Neft va gaz kimyosi


Gaz qazib chiqarish bilan shug`ullanayotgan Respublikamiz va xorijiy qo`shma korxonalar ulushi quyidagicha taqsimlanishi



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə4/5
tarix29.04.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#104630
1   2   3   4   5
Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatning rivojlanishi

1.3 Gaz qazib chiqarish bilan shug`ullanayotgan Respublikamiz va xorijiy qo`shma korxonalar ulushi quyidagicha taqsimlanishi
Hozirgi kunda ishlatilayotgan konlarda gaz zaxiralarining 69% jamlangan bo`lib, uning 79 % ―O`zbekneftgaz MXK 21 % esa qo`shma korxonalar ishlatayotgan konlarga to`g`ri keladi. O`zbekneftgaz MXK o`z balansidagi konlardan yiliga zaxiralarni 5,5 %, qo`shma korxonalar esa 2,7 % olmoqda. Gaz zaxiralarini qolgan 31 % hali ishlashga kiritilmagan (konservastiyadagi) 54 ta konlarda jamlangan. Ishlashga kiritilgan konlardagi zaxiralarning 23 % ―O`zbekneftgaz MXK, 53 % OOO ―LUOK, 22 % ―Petronas va 2 % boshqa chet el kompaniyalariga qarashli. Gaz qazib chiqarish bilan shug`ullanayotgan Respublikamiz va xorijiy (qo`shma) korxonalar ulushi quyidagicha taqsimlangan: ―Muborakneftgaz UShK - 46,2 %; Sho`rtanneftgaz UShK - 23,5 %; ―Ustyurtgaz UShK - 3,7 %; - Gazlineftgazqazibchiqarish - 0,5 %; Andijonneft OAJ - 0,03 %; - Zarubejneftgaz Gazprom MChJ - 0,5 %; Gissarneftgaz KK - 2,0 %; - LUOK MChJ - 8,1 %; - Uztransgaz AK - 1,6 %; - Uzkorgazkemikal KJC - 0,4 % Ko`kdumaloqgaz KK -9,6%; 54 Jami - 100 %. Keng miqiyosda yangi texnologiyalarni qo`llash, jumladan: quduqlarda navigastion aslaxalardan foydalanib yonbosh stvollarini qazish; qatlamni radial ochish; qatlamni chuqur gidravlik yorish; anomal past bosimli qatlamlarda zichligi engillashtirilgan (0,5-0,6 g/sm ) burg`ilash eritmalaridan foydalanish quduq tubini qum tiqinlaridan yuvish va kislotali ishlov berish uchun koltyubing uskunalariga egiluvchan quvurlardan foydalanish va boshqa tadbirlar. 2014 yilda jami 89 quduqda yangi texnologiyalar qo`llanilib ularning debitini orttirish rejalashtirilmokda; jumladan: 26 quduqda yonbosh stvolini burg`ilash; 21 quduqni konservastiyadan chiqarish; 37 quduqni likvidastiyadan qaytarish va 5 qudukda qatlamni radial ochish. Yuqoridagi texnologiyalar hisobiga qo`shimcha - 143,8 ming tonna neft qazib olish rejalashtirilmoqda, bu jami yillik olinayotgan neft hajmini - 12,5 % ni tashkil etadi. 2.9 Bundan tashqari ishlatilayotgan quduqlarni texnik xolatini va ishlatish.
Ko`rsatkichlarini ushlab turish uchun 511 ta quduqda kapital ta`mir ishlarini o`tkazish ham rejalashtirilgan. 2014 yilda gaz qazib olish sur‘atlarini ushlab turish maqsadida keng miqiyosda geologik-texnik tadbirlarni o`tkazib ular hisobiga 5369,5 mln.m qo`shimcha gaz qazib olish va yillik hajmni 56893,6 mln.m ga yetkazish rejalashtirilgan jumladan: 92 ta yangi quduq burg`ilash hisobiga 2422 mln.m 3 13 ta quduqda kapital ta‘mir hisobiga - 228,2 mln.m3 ; Alan, Shimoliy Nishon va Urga konlarida siqish kompressor stanstiyalarini qurib gazni yig`ish sistemasini modernizastiya qilish hisobiga 2719,5 mln.m3 . Gaz konlarida yangi texnologiyalarni jalb etish va modernizastiya qilish hisobiga olinadigan gaz hajmi umumiy yillik olinayotgan gaz miqdorining 9,4 % ni tashkil etadi.
O`zbekiston neftgaz sanoatini asosiy rivojlanish yo`nalishlarini aniqlash uchun dunyo neft va gaz sanoatida yuz berayotgan tendenstiyalarni taxlil qilib chiqamiz. Deyarli hammaga ma`lum har bir davlatning energiya, jumladan neft va gaz bilan barqaror ta‘minlanishi ikki asosiy omilga bog`liq 1- neft va gaz zaxiralarini yangi konlar ochish hisobiga orttirib borish; 2- ochilgan konlardagi zaxiralardan unumli foydalanish. Hozirgi kunda dunyo energiya balansida asosiy o`rinni neft va gaz o`ynamoqda. Ular dunyoda iste‘mol qilinayotgan energiyani 53,4 % ni (neft – 34.1 %, gaz- 19,3 %) ta‘minlamoqda. Dunyo energiyasining qolgan qismini ko`mir- 23 %; gidroenergiya- 6,5 %; yadro energiyasi- 6,2 % va biomassa- 10,6 % ni tashkil etadi. Dunyo energetika kengashining ―Sistemali tahlil instituta‖ (Vena shaxri) bilan birgalikda dunyo energetikasi balansini 2050 yilgacha qilingan bashoratiga ko`ra, yuqorida keltirilgan xar bir energiya manbaini iste‘mol qilish to`xtovsiz ortib boradi (3.1-jadval). Jadvaldan ko`rinib turibdiki 2020 yilga borib energiya iste`modi dunyoda 1,44, 2050 yilda esa 1,9 marotaba (1995 yilga nisbatan) ortadi. Dunyo energiya balansida neft va gazning umumiy ulushi o`zgarmagan holda, neftulushi 4,1 % dan 23,9 % ga kamayadi, gazniki esa 19,3 % dan 24,5 % ga ortadi. Biomassadan (10,6 %) va gidroenergiyadan (5,6-6,5 %) olinayotgan energiya ulushi deyarli o`zgarmaydi. Ko`mirdan olinayotgan energiya 23,3 % dan 17,0 % ga kamaysada, muhim energiya manbalaridan biri bo`lib qoladi. Yadro energiyasi (6,2-13,9 % gacha) va qayta tiklanuvchan manbalar hisobiga olinayotgan energiya (0-4,5 % gacha) ulushi jiddiy ortadi.
3.1-rasm

Dunyoda energiya resurslarini ishlab chikarish turlari va hajmi (mlrd.tonna neft ekvivalentida)
Dunyo energetika agentligining (International Energy Agency), Dunyo bankining (World Bank), Dunyo energetika kengashining (World Energy Council), energetika bo`yicha Evropa iqtisodiy komissiyasining uzoq muddatga (2100 yilgacha) qilgan bashorati ham yuqoridagi ko`rsatkichlarni tasdiqlaydi Ushbu bashorat bo`yicha neft va gazning dunyo energiya balansida 2010 yilga borib ulushi jiddiy kamayadi: neft - 9,4 % va gaz - 3,1 %. O`z navbatida ko`mir - 29,6 %, atom energiyasi - 23,2 % va qayta tiklanuvchan energiya manbalarini - 30,6 % o`rni ortib boradi.

3.2- rasm



Dunyoda energiya iste‘mol qilish hajmi va turlari (mlrd.tonna shartli yokilgi birligida)
Har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishini energiya tejamkorligini hal etmasdan ta`minlash mumkin emas, shu sababli u hozirgi kunda umummilliy muammo hisoblanadi. Dunyodagi eng katta 10 ta davlatning energiya iste`molini va bir birlik yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish uchun qancha energiya sarflanayotganini ko`rib chiqamiz.
3.3-rasm

Dunyodagi 10 ta yirik davlatda energiya iste’moli
Keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, dunyodagi davlatlar ichida eng katta energiya iste‘molchisi AQSh va Xitoy hisoblanadi. Bu davlatlarda 1 birlik yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishga turli miqdorda energiya sarflanmoqda. Eng kichik energiya sarfi Buyuk Britaniya, Xindistoi, Yaponiya, Germaniya va Franstiya davlatlarida bo`lib, ularda 1 doll. ichki mahsulot ishlab chiqarish uchun 0,12-0,14 kg N.E. sarflanmoqda. Qolgan davlatlarda AQSh Xitoy, Janubiy Koreya va Kanadada 1doll. ichki mahsulot ishlab chiqarish uchun 0.19-0,25 kg N.E. energiya sarflanmoqda. Dunyodagi katta davlatlar ichida bu ko`rsatkich bo`yicha eng yomon natija Rossiyada bo`lib, 1 doll. ichki mahsulot ishlab chiqarish uchun 0,42 kg N.E. energiya sarflanmoqda, ya‘ni keltirilgan boshqa davlatlarga nisbatan 2-3 marotaba ortik. Yuqoridagi dunyo bo`yicha keltirilgan ko`rsatkichlarni (energiya balansi, neft va gaz qazib olish dinamikasi, zaxiralar bilan ta‗minlanganlik, energiya sarfi) O`zbekiston misolida ko`rib chiqamiz. Hozirgi kunda O`zbekistonni energiya balansi struktura asosini asosan uglevodorodlar tashkil etadi Davlatimiz raxbariyati tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlarni amalga oshirilishi natijasida 2020 yilga borib O`zbekiston Davlat Jami energiya iste‘moli, mln.T.N.E. Mahsulotni energiya sarfliligi, kg.N.E./doll.YaIM 1. AQSh 2340,29 0,19 2. Xitoy 1717,15 0,20 3. Rossiya 646,68 0,42 4. Xindiston 537,31 0,14 5. Yaponiya 530,46 0,14 6. Germaniya 344,75 0,14 7. Franstiya 275,97 0,14 8. Kanada 271,95 0,25 9. Buyuk Britaniya 233,93 0,12 10. Janubiy Koreya 213,77 0,20 62 energiya balansida uglevodorodlar ulushini 89 % gacha kamaytirish, aksincha ko`mir ulushini 2 % dan 8 % gacha, GES ulushini 0,7 % dan 3 % gacha orttirish nazarda tutilgan ( 3.2 rasm). 3.3 - rasmda O`zbekiston iqtisodiyoti sohalarida qazib olinayotgan tabiiy gazni foydalanish-taqsimlanishi keltirilgan. Unga ko`ra tabiiy gazni asosan aholi iste`mol qiladi (23,6 %), undan keyingi ulushlar eksportga (20,2 %), elektr energiyasini ishlab chiqarishga (19,6 %), neftgaz sanoatini o`z ehtiyojlariga (19,2 %), boshqa sohalarga (11,4 %), qayta ishlashga (3,8 %) va yuqotishlarga (2,2 %) to`g`ri keladi. Dunyo va O`zbekiston energetika balansini taqqoslash asosan energiyani ikki turida katta farq borligini ko`rsatmoqda: 1-farq O`zbekiston energetika balansida uglevodorodlar (neft va gaz) ulushining ko`pligi; 2-farq ko`mir ulushining kichikligi Shu sababli O`zbekiston ko`mir sanoatini modernizastiya qilish evaziga yillik ko`mir qazib chiqarishni 4,28 mln.t dan (2012 y.) 17,2 mln.t gacha oshirish (2021 y.) va uning energetika balansidagi ulushini 12 % ga yetkazish rejalashtirilgan rasm 3.2 Halqaro valyuta fondining aprel oyidagi hisobotiga ko`ra 2014 yili MDH davlatlar iqtisodiyoti 2,3 % o`sadi. Unga asosan fond ekspertlarining bashoratiga ko`ra O`zbekiston MDH, davlatlari ichida eng yuqori iqtisodiy o`sishga erishadi, uning kattaligi 7 %tashkil etadi. 2012 yilda O`zbekiston MDH davlaatlari ichida asosiy ijtimoiy- iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha eng yuqori natijalarga Bu natijalarga erishishda neftgaz sanoatining ham katta ulushi bor. 2012 yil uchun MDH davlatlarining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Har bir uglevodorod xom ashyosini qazib chiqaruvchi davlat iqtisodiyotida neftgaz sanoatining o`rni muhim o`rin tutadi. Bu soha yoqilg`i bilan ta‘minlashdan tashqari yalpi ichki mahsulotni tashkil etuvchi, byudjet daromadini va valyutalar kirimini tashkil etuvchi manba hisoblanadi.
2012 yilda O`zbekiston neftgaz sohasida ish bilan ta`minlangan axolining 1 % ishlashiga qaramay, uning ulushi yalpi ichki mahsulot ishlab chikarishda deyarli 16 %, byudjet daromadini esa 20 % tashkil etdi. Bu sohadda asosiy kapitalga kiritilayotgan investistiyalarning hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda va hozirgi kunda Respublika bo`yicha umumiy hajmining 8 % ortigini tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasida neftgaz sanoatining ulushi 20 %, jumladan eksportda - deyarli 35 %, importda - 2 % teng Shuni takidlab o`tish kerakki, 2013 yil dekabrida Halqaro valyuta fondining Veronika Bakalu raxbarligidagi missiyaning Toshkentga kelgan, tashrifi chog`ida O`zbekiston Respublikasidagi joriy iqtisodiy axvol, davlat siyosati va iqtisodiyotini rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Missiya ishini tugatganidan so`ng qilingan bayonatida Yalpi ichki maxsulot Sanoat maxsulotlari Kishlk xujaligi maxsulotlari Asosiy kapitaldagi investistiyalar`ajmi Tashki savdo O`zbekiston kiston 108,2 107,2 107,0 120,8 103,1 Azerbayjon 102,2 97,7 105,8 118,0 84,1 Armaniston 107,6 108,8 109,5 100,0 93,6 Belarus 101,5 105,7 106,1 86,0 97,2 Qozogiston 105,0 100,5 82,2 104,0 100,1 Qirgizston 99,1 79,8 101,2 122,0 96,9 Moldova 99,8 97,0 77,6 99,3 90,2 Rossiya 103,4 102,6 95,3 107,0 92,6 Tojikiston 107,5 110,4 110,4 76,0 104,0 Ukraina 100,2 98,2 95,5 117,1 92,7 MDX davlatlari 103,4 101,9 96,8 107.0 93,5 67 global iqtisodiy axvolni yomonlashishiga qaramay O`zbekiston iqtisodiyoti yuqori sur‘atlar bilan rivojlanishi ta‘kidlandi. Barqaror makroiqtisodiy natijalarga erishishga kuchli byudjet va tashki xolatlar, barqaror bank sistemasi va davlat qarzining kamligi muxim omil bo`lmoqda. Missiya O`zbekistonni yaqin kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy bashoratlar qildi. Halkaro Valyuta Fondi missiyasining baxosiga ko`ra yuqori iqtisodiy o`sish sur‘atiga davlatimiz tomonidan modernizastiya uchun olib borilayotgan keng miqiyosli dastur ham ijobiy hissa qo`shmoqda. Yalpi ichki maxsulotni ishlab chiqarishga sarf qilinayotgan energiya bo`yicha ham O`bekiston yetakchi rivojlangan davlatlar ko`rsatkichidan jiddiy ortda qolmoqda. O`zbekistonda 1 doll. ichki maxsulot ishlab chiqarish uchun deyarli 0,64 kg.N.E. energiya sarflanmoqda va bu ko`rsatkich yetakchi rivojlangan davlatlar ko`rsatkichidan 3 marotaba ortiq. Uzoq kelajakda barqaror neftgaz qazib chiqarishni va uglevodorod zaxiralarini orttirishni, ishonchli xom-ashyo bazasini ta`minlash maqsadida O`zbekneftgaz MXK tomonidan O`zbekiston Respublikasi neftgaz soxasini 2013-2020 yillarda rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu xujjatda 2013-2020 yillar uchun belgilangan neft, gaz va kondensat qazib chiqarish, ular zaxiralarini orttirish vazifalarini bajarilish imkoniyatlari ilmiy asoslangan, hamda rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun geologiya-razvedka ishlari hajmi va ularni oqilona yo`nalishlari keltirilgan. Dasturni amalga oshirish natijasida uglevodorod zaxiralari xomashyosini 1,3 mlrd.t.shartli yoqilg`iga, jumladan 0,588 mlrd.t.shartli yoqilg`i xorijiy investorlar hisobiga orttirish kutilmoqda. Quyilgan vazifalarni muvofaqiyatli hal etish uchun geologiya-razvedka ishlarini asosiy hajmini neftgazli o`lkalarning eng istiqbolli maydonlarida bajarish nazarda tutilgan. Ananaviy yo`nalishlardan tashkari, geologiya-razvedka ishlarini, chetel investorlari ishtirokida, quyidagi yo`nalishlarda olib borish rejalashtirilgan: Ustyurt, Buxoro-Xiva, va Farg`ona o`lkalarida paleozoy yo`nalishi; Surxandaryo o`lkasidagi tuz osti yotqiziklari; Xorazm viloyatida, O`rta-Sirdaryo depressiyasida, Farg`ona 68 botiqligidagi yangi hududlar; Surxandaryo, Farg`ona, Buxoro-Xiva o`lkalaridagi og`ir neft va tabiiy bitumlar; Buxoro-Xiva o`lkasidagi slanestli gaz; Yonuvchi slanestlar. Yuqorida keltirilgan dunyo va rivojlangan davlatlar neft va gaz sohalarining tendenstiyasi joriy holatini O`zbekistan neftgaz sanoati ko`rsatkichlari bilan taqqoslash va tahlili natijasida sohani rrivojlantirish asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagilar tavsiya qilinadi: Neftgaz sanoatida 2030 yilgacha qabul qilingan Konstepstiya rejalaridagi neft zaxirasini 132,4 mln.t, kondensatni -102,6 mln.t va gazni - 2393 mlrd.m3 orttirish uchun katta chuqurlikdagi (5-6 km dan ortiq chuqurlikdagi yuqori paleozoy yotkiziklari) istiqbolli maydonlarni qidiruv qilish uchun yangi texnologiyalar jalb etish va asbob-uskunalarni modernizastiya qilish. Surxondaryo va Farg`ona regionidagi yuqori qovushkok neftli va bitum konlarini qidirish, qidiruv qilish va samarali ishlatish uchun zamonaviy chet el texnologiyalarini (tajribasini) jalb etish. Neft va gazni chukur qayta ishlash, maxsulot sifatini dunyo standartlari talabiga javob beradigan darajaga yetkazish va maxsulot ishlab chiqarishga sarf qilinayotgan energiyani tejashni amalga oshirish uchun yangi texnologiyalarni jalb etish, sohaning ushbu yo`nalishidagi zavodlarni va texnologiyalarni modernizastiya kilish. Hozirgi vaqtda yakuniy ishlash davridagi 60 yaqin konlarda neft olish sur‘atini va zaxiralarni qazib chiqarish darajasini orttirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish, neft va gaz qazib chiqarishdagi asbob-aslaxa va uskunalarni modernizastiya qilish. Respublika energetika balansida neft va gaz ulushini kamaytirish maqsadida alternativ energiya manbalaridan (yonuvchi slanstlar, bioyokilgi, quyosh energiyasi, shamol energiyasi va boshqalar) foydalanish texnologiyalarini jalb etish. Mustaqillik yillarida elektrostanstiyalar quvvatidan samarali foydalanish, 69 energiya sarfini kamaytirish, energiya ishlab chiqarishda ko`mirdan foydalanish xisobiga tabiiy gaz ulushini qisqartirish bo`yicha modernizastiya, korxonalarni texnik va texnologik qayta qurollantirish, resurslarni tejamkor texnologiyalarini joriy etish asosida amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda, natijada elektr va issiklik energiyalari bilan iste‘molchilarni uzoq yillarga ishinchli va sifatli ta‘minlashiga erishildi.

Xulosa
Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatning rivojlanishi mavzusidagi kurs ishi qilish davomida quydagi xulosalarga keldim. Respublikamizda neft qazib olinadigan joylar va neft gazni qayta ishlash sanoatlari xaqida ma`lumotlarga ega bo`ldim. Neft va gazni qayta ishlash sanoatining O`zbekistonda rivojlanish soxalarini o`rgandim. Neft va gazni qayta ishlash sanoatining hozirgi texnologiyasi xaqida umumiy ma`lumotlarga ega bo`ldim.


Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin