Nazorat sinovlari (test, topshiriqlar, loyihalar va boshqalar bilan ishlash) ni elektron platforma orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar



Yüklə 11,71 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü11,71 Kb.
#200329
  1   2   3   4
Babajanova Zuhra

Nazorat sinovlari (test, topshiriqlar, loyihalar va boshqalar bilan ishlash) ni elektron platforma orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar.

Kredit-modul tizimi mazmunan talabaning ehtiyojlariga qaratilgan tizimdir. Shu sababli, rivojlangan davlatlar OTM larida talabalar bilan alohida bo‘lim (Registrator ofisi) shug‘ullanadi. Bu borada oldimizda turgan muammolardan biri - bu talabalar kontingenti bilan shug‘ullanuvchi dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, sirtqi bo‘lim, magistratura bo‘limi, doktorantura bo‘limi va qabul bo‘limi kabi ko‘plab bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Ochig‘i, ushbu bo‘limlarda bir-birini takrorlovchi faoliyatlar mavjud. Ular asosida talabalar kontingenti bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.

Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo‘linma bo‘lib, uni kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tilgunga qadar vaqtincha dekanat va bo‘limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin. Kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va o‘qitiladi. 

YA’ni har bir modul (fan va uning bo‘limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.

Registrator Ofisining vazifasi - akademik taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish, guruhlarni shakllantirish, o‘qishga kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil qilish va o‘tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.


Yüklə 11,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin