Ozokerit. Ozokerit - parafinli cho’kindi bo’lib, neftning darzliklar bo’yicha yuqoriga ko’tarilib sovishidan hosil bo’ladi. Rangi ochiq-sariqdan-qoragacha, konsistensiyasi yumshoq qayishqoqlikdan-qattiq va mo’rtgacha. Zichligi-850-1000 kg/m3, erish harorati 50-850S. Uning eng katta konlari Ukrainada, Turkmaniston va O’zbekistonda uchraydi.
Yonuvchi uglevodorod gazlar - rangsiz, havoga nisbatan 2 marta yengil. Ular hidsiz, lekin oltingugurt, vodorod aralashmalari bo’lganda yoqimsiz hid paydo bo’lib, juda zaharli hisoblanadi. Odatda gazlarda oltingugurt vodorodning miqdori 15-29% ga, ayrim hollarda 50% ga yetadi.
Oltingugurt vodorodning tabiiy gazlarda uchrashi bir tomondan yaxshi, ikkinchi tomondan yomon. 71 Bunday gazlarni tozalash yo’li bilan sanoat va qishloq xo’jaligi uchun katta miqdorda oltingugurt olinadi. Oltingugurt juda zaharli, metanga nisbatan agressivdir. Shuning uchun hamma asbob-uskunalar maxsus po’latdan tayyorlanishi kerak.
Gazlarning issiqlik chiqarish qobiliyati 27300-37800 kJ/m3, neft konlaridagi qo’shimcha gazlarniki esa 4200-71400 kJ/m3ga yetadi. Tabiiy gazlarning va neftlarning tarkibi juda oddiy. Ularning tuzilishida asosan biogen elementlar qatnashadi. Organik yo’l bilan paydo bo’lgan moddalarning asosini tashkil etadi. Ularga uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt va azot kiradi.
Shunday qilib, gazlar va neft element tarkibi bo’yicha organik yo’l bilan paydo bo’lgan boshqa yonuvchi qazilmalarga yaqin. Lekin gaz va neftlardagi kislorod miqdori qattiq yonuvchi foydali qazilmalarnikiga nisbatan ancha kam.
Tabiiy gazlar - ko’mir, gaz va gaz-neft konlarida to’planadi. Gaz konlaridagi gazlarning 80-90 % metandan tuzilgan. Bu esa quruq gaz deb ataladi. Ayrim hollarda metanning miqdori 99.3% ga (Stavropol uyumi) teng. Ancha kam miqdorda uglekislota gazi (3% gacha), azot (0.5-5%), oltingugurt vodorod 2% gacha, geliy(1%) uchraydi.
Gaz-neft konlaridagi gazlarda metandan tashqari og’ir uglevodorodlar (etan, propan, butan-miqdori 10 dan 50% gacha) uchraydi. Juda oz miqdor karbonat angidridi, azot, oltingugurt, vodorod va noyob gazlar (argon, geliy) ham bo’ladi. Katta bosim va harorat sharoitida ayrim uglevodorodlar gaz holatga o’tadi va siqiq gazlarda eriydi, keyin gazkondensati uyumini hosil qiladi. Bosim va haroratning keskin pasayishi natijasida bu uglevodorodlar yana suyuq holatga o’tadi va kondensat hosil qiladi.
Gazkondensati - rangsiz yoki ochiq jigar rang suyuqlik bo’lib, uning zichligi 0.66 dan 0.84 g/sm3 (ko’pchilik vaqt 0.72- 0.80 g/sm3)ga yetadi. Uning qaynash harorati (30-700S) va 300- 3500S haroratda to’liq qaynab bo’ladi. Gazkondensatlar asosan 72 uglevodorodlardan tashkil topgan. Ular ichida metanli, naftenli, aromatli turlari keng tarqalgan. Kondensatlarda asosan oltingugurt va oz miqdorda smola uchraydi. Shunday qilib, tabiiy uglevodorod gazlar erkin birikma yoki neftda erigan holda uchrab, asosan uglevodoroddan tarkib topgan.
Neft - jigar rang yoki qora rangli moysimon suyuqlikdir va u suyuq, gazsimon, qattiq uglevodorodlardan tarkib topgan. Uyumlarda gaz va neft bir-biri bilan uzviy ravishda bog’langan.
Gazli shapka (salla)da yoki neftda erigan gazlarning tarkibi neftning tarkibiga va sifatiga bog’liq. Gazning neftda eruvchanligi teng sharoitda - gazning uglevodorod tarkibiga va neftga, uglevodorod va smolaning o’zaro munosabatiga bog’liq. Neft va gazlarning fizik va kimyoviy xossalari qanchalik yaqin bo’lsa, shunchalik ular o’zaro eriydi.
Yer po’stida neft va gaz xossalarining o’zgarishi ma'lum darajada qatlam bosimiga va haroratiga bog’liq. Shunday qilib, tabiiy uglevodorod gazlari - erkin gaz va neftda erigan gaz holatda uchraydi.
U qo’shimcha yoki neft gazi deb yuritiladi. Erkin (ozod) gazlar-metandan (85-99.5%) va uning gazsimon gomologlaridan - (etan, propan, butan va izobutan) tarkib topgan. Gaz uyumlarida gazkondensatlari katnashishi mumkin.
Gazkondensatlari gazsimon va yengil qaynovchi suyuq uglevodorodlarning tabiiy birikmasidir. Ma'lumki, 1m3 gazda 1000 gr. gacha gazkondensati bo’lishi mumkin. Yer ostining katta bosimi va yuqori harorat sharoitida gazkondensati bug’simon holatda bo’ladi. Lekin yer yuzida gazkondensatlari bosimining bir atmosferagacha pasayishi va sovishi natijasida ulardan suyuq faza-kondensat ajraladi. Bu to’q-jigar rang yoki rangsiz, zichligi 0,66-0,84 g/sm3 bo’lgan suyuqlikdir.