Oqar va oqmas ko‘llar. Ko‘llar suvining almashish xarakteriga ko‘ra oqar va oqmas ko‘llarga bo‘linadi. Suvi oqib chiqadigan ko‘llar oqar ko‘llar deyiladi. Suv almashishi yaxshi bo‘lgani uchun ular oqmas ko‘llarga nisbatan chuchukroq bo‘ladi. Oqmas ko‘llarning suvi havoga bug‘lanish va Yerga singish (filtratsiya) yo‘li bilan sarf bo‘ladi. Shuning uchun ularning suvi sho‘rdir. Bu ayniqsa issiq iqlimli o‘lkalar uchun xosdir.
Oqmas ko‘llarga Kaspiy va Orol ko‘llari misoldir. Bularga daryolar kelib qu-yilsada, ulardan bironta ham daryo oqib chiqmaydi. Zaysan ko‘lidan Irtish daryosi, Baykal ko‘lidan Angara daryosi, Ladoga ko‘lidan Neman daryosi oqib chiqqani uchun bu ko‘llar oqar ko‘llardir.
Chorbog‘suv ombori
Ko‘llardagi tuzlarning tarkibi shu ko‘llarga kelib quyiladigan daryo va soylar suvi tarkibiga bog‘liqdir. Oqar suvlar kelib qu-yiladigan ko‘llarda ko‘proq natriy, xlor va sulfat tuzlari, kamroq magniy va kaliy tuzlari uchraydi. Borli tuzlar esa juda kam uchraydi. Tuzi tarkibiga ko‘ra ko‘llarni sho‘r taxir, sodali va bor tuzli ko‘llarga bo‘ladilar.
Oqar ko‘llar ham, o‘z navbatida ikki kichik guruhga bo‘linadi: a) suv doim oqib turadigan va b) suv vaqtincha oqib chiqadigan ko‘llar.
Ko‘l suvining issiqlik rejimi. Ko‘l suvi issiqlikni Quyoshdan, qisman esa ko‘l tagidagi yer qatlamlaridan oladi. Bundan tashqari suv bug‘lari quyuqlashib, suv tomchilariga aylanganda ham issiqlik ajralib chiqadi.
Ko‘llar suv haroratining yil davomida hamda vertikal bo‘yicha o‘zgarishiga qarab issiq, mo‘tadil va sovuq ko‘llarga bo‘linadi. Ko‘llarda issiqlikniig taqsimlanishi havo haroratidan tashqari, ko‘l suvining sho‘rligiga va zichligiga ham bog‘liqdir.
Yuqori va o‘rtacha kenglikda joylashgan ko‘llarning suvi qishda yuza qismlarida sovuq bo‘lib, pastga tomon orta boradi.
Chotqol tog‘tizmasidagi Ko‘k-suv daryosi
Suv haroratining vertikal bo‘yicha bunday o‘zgarishi teskari termik stratifikatsiya deyiladi. Bahorda esa ko‘l suvining vertikal o‘rin almashinuvi kuchayishi tufayli harorat suv yuzasidan chuqur qismlarga tomon o‘zgarmay, deyarli bir xil bo‘ladi. Bu hodisaga gomotermiya deyiladi.
Yozda ko‘l suvining yuza qismlari yaxshi qiziydi va chuqurga tushgan sari harorat pasaya boradi. Suv haroratining bunday o‘zgarishi to‘g‘ri termik stratifikatsiya nomini olgan. Ko‘l suvida tuz juda ko‘p bo‘lsa, bu tuz ko‘l tagiga cho‘kadi. Tagidan tuz olinadigan Elton, Bosqunchoq ko‘llari bunga misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: |