Nazariyasi va metodikasi


Ikkinchi. Boshlang’ich ta’lim. 1-4 sinflarni o’z ichiga oladi va bunda o’qish olti-etti yoshdan boshlanadi. Uchinchi



Yüklə 36,68 Kb.
səhifə7/8
tarix24.10.2022
ölçüsü36,68 Kb.
#66091
1   2   3   4   5   6   7   8
KASB HUNARGA YONALTIRISH TAYYORI

Ikkinchi. Boshlang’ich ta’lim. 1-4 sinflarni o’z ichiga oladi va bunda o’qish olti-etti yoshdan boshlanadi.
Uchinchi. Umumiy ta’lim. Bunda o’quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim va tarbiya beriladi.
Alohida ta’kidlab o’tishimiz kerak; umumta’lim maktabi barchamiz uchun majburiy bo’lib, ularda bolalarimizga umumiy bilim asoslarini chuqur o’rgatishimiz kerak, tom ma’noda farzandlarimizning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishimizga asos solishimiz kerak.
To’rtinchi. O’rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi. O’qish muddati 3 yildan kam bo’lmagan akademik va kasb-hunar litseylari va kollejlari.
Beshinchi. Oliy mutaxassislik ta’limi, odatda o’n sakkiz-o’n to’qqiz yoshdan boshlanib, to’rt yildan kam bo’lmagan muddatda davom etadi.
Oliy mutaxassislik ta’limi bakalavrlik hamda magistraturaga bo’linadi.
Bakalavrlik – yo’nalishlaridan biri bo’lib, bazaviy oliy ta’lim berish demakdir. Unda o’qish kamida 4 yil davom etib, oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha oliy kasbiy ta’lim bo’lib, bakalavrlik negizida kamida ikki yil davom etadi. Undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi.
SHu bilan birga, biz o’z ehtiyojlarimiz va ichki sharoitlarimizdan kelib chiqib, uzluksiz ta’limning rasmiy tizimida yakunlovchi bir bosqichni ham joriy etishimiz kerak. Bu bosqich ikki darajaga bo’linadi, ya’ni aspirantura va doktoranturadan iborat bo’ladi.
Aspirantura nihoyasiga yetkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom etadi.
Aspiranturaning maqsadi – muayyan mutaxassisliklar bo’yicha oliy kvalifikatsiyali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirish. Aspirantura akademik va kvalifikatsion imtihonlari hamda nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bilan yakunlanadi. Bu yakunlarga ko’ra, tanlangan mutaxassislik bo’yicha “fan nomzodi” ilmiy darajasi beriladi.
Doktorantura fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi, dissertatsiya himoya qilish bilan yakunlanadi. YAkunga ko’ra, tanlangan mutaxassislik bo’yicha “fan doktori” ilmiy darajasini beriladi. Boshqacha aytganda, bu sohada avvalgi tartib saqlanib qoladi. Bulardan tashqari, yangi tizimda qo’shimcha kasbiy ta’lim – qayta tayyorlash va malaka oshirish masalasiga ham katta e’tibor berilishi kerak.


Yüklə 36,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin