Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi



Yüklə 139,02 Kb.
səhifə3/8
tarix07.06.2023
ölçüsü139,02 Kb.
#126220
1   2   3   4   5   6   7   8
ko‘l va botqoqlik

Suffozion ko‘llar botig‘i yer po‘stidagi eruvchan va oson yuviluvchan jinslarni yer osti suvlari yuvib olib ketishi natijasida gruntning cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Suffozion ko‘llar g‘arbiy Sibirning janubida va Qozog‘istonning shimolida ko‘p uchraydi.

7. Daryo vodiylarida va dengiz bo‘ylarida suv eroziyasi va akkumulyatsiyasi natijasida vujudga kelgan ko‘llar tarqalgan. Ma’lumki, daryolar uzoq davr o‘tishi bilan o‘z o‘zanini o‘zgartirib turadi. Daryolarning qadimgi (qoldiq) o‘zanida bir-biridan ajralib qolgan ayrim ko‘llarni tashkil etishi mumkin. Daryolarning hozirgi qayirlarida va qisman quyi qayir usti terrasasida - qayir ko‘llari uchraydi. Liman ko‘llari daryo bilan dengizning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Bunda daryolar etagini dengiz suvi bosib, so‘ng bu joylar dengizdan qum tili orqali ajralib qoladi. Liman ko‘llarini Azov va Qora dengiz bo‘ylarida ko‘plab uchratish mumkin.


8. Tog‘qulab daryo vodiysini to‘sib qo‘yishi natijasida vujudga kelgan ko‘llar to‘g‘on ko‘llar deb ataladi. Pomir tog‘ligidagi Sarez ko‘li va Yashilko‘l - to‘g‘on ko‘ldir. Sarez ko‘li 1911yil tog‘ qulab Murg‘ob


daryosini to‘sib qo‘yishi natijasida hosil bo‘lgan. Bu ko‘lning uzunligi 60 km dan, chuqurligi esa 505 m dan ortadi.
Shamol yumshoq jinslarni (masalan, qumni) to‘zitib, uchirib ketishidan ham chuqurliklar hosil bo‘ladi. Bu chuqurliklarga suv to‘plansa - eol ko‘llar vujudga keladi. Eol ko‘llar yer sharining cho‘l

zonasida keng tarqalgan bo‘lib, ularning suvi yoz vaqtida ko‘p bug‘lanishi va yerga singishi natijasida tugab qoladi.


Demak, ko‘l botiqlari endogen va ekzogen faktorlar natijasida vujudga kelar ekan.


Ko‘llarning vujudga kelishida zonal va azonal faktorlar ishtirok yetadi. Chunki endogen faktorlar azonal bo‘lsa, ekzogen faktorlar zonaldir.


Ko‘llarning hosil bo‘lishida iqlimning roli g‘oyat kattadir, chunki quruqlikdagi suvlar, shu jumladan ko‘l suvlari ham iqlim mahsulidir. Bundan tashkari, ko‘l botig‘ini hosil qiluvchi asosiy ekzogen faktorlar - muzlik, oqar suv, shamol, iqlimga bog‘liqdir.


Sernam o‘lkalarda ko‘llar ayniqsa ko‘pdir, qurg‘oqchil o‘lkalarda esa bug‘lanish katta ekanligidan ko‘llar kam. Demak, ko‘llarning geografik tarqalishida iqlim juda katta rol o‘ynar ekan.


Ko‘llardagi suv massasi turli yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Ko‘llar asosan yog‘inlardan, doimiy va vaqtli daryolardan, ariq-soylardan, qisman yer osti suvlarining kondensatsiyasidan suv oladi. Faqat relikt ko‘llargina bundan mustasnodir. Relikt ko‘llar ilgari Dunyo okeanining bir qismi bo‘lgan va keyingi vaqtlardagina okean va dengizlardan ajralib qolgan. Bunga Kaspiy dengiz-ko‘li yaqqol misol bo‘la oladi. U ilgari Kuma-Manich cho‘kmasi o‘rnidagi suv yo‘li orqali Atlantika okeani dengizlari bilan tutashib turgan.





Yüklə 139,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin