Neft va gazlarning hosil bo’lishi gaz


Neft va gazlarning fizik xossalari



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə3/5
tarix08.05.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#109344
1   2   3   4   5
NEFT VA GAZLARNING HOSIL BO

3. Neft va gazlarning fizik xossalari
Neft, tabiiy gaz va ularning mahsulotlari eng yuqori issiqlik berib yonadigan yoqilg’ilardir. Masalan: neftning yonish issiqligi-41 mJ/kg, benzinniki42mJ/kg, dizel yoqilg’isiniki-42,7 mJ/kg, toshko’mirniki-35 mJ/kg. Neftning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri-qaynash haroratidir. Bu esa neft tarkibiga kiruvchi uglevodorodning tuzilishiga bog’liq va 50-5500S ga yetadi.
Neft tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarning qaynash haroratining har xilligi amalda neftni harorat fraksiyalariga ajratishda keng foydalaniladi.
Shunday qilib, neftni 180-2000C gacha qizdirilganda uglevodorodning benzinli fraksiyasi, 200-2500C da ligroinli fraksiyasi, 250-3050C da kerosin-gazolinli fraksiyasi, 315-5500C da yog’li fraksiyasi qaynaydi. Qoldiq asosan gidrondan iborat.
Neftning eng muhim xossalaridan biri - uglevodorod gazlarini eritishidir 1m3 neftda 400 m3 gaz erishi mumkin. Bu esa tabiiy gazning suvda eruvchanligidan 10 baravar ko’pdir. Metan va uning gomologlarining o’zaro nisbatiga qarab tabiiy uglevodorod gazlar quruq va yog’liga bo’linadi. quruq gazda metan 98,8% gacha, yog’lida esa etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar-50% ni tashkil etadi.
Yog’li gaz neftda quruq gazga nisbatan yaxshi eriydi. Agar gaz fazasining hajmi neft hajmiga nisbatan ortiqroq bo’lgan holda bosimning 20-25 % MPa ga, harorat 90-950C oshganda suyuq uglevodorodlar bug’simon holatga o’tishi mumkin va gazda eriydi.
Shuni aytish kerakki, gazni yer yuziga chiqarishda harorat va bosim keskin pasayadi va gaz aralashmasidan suyuq uglevodorod holatda kondensat yig’iladi. Bu holat "teskari kondensasiya" deb ataladi. Neft bug’simon holatda uchraydigan gaz uyumlarining erkin gazlarini to’yintiradi.
Bunday holat "gaz kondensati" deb ataladi. Bunday uyumlarda kondensatning miqdori 50 dan 300-400 sm3 /m3 ga yetadi. Neftning nisbiy zichligi 0,85 gacha bo’lsa 74 yengil; 0,85-0,90 gacha o’rta; 0,90 ortiq bo’lsa og’ir neft hisoblanadi.
Neftni qazib olishda va tashishda yopishqoqlik xossasi katta ahamiyatga ega. Yopishqoqlikning dinamik va kinematik turi ma'lum. Neft o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi va u dielektrik hisoblanadi.

Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin