Neft va gaz kimyosi


O`zbekiston neftgaz sanoatining mustaqillikgacha va mustaqillik yillaridagi rivojlanishi



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə2/5
tarix29.04.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#104630
1   2   3   4   5
Respublikamizda neft-gazni qayta ishlash sanoatning rivojlanishi

1.1. O`zbekiston neftgaz sanoatining mustaqillikgacha va mustaqillik yillaridagi rivojlanishi
O`zbekiston neftgaz sanoati 120 yildan ortiq tarixga ega. Manbalarning darak berishicha, O`zbekiston hududida neft va gaz uzoq o`tmishdan ma`lum. Milloddan avvalgi 4 asrda Iskandar Zulqarnayin va uning lashkarlari markaziy osiyo hududida qora moy uchratganlari haqida ma‘lumotlar olgan. 1917 yilga qadar O`zbekiston hududida neft va gaz konlarini qidirish va ishlatish bilan sanoqli shaxsiy korxona va artellar shug`ullangan.1980-1983 yillarda Farg`ona vodisidagi qamishboshi nomli maydonda chuqurligi 20-30 metr 4 quduq qazilgan. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko`ra, bu quduqlardan kuniga 5-10 tonnagacha neft olingan.1898 yilda muhandis S.A Kovalevskiy boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlar mashhur geolog –paleontolog G.D. Romonovskiy tavsiyalariga ko`ra Chimyon, Yerutan (Farg`ona vodiysi) ishlolari atrofida neft konini qidirishga kirishishdi.1901 yilda moylisoy maydonida 168 metr chuqurlikdan kuniga 25 tonna neft otilib chiqgan.1904 yilda qazilayotgan quduq 278 metr chuqurliga yetganda neft qatlami ochilib kuniga qarib 130 tonna neft otilib chiqa boshlagan. Mazkur kon asosida 1904 yild ― chilishyo neft jamiyati ‘‘ tuzilgan. Nefdan olingan kerosin va qolgan qora moy O`rta osiyo Afg`oniston, Xitoy, bozorida sotilgan. O`zbekistonda geologik va geofizik izlanishlar kuchayishi bilan 1951 yilda neft va gaz uyumlari to`planishiga geologik tuzilishi moyil maydonlarni aniqlash maqsadida struktura burg` quduqlarini burg`ilash boshlandi. 1953 yilda Setalantepa maydonida struktura burg` quduqlaridan birida ochik gaz favvorasi olindi, bu ushbu maydonda va Buxoro viloyatining boshqa rayonlarida chuqur razvedka burg`ilashga asos bo`lib xizmat qildi. 1955-1956 yillarda Jarqaq, Saritosh va Qorovulbozor maydonlari razvedkaga kiritildi. Toshquduq, Gazli va boshqa maydonlarida razvedka boshlandi. Qiyin iqlim sharoiti va yo`llarning yo`qligiga qaramay razvedka ishlari tez sur‘atlarda olib borildi. 1956-1957 yillarda Jarkak, Saritosh, Toshquduq, Gazli va Qorovulbozor 12 maydonlarida gaz uyumlari ochildi. Keyinchalik Saritosh, Qorovulbozor, Jarqaq va Gazli maydonlarida gaz uyumlaridan tashqari neft uyumlari borligi aniqlandi. Ushbu konlar asosida O`zbekistonning gaz sanoati tashkil etildi. Respublikaning gaz zaxiralari 730 mlrd.m3 ga yetdi. Gaz zaxiralari 500 mlrd.m3 ortik noyob Gazli konining ochilishi alohida ahamiyatga ega bo‗ldi. 1958 yili ―Buxoroneftgaz‖ neftgaz qazib chiqaruvchi kon birlashmasi tashkil etildi. 1959 yili bu boshqarma tomonidan 50,5 m3 tabiiy gaz qazib chiqarildi. Ish miqiyosining ortib borishi sababli 1963 yilda ―Buxoroneftgaz neftgaz qazib chiqarish kon boshqarmasi ―Buxoroneftgaz ishlab chiqarish birlashmasiga o`zgartirildi. Koson guruhi (Jarqoq, Saritosh, Qorovulbozor) gaz zaxiralari asosida diametri 500 mm bo`lgan ―Jarqoq-Toshket gaz quvuri qurildi va Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlarini gaz bilan ta‘minlash amalga oshirildi. Gazli konining yirik gaz zaxiralaridan foydalanish uchun uzunligi 2000 km va diametri 1020 mm bo`lgan ―Gazli-Ural magistral gaz quvuri yotqizildi. 1960 yilda O`zbekistan bo`yicha razvedka va ekspluatatsion burg`ilash hajmi 242,2 ming m3 ni tashkil etib, 1961-1964 yillarda ushbu hajm atrofida ushlab turildi. Huddi shu davrda Farg`ona vodiysida chuqurligi 4 ming m gacha bo`lgan chuqur burg` quduqlari o`zlashtirilib, Qushon va Qorabog` maydonlarida 3500-3800 m chuqurlikda yotuvchi uyumlarni aniqash imkonini berdi. Bundan tashkari avval ochilgan ko`plab konlarda yura yotqiziqlaridan gaz olinib va bu cho`kindilarni boshqa maydonlardagi istiqbollarini ochib berdi. Surxandaryo depressiyasidagi eski Xaudag, Kokayti va Lyalmikor konlarida bo`r yotqiziqlarida razvedka burg`ilash ishlari davom ettirildi (1930- 1940 yillar) va birinchi burg` quduqlarida ijobiy natijalar olindi. O`zbekiston neft sanoati tarixidagi katta voqealardan biri Qoraqalpog‗istondagi Ustyurt kengliklarini o`zlashtirish hisoblanadi. 1960 yildan Ustyurt platosining shimoliy qismidagi Tern-Quduq, BayTerek, Churuk hamda markaziy qismidagi Kokpaxti, Shoxpaxti, Kosquduq va Borsa-Kelmas maydonlarida chuqurligi 2766 m dan 3200 m gacha bo`lgan 15 ta 13 razvedka quduqlari burg`ilandi. Hamma razvedka ishlari Bosh geologiya boshqarmasi sistemasida birlashtirildi va ―Qoraqalpoqneftgazrazvedka` tresti tashkil etildi. 1960-1964 yillarda bu trest tomonidan 50000 m burg`ilash ishlari bajarildi.
Katta maydonda davom ettirilayotgan keng ko`lamdagi burg`ilash ishlari tashkilotlar strukturasini tubdan o`zgartirishni talab etdi. 1960 yilda Sredaznefterazvedka tresti Toshkent shaxridan Buxoro shaxriga kochirilib Buxoroneftgazrazvedka ga o`zgartirildi 1961 yili esa O`zbekiston Bosh geologiya sistemasida ikkinchi razvedka tresti Qarshineftgazrazvedka tashkil etildi. Amalga oshirilgan o`zgartirishlar o`z samarasini berdi va 1961 yilda O`zbekiston Bosh geologiya tashkilotlari tomonidan 126,4 ming m burg`ilash ishlari amalga oshirildi. Buxoro-Xiva neftgazli viloyat hududida 40 dan ortiq maydonlar razvedkaga kiritildi, avval sanab o`tilgan konlardan tashqari yana 17 ta gaz va gazneft konlari ochildi. Shular jumlasida Janubiy Muborak, Xojixayram, Uchqir va Yangiqazgan gaz konlari. Boshqa konlarda gaz qatlamlaridan tashqari neft uyumlari ham ochildi. Burg`ilash ishlari ko`lami asta-sekin sharqdan g`arbga tomon ortib bordi. 1956 yilgacha Farg`ona vodiysidagi burg`ilash hajmi Buxoro-Xiva neftgazli viloyatdagi burg`ilash hajmi dan 2,4 marotaba ko`p bo`lgan bo`lsa, 1956 yilda ularning hajmi tenglashdi. 1964 yilga kelib G`arbiy va Janubiy O`zbekiston hududidagi burg`ilash hajmi Farg`ona vodiysidan 5 marotaba ortdi. Ko`plab gaz konlari ochilishi sababli gaz sanoati muammolarini hal etish markazini tashkil etish zaruriyati yuzaga keldi. O`zbekistonning davlat organlari va sobiq SSSR ning Vazirlar Kengashi tomonidan O`rta Osiyoda va Garbiy Qozogistondagi gaz konlaridagi muammolarni va yangi vazifalarni hal etish uchun Toshkent shahrida ―SredazNIIgaz regional instituti tashkil etildi. SredazNIIgaz instituti o`zbekiston gaz sanoatini oyoqqa turishida va rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Qashqadaryo viloyatida yangi ochilgan O`rtabuloq, Dengizko`l, Xauzak, 14 Zevardi, Qultoq, Pomuq, Alan, Qoraqum, Samantepa, Shimoliy va Janubiy Muborak, Umid, Yangi va boshqa konlardan neft va gaz qazib chiqarish Yangi ochilgan konlarning tabiiy gazi yuqori oltingugurtli hisoblanadi. Gazli konining oltingugurtsiz gazi zaxiralarining kamayib borishi natijasida tezlik bilan oltingugurtsiz va oltingugurtli gazlarni qazib chiqarishni tashkil etish, buning uchun esa tabiiy gazni oltingugurtdan tozalash maqsadida gazni qayta tayyorlash zavodini qurish zaruriyati yuzaga keldi. 1972 yilda O`zbekistonda gazni qayta tayyorlashga asos solgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. O`zbekistonda birinchi geofizik tadqiqotlar 1954 yili Farg`ona vodiysi hududida bajarilgan, 1957 yildan so`ng butun respublika hududida rejali komplleks geofizik ishlar boshlandi. Bu ishlarning asosiy vazifasi neftgazli o`lkalarni chuqur geologik tuzilishini xar taraflama o`rganish, neft va gazga istiqbolli tuzilmalarni anqish va tayyorlash, quduqlarda geofizik tadqiqotlarni bajarish. Geofizik ishlar kompleksiga er maydonlarini gravitastion, magnit va seysmik xossalarini o`rganish (xaritaga tushirish), yer qa‘rini elektrik xususiyatlarini tadqiqot qilish, chuqur quduqlarda tog` jinslarini turli ko`rsatkichlarini kuzatish kiradi. Olib borilgan qidiruv va razvedka ishlari natijasida O `zbekiston hududida 5 neft gazli o`lka ochildi; Buxoro- Xiva, Surxondaryo, Xisor va Farg`ona Ustiyurt o`lkalar bir-biridan geologik tuzilishi ochilgan konlarning joylashish zichligi va turlari, ugivodorod uyumlarini yotish chuqurligi, ular maydonida yangi konlarni yangi konlarni ochish istiqbollari, bashoratli va istiqbolli resurslar (zaxiralar) hajmi bilan far qiladi.
Farg`ona neftgaz oblasti (rasm 1.2) Tyanshan tog` tizmasi oralig`ida joylashgan Farg`ona botig`ini qamrab olgan. G`ab tomoni ochiq va shimolda Qurama va Chotqol sharqda – Farg`ona va janubda – O`zbeknston hududidagi Olay va Turkiston tizmalari bilan chegaralangan. Farg`ona botig`i gerstin burmalanish siklidan so`ng uzoq davom etgan kontinental tekislanish davrida hosil bo`lgan. Botiq qalinligi 10 km gacha yetadigan mezozoy-kaynozoy cho‗kindi jinslari bilan qoplangan. Platforma jinslari ko`mirli kontinental (trias, yura), qizil rangli (quyi, ba‘zi bir joylarda yuqori bur) va epikontinental dengiz va laguna (yuqori bur, paleogen) jinslaridan tashkil toptan. Neogen va to`rtlamchi davr jinslari orogenez davrida Farg`ona botig`ini chuqur cho`kishi va tog`liklar hosil bo`lishi sharoitida to`plangan. Botiqning katta qismi to`rtlamchi davrda yetarlicha chuqur cho`kishi va shu davrning qalin (2000 m gacha) cho`kindilarini to`pshanishi bilan aniq ajralib turadi. Markaziy qismida hoz davrda ham cho`kish davom etmoqda. Botiq shimol va janubdan hoz zamondagi tektonik ko`tarilishning uncha keng bo`lmagan zonasi bilan chegaralangan. Janubiy zonasidasgi orogen majmua qalinligi kam bo`lib, ba‘zi bir joylarda butunlay yo`q va yer yuzasida kaynozoy va paleogen jinslari, ba‘zan poydevor jinslari ochilib qolgan. Shimoliy zonada orogen majmua qalinligi Hamma joyda 5000 m dan oshadi. Farg`ona botig`ini shakllanishida janubiy zonaning geosinklinal davri taraqqiyotida tarkib topgan Farg`ona va Talass-Farg`ona chuqur yer yoriqlari, Qurama va Chotqol tog`lari etagidan o`tgan yirik Shimoliy Farg`ona yer yorig`ining ahamiyati katta. Botiqni tarkib topishini poydevorning yirik ponasimon blokining uzoq davom etgan cho`kishi deb tassavur qillish mumkin, uning yonlama (tangenstial) bosimi ta‘sirida janubiy va shimoliy zonalarning mezozoy va kaynozoy davridagi burmali deformastiyalari yuzaga kelgan. Zonalar enkaygan asimmetrik burmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Farg‗ona botig‗idagi neft konlari yuqorida qayd etilgan burmalarda joylashgan. Neft va gaz uyumlari paleogen, yura va bur davri orogen majmuasining pastki qismidan 18 topilgan. Neft va gaz uyumlari karbonat jinslar va qumtoshlarda uchraydi. Uyumlarning ko‗pchiligi antiklinal burmalarda joylashgan. Konlarning asosiy qismi janubiy zonada va Izboskan monoklinal oblastida mujassamlashgan. Zaxiralari bo`yicha Izboskan, Andijon, Polvontosh, Ravot va boshqa eng yirik konlar hisoblanadi. Biripchi kon 1904 yilda Chimyonda ochilgan. 1946 yilda Polvontosh konida bur davri jinslarida kavlangan chuqur burg‗ quduqlari gaz uyumlari topilishiga olib keldi. Keyinchalik boshqa maydoinlarda ham bur va yura davri jinslaridan ko`p gaz uyumlari topildi. Izlov va razvedka ishlarining keyingi bosqichida janubiy, markaziy va shimoliy zonalarning chuqur qismlarida Niyozbek va Tergachi gaz va neft konlari ochildi. Chust-Pop maydonida paleogen davri jinslaridan 5610-5805 m chuqurlikdan kuchli bosimda gaz oqimi olindi. Farg`ona botig`ining neft gazlilikka istiqboli kelajakda juda katta chuqurlikda qaziladigan quduqdar va izlov-tadqiqot ishlari natijalariga bog`liq.
Mustaqillikning birinchi kunlaridan neftgaz sohasida yangi xayot boshlandi. 1992 yili O`zbekistan Respublikasi Prezidenta I.A. Karimov sohdning strategik vazifalarini belgilab berdi: - Respublikaning neft mustaqilligi ta`minlash maqsadida neft va gaz kondensata qazib chiqarishni jiddiy oshirish; - chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida neft va kondensatni qayta ishlash texnologik jarayonlarini chuqurlashtirish; O`zbekistan neftgaz sohasining ishonchli xom-ashyo ba`zasini ta‘minlash maqsadida yangi konlarni ochish hisobiga uglevodorod (avval bor suyuk uglevodorod) zaxiralarini orttirish. 1997 yili Ko`kdumaloq konida suyuk uglevodorodlarni maksimal qazib olish imkonini beruvchi saykling-jaryon usuli qo`llanildi, buning uchun AQSh ning Dresser-Rend kompaniyasi ishlab chiqargan kompressor agregatlar bilan jixozlangan kompressor stanstiyasi ishga tushirildi. Respublika aholisini gaz bilan ta`minlashni yaxshilash va gazni yetkazib berish tarmoqlaridan oqilona foydalanish uchun AQSH ning ―BSI Indastriz kompaniyasi bilan hamkorlikda Xodjaobod yer osti gaz ombori qurib ishga 25 tushirildi. Bu ob`ektda ham AQSh ning Dresser-Rend kompaniyasining kompressor agregatlaridan foydalanildi. O`zbekneftgaz MXK tomonidan chet el investorlarini jalb qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo`yicha yer qarini razvedka qilishga (yangi geofizik apparatlarini va burg`ilash uskunalarini harid qilish), neft va gaz qazib chikarishda (yangi konlarni ishlatishga tushirish, Kokdumalok konida komperessor stanstiyasini kurilishi va boshkalar), tabiiy gazni saklash va etkazib berishda (gaz kuvurlari va er osti omborlarini kurilishi), neft va gazni kayta ishlashda (Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurilishi, Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodini rekonstrukstiyasi), suyuk gaz ishlab chiqarishda (Sho`rtonda UPBS ni qurilishi) katta ishlar amalga oshirildi. Xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda Muborak gazni qayta ishlash zavodida va Sho`rton gazokondensat konida suyultirilgan uglevodorod gaz olishni orttirish maqsadida investistion loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Buning natijasida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan respublikamiz ehtiyoji to`liq ta‘minlanadi va yiliga 400 ming tonnagacha eksport qilish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda Zevardi va Gazli konlarida yangi siqish kompressor stanstiyalarini qurishga xorij investistiyalarini jalb qilish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. 2001 yili polietilen, kondensat, suyultirilgan gaz, benzin va oltingugurt ishlab chiqaruvchi O`rta Osiyoda eng yirik Sho`rtan gazkimyo kompleksi ishga tushirildi. Bu loyiha tarkibida ABB Luimus Global (AQSh), ―Misui, ―Toyo injiniring, ―Nisho Ivan‖ (Yaponiya) va ABB Soimi (Italiya) kompaniyalari konsorstiumi tomonidan amalga oshirildi. Bu gaz kimyo kompleksi yiliga 5,2 mln.tonna shartli yoqilg`ini qayta ishlashga va 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarishga mo`ljallangan. Ilg`or texnologiyalarni qo`llash hisobiga respublikada suyultirilgan gaz ishlab chiqarish 2 marotaba oshdi va 2013 yilda 586,9 ming tonnagacha yetkazilishi kutilmoqda. Sho`rtonda ishlab chiqarilayotgan polietilen respublika ichida va xorijda (MDH, Evropa ittifoqi, Boltiqbo`yi va Xitoy) keng ko`llanilmoqda. 26 Neftgaz sohasi uzunligi 13 ming km dan ortik magistral gaz quvurlariga ega. Gazni uzatish tarmog`ida esa 331 ta gaz taqsimlash stanstiyasi va umumiy quvvati 1829 MVt bo`lgan 25 ta gaz kompressor stanstiyalari mavjud. Respublikamiz neftgaz sanoati hayotida ―Turkmaniston – O`zbekiston – Qozog`iston - Xitoy diametri 1067 mm bo`lgan yangi transmilliy magistral gaz o`tkazgichini o`tkazilishi muhim voqea bo`ldi. Loyihaga ko`ra uning umumiy uzunligi 7000 km teng. Jumladan gaz o`tkazish magistral gaz quvurining 180 km Turkmaniston, 530 km O`zbekiston, 1300 km Qozog`gston va 4500 km dan ortigi Xitoy hududidan o`tadi. Bu loyihaning umumiy qiymati 20 mlrd.doll. ga teng deb baholangan. Gaz o`tkazish magistral quvurining yillik quvvati 40 mlrd.m3 . Mustaqillik yillarida o`tkazilgan geologorazvedka ishlari natijasida Buxoro-Xiva va Surxondaryo regionlarini neft va gazga yuqori istiqbolligi tasdiqlandi. Ustyurtda Surgil, Sharqiy Berdax, Uchsoy yirik gaz konlari ochilib, bu region ham uglevodorod xom-ashyo zaxiralariga boyligi aniqlandi. Ustyurtdagi yangi ochilgan konlarni zaxiralari asosida ―O`zbekneftgaz MXK Janubiy Koreya kompaniyalari Konsorstiumi bilan hamkorlikda Ustyurt gazkimyo kompleksi qurish loyiasi amalga oshira boshlandi. 2012 yilning dekabrida ―Project Finance International 2012 Year Book nashriyoti ―Neft va gazkimyo sohasidagi yil shartnomasi yo`nalishida ―Surgil koni asosida Ustyurt gazkimyo kompaniyasini qurish loyiqasini g`olib deb e‘lon qildi. Bu mukofot O`zbekistonni yirik investistion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari kengligini, loyihani noyobligini va zamonaviyligini tan olinishi bo`ldi. Sho`rtan gazkimyo kompleksi yaqinida tez kunlarda qurilishi boshlanishi kutilayotgan, Janubiy Afrika Respublikasiga qarashli ―SASOL kompaniyasining GTL texnologiyasi asosidagi, sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish loyihasi sifatan yangi yo`nalish hisoblanadi. Tozalangan metandan GTL ishlab chikarish istiqbolli innovastion qarordir. Ushbu ishlab chiqarishni 27 tashkil qilinishi Evro-4 va Evro-5 standartlari talabiga to`liq javob beruvchi dizel yoqilg`i, aviakerosin va suyultirilgan gazni olish imkonini beradi. Ustyurt va Muborak gazkimyo komplekslarini qurilishi tugallanib ishga tushirilishi, hamda neftgazkimyo sanoatidagi bir qator loyihalarni amalga oshirilishi uglevodorod xom-ashyolarini qayta ishlashda nisbatan yuqori texnologiyalarni kirib kelishiga zamin yaratadi. Yaqin besh yillikda Respublikada gazkimyo mahsulotlarini 9 marotabadan ortiq ko`payishi bashorat qilinmoqda. Hozirgi kunda neftgaz sanoati ishlab chiqarish hajmida gazkimyo mahsulotlari 10 % ni tashkil etsa, 2017 yilga borib uning ulushi 37 % gacha usishi kutilmoqda.


Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin