic kartadan boshqa shaxs foydalanishi uchun ishonch qog`ozi va passport kabi hujjatlarsiz ham, uni ishonchli shaxs tomonidan ishlatilayotganligi ushbu shaxsni bu plastic kartaning maxfiy raqamini bilishi orqali ham namoyon bo`ladi. Ya`nikim, plastic kartalardan to`lovni amalga oshirish uchun maxfiy raqam so`raladi, buni bilmasdan turib begona shaxs bu plastic kartasi orqali hech qanday to`lovni amalga oshira olmaydi. Ammo, plastic kartani maxfiy raqamini eshitib olib, uni egasidan yashirin ravishda o`grilik qilib qo`lga kiritib, undan foydalanmoqchi bo`lganlar ham yo`q emas. Shu sababli, plastic kartasini yo`qolganligini his qilgan oningizdayoq darhol bankka murojaat qilib sizga tegishli plastic karta o`g`irlganligini hamda begona shaxs plastic karta orqali har xil turdagi to`lovlarni amalga oshira olmasligi yoinki plastic kartadagi pullarni bankomatlar orqali yechib ola olmasligi uchun vaqtinchalik uni muzlatib turishni talab qilish huquqiga ega. Buning qonuniy isbotini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 3294-sonli 03-aprel 2021-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorning
Yüklə 24,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin