Nazorat sinovlari (test, topshiriqlar, loyihalar va boshqalar bilan ishlash) ni elektron platforma orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar



Yüklə 11,71 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü11,71 Kb.
#200329
1   2   3   4
Babajanova Zuhra

Shu o‘rinda bitta muammo to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish zarur. Amaliyotda kuzatilishicha "toq fanlar" (ya’ni auditoriya soatlarining o‘quv haftalariga nisbati toq bo‘lgan fanlar) dagi toq soat odatda hafta oralatib (toq-juft) yoki semestrning birinchi yoki ikkinchi yarimlarida tashkil etiladi. Kredit-modul tizimida fan modulli tarzda tashkil qilinganligi uchun biror fan bo‘limi (moduli) yakunlanganidan so‘ng keyingi bo‘lim (modul) o‘tiladi.

Shu sababli, kredit-modul tizimi uchun dars jadvallarini rejalashtirishda toq soatlarni hafta oralatib rejalashtirish maqsadga muvofiq. Kredit-modul tizimining afzalliklari haqida gapirganda, albatta, uning imtihonni qayta topshirishlarga chek qo‘yishi va qayta topshirish o‘rniga qayta o‘qishga imkoniyat yaratib berishini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Bu tizimda fanni birinchi urinishda topshira olmagan talabaga, keyingi semestrlar davomida va yozgi semestrda pullik to‘lov asosida qayta o‘qishiga sharoit yaratiladi.

Bu jarayon talabalarning o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. Ularning professor-o‘qituvchilarning ortiqcha vaqtlarini olishlariga chek qo‘yiladi. Ilg‘or talabalarga semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish imkonini ham taqdim etish mumkin.

Kredit-modul tizimida pedagoglar lektor, tyutor (amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi), edvayzer, supervayzer, moderator kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Shuningdek, pedagoglar turli komissiyalar (baholash, o‘quv rejani shakllantirish, ta’lim dasturlarini shakllantirish, fan dasturlari ishlab chiqish va h.k.) tarkibida faoliyat yuritishlari ham mumkin.

Milliy va xalqaro miqyosda mahsulotlarning muvofiqligini baholashga e’tibor kuchaymoqda. Buning uchun mahsulotlar xalqaro yoki muvofiqligi uchun sinovdan o'tkaziladi milliy standartlar akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida. Bunday sinovlar birinchi navbatda xavfsiz foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, sertifikatlashtirish maqsadlarida sinov markazlari nafaqat namunalarni sinovdan o'tkazish, balki sertifikatlangan mahsulotlarning korxonalarda sifati barqarorligini nazorat qilish uchun davriy tekshiruv sinovlarini ham o'tkazadi.


Yüklə 11,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin