48 Neft va gaz mahsulotlarini yig‘ishda atrof – muhitga
2.Suv xavzalariga bo‘lgan ta’sirlari.
Suv xavzalarini neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanish, ular orqali (ustidan yoki tagidan) o‘tkazilgan magistral neft quvur bo‘limlarining yoki mahsulotini tashuvchi tanker, barjalarining ishdan chiqish natijasida sodir bo‘ladi. To‘kilgan neft suv yuzasi buyicha yoyilib, uning yuzasida yupqa neft pardasini hosil qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda bir tonna to‘kilgan neft 20-30 km2 maydonga suv yuzasiga yoyilib, uni ifloslantiradi. Natijada, suv bilan atmosfera o‘rtasidagi havo almashish buziladi. Bu uz navbatida suvning ekologik sharoitini yomonlashtiradi. Undan tashqari, suv tarkibidagi (erkin, emulsiya va kolloid zarrachalar ko‘rinshidagi ) neftlar, suvning fizik, kimyoviy xossalariga ta’sir ko‘rsatib, unda yashayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosining yashash faoliyatini yomonlashtiradi; suvdan foydalanishni qiyinlashtiradi. Ayniqsa, neft bilan ifloslangan suvning baliq xo‘jaligiga bo‘lgan ta’siri katta bo‘ladi. Masalan, neft yoki uning mahsulotini suvdagi konsentratsiyasi 0.5 mg/l bo‘lganda bir sutkadan keyin 0.25 mg/l bo‘lganda 3 sutkadan keyin 0.1 mg/l bo‘lganda 10 sutkadan keyin shu suvlarda yashayotgan baliq go‘shtining mazasi neft mahsuloti ta’miga o‘tishi aniqlangan. Undan tashqari katta baliqlar o‘lib quygan tuxumlari va ikralari nobud bo‘ladi.
Suv tarkibidagi neft va uning mahsulotlari miqdorining kamayishi, ularning tabiiy parchalanish, kimyoviy oksidlanishi va suvda yashovchi mikroorganizmlarning ta’sirlarida biologik parchalanish natijasida sodir bo‘ladi. Lekin bu jarayonlar bir necha yillar davomida amalga oshadi. Bu uz navbatida suvda yashovchi o‘simlik va tirik organizmlarni ekologik sharoitini yomon holatda uzoq vaqt davom etishini sodir etadi. Shuning uchun suvlarning ekologik sharoitlarini birlamchi holatiga qaytarish, ular tarkibidagi to‘kilgan neftlarni tezlikda ajratib (yig‘ib) olish samarador hisoblanadi. Buning uchun suv xavzasining holatiga qarab( oqar yoki oqmas) to‘kilgan neftlar to‘planadi, keyin esa ularni maxsus moslamalar (suzib yuruvchi sharlar) yordamida suvdan ajratib olinadi. Ajratib olish texnologiyasi va sharoitlari bilan ma’ruza vaqtida batafsil tanishtiriladi.