Moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyada insonlar organizmida cheksiz vaqt davomida, patologik o‘zgarishlar yoki kasalliklar sodir bo‘lmaydi.
Masalan, neft mahsulotlarining suvdagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi: baliq xo‘jaligi uchun 0.05mg/l, ichimlik suvlari uchun 0,1 mg/l ga teng.
Zararli mlddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi ikki ko‘rinishda belgilanadi: o‘rtacha sutkalik va bir marotaba( razovaya).
Moddalarning bir marotaba ruxsat etilgan konsentratsiyasi, shu moddalarning ishlab chiqarish joylari uchun belgilangan, ya’ni inson shu joyda kancha vaqt bo‘lishligi aniqlanadi. O’rtacha sutkalik ruxsat etilgan konsentratsiya ko‘rsatgichida, inson cheksiz vaqt davomida o‘z faoliyatlarini davom ettiradilar. Quyidagi jadvalda aholi yashaydigan joy havosidagi ayrim moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari keltirilgan.
Bir vaqtning o‘zida atmosferada bir nechta zararli moddalar mavjud bo‘lsa, ularning umumiy konsentratsiyalar yig‘indisi birdan katta bo‘lmasligi kerak.
S = S1 /REK1 + S2/ REK2 + ……+ Sn / REKn ≤ 1
Bu yerda: S1, S2 ……Sn – bir joydan zararli moddalarning konsentratsiyalari.
REK1, REK2, …REK n – zararli moddalarning maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalari.