Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi
faqatgina texnologik emas,
balki yordamchi uskuna, bino va inshootlar, quvur va boshqa kommunikasiyalar,
shuningdek, korxona transport vositalariga ham tarqaladi. Boshqacha qilib
aytganda, LOT tizimi ishlab chiqarish korxonalarini
barcha asosiy fondlarini
(vositalarini) qamrab oladi.
Barcha kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida ta’mirlash xizmatlari
uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish
tizimi va moliyaviy-
ogohlantiruvchi ta’mirlash haqidagi tegishli vazirliklarda tasdiqlangan
yо‘riqnomalar orqali boshqariladi. Bu hujjatlar bilan
bir qatorda korxonalarda
boshqa, tegishli muassasalarda tasdiqlangan LOT haqidagi yо‘riqnomalardan ham
foydalaniladi, masalan, yordamchi uskunalarning ventilyasion jihozlari (metall
qirquvchi dastgohlar, presslar va h.), ishlab chiqarish, uy-joy
va umumiy binolar
va inshootlar, kо‘tarma-transport
uskunalari, suv quvurlari, kanalizasiya
qurilmalari va boshqalar.
LOT tadbirlari profilaktik xarakterga ega bо‘lib,
avvaldan tasdiqlangan
normativlar asosida yoki ekspluatasiyaning texnik shartlariga asoslangan loyiha
bо‘yicha bajariladi.
Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish
tizimlari
va uskunalarni ta’mirlash quyidagilarni nazarda tutadi: uskunalarning tо‘liq
xizmat qilish muddati davomida о‘tkazilishi kerak bо‘lgan profilaktik
tadbirlarning tarkibi va yо‘nalishi; ta’mirlash ishlarining mazmuni, yо‘nalishi va
davriyligi; о‘tkazilayotgan ta’mirlash ishlarini meyoriyligi.
Dostları ilə paylaş: