Neft va gaz kimyosi


Dunyda neft va gaz qazib chiqash dinamikasi



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə3/5
tarix29.04.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#104630
1   2   3   4   5
Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatning rivojlanishi

1.2. Dunyda neft va gaz qazib chiqash dinamikasi
Hozirgi vaqtdagi neft va gaz qazib olish sur‘atlari ularning zaxiralari bilan ta‘minlanganmi degan savolga javob olish uchun dunyoda neft va gaz qazib olish va ularning tasdiqlangan zaxiralari dinamikasini ko`rib chiqamiz. Tabiy gaz olish uchun birinchi quduq AQSh ning Nyu York shtatidagi Fredoniyada 1821 yilda burg`ilangan, neftni sanoat miqiyosida qazib olish esa 1857 yili Ruminiyada boshlangan. XIX asrning boshida sanoat miqiyosida neft faqat 19 ta davlatda olingan. 1940 yilga kelib neft - 39, 1972 yilda 62, 1990 yilda 79, 2000 yilda 106 ta davlat qazib olgan. Agar 1859 yil dunyoda bor yo`g`i 5 ming tonna neft qazib olingan bo`lsa, 1880 yil 3,8 mln.t, 1900 yil esa uning hajmi 20 mln.tonna yetdi. Neft qazib olishda ―Portlash quyidagi ko`rinishga ega: 1945 yil 350 mln.t dan ortiq; 1960 yil 1 mlrd.t dan ortiq 1970 yil 2 mlrd.t atrofida, 1979 yil 3,2 mlrd.t. Dunyo bo`yicha 1860-2010 yillar davomida neft qazib olish dinamikasi 2.1 rasmda keltirilgan. Hozirgi vaqtda (2010 y.) dunyodagi 110 dan ortiq davlatlarda yiliga 3,5 mlrd.t dan ortiq neft qazib olinmoqda, ammo uning asosiy qismi (66,23 %) 12 davlatga to`g`ri keladi: Rossiya - 14,11 %; Saudiya Arabistoni - 11,23 %; AQSh - 7,57 %; Xitoy - 5,35 %; Eron - 5,28 %; Meksika - 3,70 %; Kanada - 3,59 %; Iroq - 3,41 %; BAA - 3,22 %; Venesuela - 3,08 %; Norvegiya - 2,87 % va Quvayt -2,85 % Dunyo bo`yicha tasdiqlangan olinadigan neft zaxiralarini 1980-2010 yillar davomidagi o`zgarish dinamikasi. Undan ko`rinib turibdiki ushbu davr mobaynida yillik neft olish 2,975 mlrd.t dan 3,5 mlrd.t oshganligiga qaramasdan tasdiqlangan olinadigan neft zaxiralarini 90,9 mlrd.t dan 200,2 mlrd.t gacha, 2 marotabadan ortiq oshirishga erishilgan.
Bu tasdiqlangan olinadigan neft zaxiralarining (2010 y. - 200,2 mlrd.t) 84,62 % bor yo`g`i 10 ta davlat hududidagi konlarda jamlangan: Saudiya Arabstoni- 17,69 %; Rossiya -12,09 %; Kanada - 11,89 %; Eron - 9,34 %; Irok - 7,80% Kuvayt - 6,90 %; Venesuela - 6,75 %; BAA - 6,65 %; Liviya - 3,00 %; Nigeriya - 2,55 %. Shuni alohida ta`kidlash kerakki ushbu davr mobaynida (1980-2010 yillar) tasdiqlangan olinadigan neft zaxiralari bilan ta`minlanganlik ko`rsatkichi dunyo bo`yicha 30,8 yildan 57,1 yilga ortdi. Agar oxirgi yillarda (2011-2013 yillar) Venesuelada yangi ochilgan konlar hisobiga tasdiqlangan olinadigan neft zaxiralarini 13,5 mlrd.t dan 37 mlrd.t gacha oshirganligini , Afrika qit`asi shelflarini, hamda Arktika qit`asini. Xuddi shunday ahvol gaz sanoatiga ham taalluqli. Deyarli huddi shu davr mobaynida dunyoda gaz qazib olish hajmi 10 marotabaga ortdi - 192 mlrd.m3 dan (1950 y.) 2 trln.m3 gacha (1990 y.).2.3 rasmda 1995-2010 yillar mobaynida dunyo buyicha yillik gaz kazib olish dinamikasi keltirilgan. Xozirgi vaktda (2010 y.) dunyo bo`yicha 100 dan ortiq davlatlarda 2,8 trln.m gaz qazib olinmoqda. Uning 72,98 % 12 davlatdagi konlardan qazib olinmoqda: AQSh - 21,15 %; Rossiya — 21,14 %; Norvegiya - 5,41 %; Eron - 3,62 %; Jazoir - 2,97 %; Xitoy - 2,96 %; Qatar - 2,66 %; Saudiya Arabstoni - 2,59%; Gollandiya - 2,46 %; Indoneziya - 2,41 %; Buyuk Britaniya - 2,21 %.1995-2010 yillar davrida dunyo bo`yicha tasdiqlangan gaz zaxiralarining dinamikasi 2.4-rasmda keltirilgan. Ushbu davr mobaynida dunyo buyicha tasdiqlangan gaz zaxiralari 135,9 trln.m3 dan 208,4 trln.m3 ga ortgan. Bu tasdiqlangan gaz zaxiralarining 77,73 % 10 davlatlardagi konlarda jamlangan: Rossiya - 25,54%; Eron - 15,98%; Qatar - 13,63%; Turkmaniston - 4,01%; Saudiya Arabstoni - 3,96% AQSh - 3,69%; BAA - 3,26%; Nigeriya - 2,78%; Venesuela -2,67%; Jazoir -2,41% Ushbu davr mobaynida dunyoni gaz qazib olish bilan ta`minlanganlik ko`rsatkichi 58,7 yildan (1995 y.) 73,8 yilga (2010 y.) ortdi. Bu ko`rsatkich dunyo gaz sanoatini uzoq muddatga gazni olinadigan zaxiralari bilan ta`minlanganligini ko`rsatmoqda. Rossiya fanlar akademiyasining (RFA) energetika tadqiqotlari direktori A.A. Makarovning tadqiqot natijalariga ko`ra yer qa`ridan iqtisodiy olish mumkin bo`lgan dunyodagi neft zaxiralarining 33 %,gazning - 14%), uranning - 9% va ko`mirning atigi 4% qazib olingan. O`zbekistonda yillik gaz, neft, kondensat va suyuk uglevodorodlar qazib chiqarish dinamikasi 1960-2014 yillar uchun. Ulardan ko`rinib turibdiki, mustaqillik yillarida Respublikamizda uglevodorod qazib chiqarish uzoq muddat davomida ortib borgan. Maksimal yillik gaz qazib olishga 2008 y. (68,321 mlrd.m3 ), neft qazib olishga 1995 y. (5144 ming.t) va 46 suyuq uglevodorodlar qazib olishga 1999 y. (8083 ming.t) erishilgan. Shu yillardan so`ng yillik gaz va suyuk uglevodorodlar qazib olish dunyo tendenstiyasidan farqli ravishda kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi yuqori mahsuldor konlarimizning (Kokdumaloq, Shimoliy O`rtabuloq, Kruk, Sho`rton va boshqalar) yakuniy ishlash davriga o`tib ulardan neft va gaz qazib olish sur‘atini pasayib borishi va yangi ochilayotgan uglevodorod konlarining murakkab geologik-fizik sharoitlari hisoblanadi. Hozirgi uglevodorod qazib chiqarish sur‘atlarida sanoat toifasidagi qidiruv qilingan uglevodorod zaxiralari Respublikamiz iste‘mol qilish talabini gaz bo`yicha 32 yilga, suyuq uglevodorodlar bo`yicha 33 yilga ta‘minlab beradi. Soha va chet el mutaxassislarining (Rossiya fanlar Akademiyasi olimlari A.G. Korjubaev va I.V. Filimonov) bashoratiga ko`ra ochilgan konlardagi neft va gaz zaxiralari, hamda yangi istiqbolli maydonlarning borligi O`zbekistonda neft va gaz qazib olish sur‘atini oshirish imkonini beradi. Biroq qazib olinayotgan neft hajmi yildan-yilga ortib borayotgan ichki iste`mol talabini tulik kondira olmaydi. Gaz olish hajmi esa yaqin kelajakda nafaqat Respublika talabini to`liq ta‘minlaydi, balki uni eksport potenstialini orttirish imkonini beradi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, joriy neft va gaz olish sur‘atlarida O`zbekistan uglevodorod zaxiralari bilan dunyo bo`yicha o`rtacha kattaligidan deyarli ikki marotaba kichik ko`rsatkichga ega. Uzoq muddat erishilgan uglevodorod qazib chiqarish sur‘atlarini ushlab turish va ishonchli xom-ashyo bazasini ta‘minlash uchun Respublikamizga har yili qazib olinayotgan uglevodorodlardan 1,1-1,5 marotaba zaxirani orttirib borish talab etiladi. Respublikamizda dastlabki baholangan gaz, neft va kondensatni olinadigan zaxiralari 550 mln.tonna shartli yoqilg`iga, bashoratli zaxiralari 10 mlrd.tonna shartli yoqilg`iga, istiqbolli resurslari 2 mlrd.tonna shartli yoqilg`iga teng deb hisoblanmoqda.


Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin